saqlab
qoldi balki, tarixda afg‘on davlati tarkibiga kirgan yerlari-
ning katta qismini o ‘z amirligiga qo‘shib olishga muvaffaq bo ‘ldi.
Bu orada ingliz hukumatining A fg‘onistonga bostirib kirish
rejalari ancha shakllanib ulgurgan va ular
bir qator dadil harakat-
larni boshlab yuborishgan edi. Jumladan, dastlab sikxlar yetakchisi
Radjit Singhga nisbatan turli bosimlar o ‘tkazib
kelgan inglizlar
1838-yil avgustida Hirot shahrini qamal qilib turgan Eronganisbatan
do‘q-po‘pisalar qilish orqali Hirot qamalini to ‘xtatishga muvaffaq
bo‘ldilar. Hirot shahri inglizlaming kelgusi rejalarida 0 ‘rta Osiyoga
bostirib kirish uchun muhim strategik plasdarm vazifasini o‘ynashi
nazarda tutilgan edi. Shu bois, inglizlar uchun Hirot shahri nisbatan
kuchliroq
Eron tarkibida emas, balki ichki kurashlar doimiy tus
olgan A fg‘oniston tarkibida bo‘lishi m a’qulroq edi. Ulaming
fikricha, Afg‘onistonni bosib olish hamda u yerda qo‘g ‘irchoq
hukumatni shakllantirish bilan Hirot orqali keyingi rejalami amalga
oshirishga kirishish mumkin edi.
Ingliz hukumati Afg‘onistonga qarshi urushga tayyorlanar ekan,
urushni boshlash uchun bahona izlaydi hamda taxtdan ag‘darilgan
Shujoulmulkni qayta taxtga o ‘tkazish va shu orqali o ‘zlariga “mu-
nosib” afg‘on hukmdorining taxtni egallashi yo‘lida Afg‘onistonga
bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘radi.
Shu tariqa Buyuk Britaniya-
ning Afg‘onistondagi manfaatlari ro ‘yobga chiqmagach, ikki
o ‘rtada birinchi ingliz-afg‘on (1838-1842) urushi yuz berdi. Ingliz
lar mazkur harbiy harakatlami olib borishdan maqsad amir D o‘st
Muhammadxonning o‘miga o‘z “odami” Shujoulmulkni taxtga
ko‘tarib, Afg‘onistonni shu yo‘l bilan qaram qilib olish edi.
1838-yil oxirida afg‘on zaminiga qarab yo‘lga
chiqqan
inglizlaming “Hind armiyasi” 30 ming nafardan ortiq askar va
zobit hamda 40 ming nafardan ziyod xizmatkorlardan iborat edi.
1839-yil may oyida ingliz qo‘shini Qandahomi jangsiz egalladi va
inglizlar Shujo ul-Mulkni taxtga o ‘tqazilganligini va sadozoylar
dinastiyasining qayta tiklanganligini e ’lon qildilar40. Biroq, Qandahor
Do'stlaringiz bilan baham: