ayovsiz o‘ch olib Kobul va G ‘azna shaharlarini butkul vayron qilib
tashlaydi. Nihoyat, Afg‘onistonni to‘la nazoratda ushlab turish juda
ham mushkulligini anglab yetgan ingliz m a’muriyati o‘z qo‘shinini
A fg‘onistondan olib chiqadi. Biroq, ingliz qo‘shinining afg‘on
zaminidan chiqib ketishi haqiqiy quvg‘inga aylanadi. Chunki, afg‘on
qabilalarining partizanlik harakatlari tufayli ingliz qo‘shiniga katta
talafot yetkazildi.
1843-yilning boshida ingliz ma’muriyati amir Do'st Muham-
madxonga Hindistondan Afg'onistonga qaytishga ijozat beradi. Do‘st
Muhammadxon Kobulga qaytadi hamda ikkinchi marta taxtni
egal-
laydi. Shu bilan 1838-1842-yillarda davom etgan birinchi ingliz-
afg‘on urushi yakuniga yetdi. Birinchi ingliz-afg‘on urushida Ang-
liya harbiy jihatdan
ancha ustun ekanligiga qaramay, muvafFaqiyat
qozona olmadi. Chunki afg‘onlar ingliz bosqinchilariga qarshi mil-
liy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar.
Urush natijalari-
ga ko‘ra, 70 mingdan ortiq ingliz va afg‘on askarlari halok bo‘ldi.
Angliya A fg‘oniston bilan sulh bitimi imzolashga va bu davlatning
milliy mustaqilligini tan olishga majbur boMdi.
Urushda mag‘lub bo‘lishiga qaramasdan,
ingliz hukumati
Afg‘onistondan butunlay voz kechmagan edi va Afg‘oniston
inglizlaming doimiy e ’tiborida bo‘lib keldi. Shu bois, Buyuk
Britaniya afg‘on davlati bilan bo‘ladigan munosabatlarda do‘q-
po‘pisa qilish, faqat o‘z manfaatlari ustunligini ta’minlashga
inti-
lish, afg‘on davlatini butkul izolyatsiyada ushlashga harakat qilib
keldi. Do‘st Muhammadxon Kobulga qaytib taxtni egallagan
vaqtda uning qo‘li ostida hozirgi Afg‘onistonning
chorak qismiga
teng hudud qolgan edi, xolos. Qandahor,
Hirot va mamlakat shi-
moli Do‘st Muhammadxonga bo‘ysunmas edi. 0 ‘z o ‘g ‘illarini qo‘l
ostidagi hududlarga, jumladan,
Muhammad Afzalxonni Zurmat
va Kattavozga, Sheralixonni Kurramga, Muhammad A’zamxonni
Logarga, Muhammad Aminxonni K o‘histonga, G ‘ulom
Haydar-
xonni G ‘aznaga hokim etib tayinladi47 va davlatni qayta birlashti-
rish siyosatini boshlab yubordi.