A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Sykes P. A History o f Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

22 Sykes P. A History o f Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. 
Ltd, 1940,- P. 321.
23 Lockhart L. The fall o f the Safavi dynasty and the Afghan occupation o f 
Persia. - Cambridge: Cambridge University Press, 1958 - P. 85, 96.
24 Lockhart L. The fall o f the Safavi dynasty and the Afghan occupation o f 
Persia. - Cambridge: Cambridge University Press, 1958,- P. 87.


davlati vujudga keldi. Ammo g ‘ilzoylaming mustaqilligi uzoq 
davom etmadi. Mirvaysxon o ‘limidan so‘ng (1715-y.) uning o ‘miga 
g ‘ilzoylarga yetakchilik qilgan ukasi Abdulaziz Safaviylarga 
taslimchilik siyosatini yurita boshlaydi. Natijada g‘ilzoylar 
1717-yilda Mirvaysxonning o‘g ‘li Mahmud boshchiligida qo‘z- 
g ‘olon ko‘tarishadi va Abdulaziz o ‘ldirilib, Qandahorda hokimi­
yatni Mahmud egallaydi25. G ‘ilzoylaming mustaqillikka bo‘lgan 
harakatlaridan so‘ng Hirot atroflarida istiqomat qiluvchi abdaliy 
qabilalari orasida ham Safaviylar hukmronligiga qarshi harakatlar 
avj oldi.
1716-yilda abdaliy qabilasining sadozoy urug‘iga mansub 
Abdullaxon va uning o ‘g ‘li Asadullaxon yetakchiligida Hirotda 
xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Natijada 1717-yil oxirida Hirot va uning 
atroflari (Murg‘ob, Bodg‘iz) Safaviylar hukmronligidan ozod bo‘ldi. 
Biroq, mustaqillikka erishgan Qandahordagi g ‘ilzoylar va Hirot- 
dagi abdaliylar o‘rtasida nizo va kelishmovchiliklar yuzaga keladi 
hamda 1719-yilda ikki o ‘rtada Farax yaqinida jang bo‘lib o ‘tadi. 
Jangda Mahmud yetakchiligidagi g ‘ilzoylaming qo‘li baland keldi. 
Shundan so‘ng, 1721-yilning oxirida Mahmud g ‘ilzoylardan hamda 
ularga qo‘shilgan boshqa afg‘on qabilalaridan iborat katta qo‘shin 
bilan Eronning markaziy viloyatlariga qarab yurish boshladi. 
1722-yil oktabrida Safaviylar poytaxti Isfahon shahrini egallagan 
Mahmud o‘zini Eron shohi deb e ’lon qildi. Biroq, g‘ ilzoylar orasidagi 
o ‘zaro kelishmovchiliklar natijasida 1725-yilda Mahmud o ‘ldiriladi 
va shundan so‘ng afg‘on qabilalarining Eronda hukmronlik qilishi 
tobora qiyinlashib bordi. Shunday vaziyatda Safaviylar qo‘shinida 
o‘zining kuchli intizom va mohir qo‘mondonlik xususiyatlarini 
namoyon etgan kuchli lashkarboshi Nodirquli (1688-yilda tug‘ilgan) 
maydonga chiqdi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling