aholisi o‘z yurtiga ajnabiylami boshlab
kelgan yangi hukmdorga
nisbatan hech qanday iliq munosabat bildirmadi. Shundan so‘ng
Shujoulmulk afg‘on hukmdori sifatida ingliz hukumati bilan 8
banddan iborat rasmiy shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga
ko‘ra, Afg‘oniston tashqi dunyodan izolyatsiyada bo‘lishi,
ingliz
hukumatining ruxsatisiz hech bir ajnabiy (ayniqsa yevropalik)ni
mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymasligi, ingliz qo‘shini mamlakatda
umrbod qolishi hamda shohni, “afg‘on xalqini”, va afg‘on zaminini
chet ellik bosqinchilardan himoya qilishi,
shoh ingliz armiyasi
ta’minotini o‘z zimmasiga olishi va uning huzurida doimiy ravishda
ingliz hukumatining maxsus vakili bo‘lishi, inglizlarga Afg‘oniston
bilan savdo-sotiq yuritishda keng imkoniyatlar berishi belgilab
qo‘yilgan edi41.
Inglizlaming bosqinchilik harakatlari amir Do‘st Muhammad-
xonni tashvishga soldi va u bunga qarshi zarba berishda Rossiya va
Erondan yordam olishga umid bog‘lab, ular bilan diplomatik aloqa-
lar o‘matishga intildi. Biroq, Rossiya Yaqin
Sharq masalalari bilan
band bo‘lganligi bois Afg‘oniston masalasida Angliyaga yon bosdi
va Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalar o‘matishni paysalga soldi.
Ingliz qo‘shini Kobulga tomon o‘z
yurishini davom et-
tirdi va 1839-yil iyulida G‘azna shahrini va avgustda Kobulni
egalladi42. Inglizlar tomonidan bir qator
qabila yetakchilari va
saroy ayonlarining sotib olinishi natijasida amir Do‘st Muham-
madxon bosqinchilarga qarshi aytarli qarshilik ham ko‘rsata olmadi
va mamlakat shimoliga chekindi.
Uning mamlakat shimolidagi
o‘zbek va tojik bekliklari qo‘shini hamda Buxoro amiri Nasrullo
(1826-1860) ko‘magida inglizlarga qarshilik ko‘rsatish
rejasi ham
amalga oshmadi. Shundan so‘ng umidsiz qolgan amir Do‘st Mu-
hammadxon 1840-yil noyabrida Kobulga kelib inglizlarga taslim
bo‘ladi va bosqinchilar uni oilasi bilan Hindistonga jo ‘natadilar. Bi
roq, 1841-yilning bahoridan bosqinchilarga qarshi butun mamlakat
Do'stlaringiz bilan baham: