A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


transafg‘on transport yo‘nalishining


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

transafg‘on transport yo‘nalishining qurilishi ham istiqbolli 
yo‘nalishlardan biridir. Ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarini 
Fors qo‘ltig‘i bilan bogTashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaga mu­
vofiq Termizdan Mozori Sharif va Hirot shaharlari orqali Erondagi 
Bandarabbos va Choxbahor portlariga chiqish moTjallangan.


Shuningdek, Termiz-Xayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining 
hamda TRASEKA loyihasini qo‘shni davlatlar bilan birgalikda, 
donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar homiyligida 
amalga oshirilishi ushbu loyihalaming barcha ishtirokchilari 
uchun, shu jumladan 0 ‘zbekiston va Afg‘oniston uchun ham keng 
imkoniyatlami yaratadi.
2001-yildan keyingi davrda Afg‘oniston yoqilg‘i-energetika 
tizimining ahvoliga nazar tashlanadigan bo‘Isa, mavjud elektr ener- 
giyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik va gidroelektr stansiyalari ayni 
vaqtdagi mamlakat ehtiyojining qariyb 40%ini qondirayotganligi 
ma’lum bo‘ladi. Bir necha yillik urush natijasida elektr 
stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr tokining hajmi bir necha 
barobarga qisqarib ketdi va bu inshootlar ham jiddiy zarar ko‘rdi. 
Chunonchi, 2001-yil holatiga ko‘ra mavjud 100 ga yaqin elektr 
stansiyalaridan faqat 22 tasi qisman faoliyat yuritgan hamda elektr 
uzatish liniyalarining 80%i yo‘q qilingan.
Ayni paytda Afg‘onistonda mavjud 3 ta yirik (Naglu, Mahishar
- Kobul daryosining o‘rta oqimida va Mozori Sharifdagi stansiyalar) 
hamda 10 dan ortiq kichik quwatli elektr stansiyalari mamlakat 
energetika tizimining asosini tashkil etadi. Ammo, ushbu inshootlami
XX asr ikkinchi yarmida barpo etish davomida kelajakda mamlakat 
doirasida yagona energetika tizimini yaratish, ya’ni barcha elektr 
energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalami bir tizim doirasida 
birlashtirishdan iborat muhim maqsad va vazifalar qo‘yilmaganligi 
tufayli Afg‘onistonda energetika sohasining rivoji sust kechdi va bu 
sohadagi hozirgi holatga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
2002-2005-yillar davomida Afg‘onistonda elektr ta’minoti va 
elektr uzatish liniyalarini qayta tiklash hamda yangilarini qurish 
borasida Jahon Banki bir necha loyihalami to‘la moliyalashtirdi. 
Ammo, ayni damda mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish 
quvvatining pastligi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 
oshib borishi hisobga olinadigan b o ‘Isa, Afg‘oniston yaqin 
kelajakda qo‘shni davlatlar ( 0 ‘zbekiston, Eron, Turkmaniston)ning 
ko‘magiga muhtoj bo‘lib qoladi.


Afg‘onistonda sanoat maqsadlarida foydalanish mumkin 
bo‘lgan bir qator xomashyo (bir necha metallaming rudalari, 
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar)ning yetarli darajadagi 
zaxiralari mavjud. Jumladan, Kobuldan 40 km uzoqlikda joylashgan 
Aynak mis konidagi rudaning zaxirasi 11 mln. t ni tashkil etadi va 
mis rudasi yeming ustki qismida joylashgan bo‘lib, qazib olish 
jarayonida ortiqcha xarajatlar talab qilmaydi.
2007-yilda “Aynak” mis konini tasarruf etish bo‘yicha 
o‘tkazilgan xalqaro tenderda AQSH, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston 
va Xitoy davlatlarining 9 ta kompaniyasi ishtirok etdi va unda Xitoy- 
ning “China Metallurgical Group Corporation” kompaniyasi g‘olib 
bo‘ldi. Ushbu kompaniya “Aynak” konini o‘zlashtirish loyihasiga 
2,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag1 kiritishga tayyorligini 
bildirdi. Tenderda g‘olib chiqqan “China Metallurgical Group Cor­
poration” rudani qazib olish va qayta ishlashni 2012-yil boshiga 
belgilagan bo‘lsa-da, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyihaning 
amaliyotga tatbiq etilmayotganiga sabab sifatida Afg‘onistonda 
hukumatga qarshi davom etayotgan qurolli harakatlami ko‘rsatish 
mumkin.
Afg‘onistondagi temirga boy (ruda tarkibida temiming miqdori 
62%ni tashkil etadi) Xojikeg temir konida esa ruda zaxirasi 500 
mln. t ni tashkil etadi. Tahliliy tekshiruvlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 
2 mlrd. tonnagacha yetishi mumkin. Shuningdek, Kobul shahridan 
sharqdagi hududlarda bir qator nodir metallaming zaxiralari mavjud. 
Panjsher va Badaxshon vohalaridagi qimmatbaho toshlaming 
zaxiralari esa chet ellik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otib 
kelmoqda.
Saripul provinsiyasida joylashgan Angot neft konida kichik 
hajmda neft qazib chiqariladi (neft zaxiralari 11,6 mln. t ni tashkil 
etadi). Ayni damda uni qazib olishda eskirgan texnologiyalardan 
foydalanilayotganligi sabab uning foydali ish koeffisiyenti ancha 
past. Qazib olingan neftning oz qismi Shibirg‘onda qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, Afg‘onistonning Hirot viloyatida joylashgan 
ko‘mir havzasi 1,5 mlrd. tonna zaxirasi bilan alohida ahamiyatga


ega. Shuningdek, Saripul (Juzjon viloyati) va Daraisuf (Samangon 
viloyati) ko‘mir konlari ham mamlakatning eng katta ko‘mir 
havzalari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, mamlakat shimolida muhim Afg‘on- 
janubiy turkman neft va gaz havzasi mavjud. Bu konlar Juzjon, Balx 
va Foryob viloyatlari hududida joylashgan. Umuman, Afg‘onistonda 
yirik 5 ta neft konlari mavjudligi ta’kidlanadi. Misol uchun, Qunduz 
viloyatida joylashgan Tirpul neft va gaz koni umumiy ravishda 1,6 
mlrd. barrel xomashyoga egaligi ma’lum qilingan.
2004-2007-yillar davomida AQSH geologlari tomonidan 
olib borilgan tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, Afg‘onistonning hali 
foydalanilmay kelayotgan katta miqdordagi uglevodorod resurslarga 
egaligi, ya’ni qiymati 3 trln. AQSH dollariga baholangan 219 mln. 
tonna neft, 444 mlrd. kub metr gaz va 77 mln. tonna gaz kondensati 
mavjudligi m a’lum qilindi.
2015-yilning dekabr oyida AQSHning “Yunokal” Trans- 
milliy kompaniyasi loyihasi asosida Turkmanistondan boshlanib 
Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindistongacha borishi rejalash- 
tirilgan Transafg‘on gaz quvurining qurilishi boshlandi. Uzunli- 
gi qariyb 1700 km ni va yillik gaz o ‘tkazish imkoniyati 30 mlrd. 
kub metr gacha yetuvchi ushbu loyihaning qiymati 4 mlrd. AQSH 
dollarini tashkil etadi hamda ushbu loyiha amalga oshiriladigan 
bo‘lsa, Afg‘oniston gaz tranzitidan yiliga 400 mln. AQSH dollari 
miqdorida foyda ko‘rishi hamda 12 ming nafardan ortiq ishchi 
o‘rinlari yaratilishi imkoniyati paydo bo‘ladi.
Afg‘onistonda tabiiy gaz, temir, mis va qimmatbaho toshlaming 
o‘zlashtirilmagan katta konlari mavjud. Biroq, beqaror siyosiy 
vaziyat hamda markaziy hokimiyatning kuchsizligi bu sohaga 
qiziqayotgan chet el sarmoyadorlari shashtini yo‘qqa chiqarmoqda. 
Natijada chet ellik xususiy sarmoyadorlar afg‘on hukumati bilan 
hozirgi paytgacha atigi 400 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya 
kiritish borasida shartnoma imzolashgan va bu kelishuvlaming 
asosiy qismi qog‘ozda bo‘lib hali amalga oshirilgani yo‘q.



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling