Buyuk
Britaniya, GFR, Xitoy, Hindiston, Italiya, Turkiya, Pokis
ton kabi davlatlar ham AIR armiyasi jangovar shayligini oshirishga
moliyaviy va texnik ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildi-
rishdi.
Afg‘on armiyasini yangidan shakllantirish boshlangan 2001-
yildan buyon o‘tgan 15 yil davomida bir necha yo‘nalishda
ishlar
amalga oshirilib, bu jarayonlarga katta miqdordagi moliyaviy
xarajatlar
sarflanganligiga qaramasdan, afg‘on xavfsizlik kuchlari
haligacha xorijiy davlatlar ko‘magisiz to‘liq mustaqil harakat qila
olmaydi.
2013-yil holatiga ko‘ra, milliy armiya tarkibida bo‘lgan 23
brigadadan faqat bittasi Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi
Xalqaro
Kuchlar (ISAF) ko‘magisiz mustaqil jangovar harakatlarini amalga
oshira oladi141. Muammolardan yana biri AMAda og‘ir qurol-
aslahaning yetishmasligidir. Samolyot va vertolyotlaming nosozli-
gi, minomyot va tankka qarshi moslamalar yetishmasligi Foryob,
Balx va Qunduz viloyatlarida joylashgan 209
armiya korpusida
kuzatiladi.
Ayni paytda, Afg‘onistonda huquqni muhofaza qiluvchi
organlar faoliyatini moliyaviy ta’minoti uchun yiliga 8 mlrd. AQSH
dollari miqdorida mablag‘ talab etiladi. AIR iqtisodiyotining bu-
gungi kundagi holatidan
kelib chiqib aytish mumkinki, hukumat
AQSH va boshqa xorijiy davlatlaming moliyaviy ko‘magisiz
Afg‘on hukumati mazkur xarajatlami qoplay olmaydi.
2012-yilda AQSH va Afg‘oniston o‘rtasida strategik sheriklik
to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Ushbu hujjatga asosan, AQSH
tomonidan Afg‘onistonga harbiy yordam ko‘rsatilishi belgilab
qo‘yildi hamda AIRga “AQSHning NATOdan tashqaridagi asosiy
ittifoqdoshi” maqomi berildi. 2014-yil 30-sentabrda
AQSH va
AIR o‘rtasida imzolangan “Xavfsizlik va mudofaa masalalari
bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi ikki tomonlama shartnoma
talablari asosida, hozirda Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan 10
Do'stlaringiz bilan baham: