A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNI
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNI
QAYTA TIKLASH JARAYONI Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati ag‘darilgach, mamlakatga qaytib kelgan 3 mln. nafardan ortiq qochoqlarga yordam berish, irrigatsiya va energetika tizimlarini qayta tiklash hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalaridagi jiddiy kamchiliklami bartaraf etish, umuman olganda bir necha yillik urush natijasida butunlay vayron bo‘lgan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini olib borishni vaziyat taqozo qilar edi. Mamlakatning ijti moiy-iqtisodiy infratuzilmasi juda nochor ahvolga tushib qolgan bo‘lib, XXI asr boshida elektr energiyasidan faqat 6% afg‘on aholisi, dastlabki tibbiy yordamdan esa 10% aholi foydalana olar, afg‘onlaming boshlang‘ich ta’lim olganlik darajasi esa 12% ga yetar edi. XXI asr boshida mamlakatda yirik ishlab chiqaruvchi birorta ham korxona qolmagan, faqat qo‘l bilan sanarli miqdordagina o‘rta darajadagi korxonalar achinarli holda faoliyat yuritar, mavjud kichik korxonalaming ham ahvoli nochor edi. Afg‘oniston ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini darrov tiklab bo‘lmasligini va ushbu jarayonda olib boriladigan ishlaming ustu- vor strategiyasini tuzish lozimligini ilgari surgan Jahon Banki qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqishni taklif etdi. Jahon Bankining rejasiga ko‘ra, Afg‘onistonda birinchi navbatda Xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamlari o‘miga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‘ladigan sohalarga tegishli moliyaviy dasturlami amalga oshirish lozimdir. Bu boradagi ustuvor yo‘nalishlardan biri qishloq xo‘jaligi bo‘lib, Afg‘onistonning agrar davlat ekanligini hisobga olgan holda, irrigatsion tizimlami qayta tiklash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy va moddiy (qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va o‘g‘itlar) tomondan ko‘mak ko‘rsatish zarur. Shuningdek, migratsion muammolar, turar joylar, maktab va shifoxonalami tiklash hamda yangilarini qurish kabi masalalar ham katta e’tibor talab qiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, aholini transport yo‘llari, irrigatsion kanallar va boshqa infrastrukturaviy inshootlami qayta tiklashga jalb qila borib, ish bilan ta’minlash lozim. 0 ‘rta muddatdagi ustuvor yo‘nalishlarga mamlakat moli yaviy tizimining faoliyatini yaxshilash, Afg‘oniston Markaziy Banki faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, iqtisodning shaxsiy sek- tori rivojlanishi uchun bir qator shart-sharoitlar yaratish, shuning dek, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar kiradi. Uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlar sifatida esa, sanoat korxonalari qurish, urush davomida vayron bo‘lgan shaharlami qayta ta’mirlash kabi masalalar kiradi. 2001-yildan keyingi davrda Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, transport va energetika sohalarida 10 ga yaqin loyihalar to‘la moliyalashtirib birmuncha yutuqlarga erishildi. Afg‘onistonning mintaqaviy integratsion jarayonlarda, xususan yirik transport kommunikatsiyalari loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki, aw alo o‘zining iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. XXI asr boshiga kelib Afg‘onistonda jami 23700 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘Isa, shundan 6000 km davlat ahamiyatidagi yo‘llar, 2700 km ikkinchi darajadagi yo‘llar va qolgan 15000 km esa mahalliy ahamiyatga ega qattiq qoplamasiz yo‘llar hisoblanadi. 2002-yilda Osiyo Taraqqiyot Bankining hisob-kitobiga ko‘ra, Afg‘onistondagi 6000 km davlat ahamiyatidagi yo‘llaming atigi 17%i o‘rta holatda edi. Ushbu bank ekspertlarining bildirishicha, Afg‘onistondagi avtomobil yo‘llarini qayta tiklash va rekonstruksiya qilish uchun 2002-2005-yillar mobaynida 650 mln. AQSH dollari, keyingi 5 yil davomida yana 660 mln. AQSH dollari sarflanishi lozimdir. Umuman, 10 yil davomida butun yo‘1-transport tizimi- ni qayta tiklash uchun 2 mlrd. AQSH dollaridan ziyod miqdorda mablag‘ talab qilinadi. Afg'oniston hukumati va xalqaro ekspertlaming fikriga ko‘ra, nafaqat afg‘on transport infrastrukturasining, balki iqtisodiyot- ning ham qayta faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyatga ega hamda uzunligi qariyb 2400 km bo‘lgan mamlakatning asosiy avtoyo‘l tizimi Kobul - Mozori Sharif - Shibirg‘on - Maymana - Hirot - Qandahor - Kobul “Halqa yo‘li”ni qayta ta’mirlash lozim. 2002-yilda “Halqa yo‘li”ni xalqaro moliya institutlari va turli tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan 4 ta asosiy qismga bo‘lib ta’mirlash va qurish ma’lum qilindi: - birinchi qism: Qandahor - Kobul (taxminan 480 km, qiymati 110,2 mln. AQSH dollari) AQSH, Yaponiya, Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtiriladi; - ikkinchi qism: Hirot - Qandahor (taxminan 560 km, qiymati 80,6 mln. AQSH dollari) AQSH, Yaponiya, Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtiriladi; - uchinchi qism: Kobul - Puli Xumri - Mozori Sharif - Shibirg‘on - Andxoy (taxminan 546 km, qiymati 84,2 mln. AQSH dollari) Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtiriladi; - to'rtinchi qism: Shibirg‘on - Maymana - Hirot (taxminan 615 km, qiymati 177,1 mln. AQSH dollari) Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtiriladi. Afg‘oniston transport kommunikatsiyalarini qayta tiklash va yangilarini qurish bo‘yicha yuqorida ко‘rib o‘tilgan loyihalar qatorida 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling