A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON XAVFSIZLIK TUZILMALARINI


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTON XAVFSIZLIK TUZILMALARINI 
YANGIDAN YO‘LGA QO‘YISH BO‘YICHA 
CHORA-T ADBIRL AR
2001-yilgi Bonn kelishuvlariga asosan Xalqaro hamjamiyat 
tomonidan xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha markaziy davlat 
institutlarini shakllantirishga kirishildi hamda “Tolibon” harakati va 
shu kabi kuchlarga qarshi kurashda muhim tayanch bo‘lishi uchun 
Afg‘oniston mudofaa vazirligi tarkibida Afg‘on Milliy Armiyasi 
(AMA) hamda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi tarkibida Afg‘on 
Milliy Politsiyasi (AMP) tuzila boshlandi134. Xavfsizlik tuzilmalari 
dastlab 60 ming nafardan iborat armiya, 8 ming nafar harbiy havo
134 
Seth G. Jones, Arturo Munoz. Afghanistan’s Local War: Building Local 
Defense Forces. - Santa Monica, CA: RAND Corporation, 2010. - P. 6.


kuchlari, 12 ming nafar chegara qo‘shinlari va 70 ming nafar politsi- 
ya kuchlaridan iborat tarkibda tashkil etilishi rejalashtirildi135.
2002-yil 20-iyundagi Afg'oniston o'tish hukumatining qaroriga 
asosan mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etildi.
2002-yil 1-dekabrda Afg'oniston rahbari H.Karzay Afg'on Mil­
liy Armiyasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlami 
amalga oshirishni ko'zda tutuvchi hujjatni imzoladi. Mazkur hujjat 
asosida afg'on Qurolli Kuchlari, mujohidlaming harbiylashtirilgan 
bo'linmalari va boshqa yarim harbiy gumhlar mudofaa vazirligi 
nazorati ostiga olindi. 2005-yil 11-iyunda Afg'onistonda “No- 
qonuniy qurolli gurahlami qurolsizlantirish” ishlari boshlandi. 
Bu jarayonda mujohidlaming harbiylashtirilgan bo'linmalarini 
qurolsizlantirish va boshqa qurolli guruhlami tugatish hamda AMA 
va Afg'on Milliy Politsiyasini shakllantirish ishlari olib borildi.
2005-yilga kelib AMA harbiy xizmatchilari soni 30 mingga 
yetkazildi. Batalon va brigada bo'linmalari, hududiy qo'mondonlik 
shtablari (Kobul, Gardez, Qandahor, Hirot va Mozori Sharif) va bir 
qancha gamizonlarga asos solindi136.
Bugungi kunga kelib, AMA tarkibi 195 ming nafarga yaqin 
harbiylardan iboratdir (Qumqlikdagi q o 'sh in la r-149 ming nafardan 
ortiq, Havo kuchlari - 8 ming nafardan ortiq va Maxsus operatsiya 
qo'shinlari - 17 ming nafardan ortiq)137.
Hozirda 
tegishli 
islohotlar 
natijasida 
birmuncha 
takomillashtirilgan 
Afg'oniston 
armiyasining 
quruqlikdagi 
qo'shinlari asosini 6 ta armiya korpusi (AK) tashkil qiladi. Ular

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling