natijasida vujudga kelgan bir necha o‘tkir muammolar to‘g‘anoq
bo‘lib
turibdi va avvalo, tiklanish ishlarining samarali bajarilishi
ushbu muammolaming hal etilishi bilan bog‘liqdir.
Birinchidan, mamlakat xalq xo‘jaligi va infrastrukturasi
butunlay izdan chiqqanligi tufayli afg‘on hukumati o‘zining aniq
daromad manbalari va davlat budjetiga ega emas.
Donor-davlatlar
tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan xalqaro moliyaviy yordam esa
bir necha yillar davomida aniq loyihalar bo‘yicha yo‘naltiriladi, xo-
los.
Ikkinchidan, mamlakat bank-moliya tizimining izdan chiq
qanligi va uning butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritmasligi
e’tiborga olinsa, afg‘on hukumatining Xalqaro hamjamiyat
ajratadigan moliyaviy yordamga bevosita ega bo‘lish imkoniyatlari
cheklangan va bu holat donor-davlatlar
hamda tashkilotlaming
moliyaviy hamkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislaming hisob-kitoblariga ko‘ra, afg‘on hukumatiga
o‘z budjet daromadlari (1 yilda 80 mln. AQSH dollari atrofida)
yordamida tinchlik va barqarorlik hukmron bo‘lgan vaziyatda
mamlakatni to‘la qayta tiklash uchun qariyb 100 yil vaqt lozim
bo‘ladi. Afg‘onistonning o‘z ichki imkoniyatlari
hisobiga qayta
tiklash jarayonini amalga oshira olmasligini anglagan dunyo
jamoatchiligi bu jarayonga tezda kirishib ketdi.
Jahon Banki mutaxassislari Afg‘onistonni qayta tiklash uchun
2002-2012-yillar davomida 15 mlrd.
AQSH dollari, shu jumladan
dastlabki 2002-2004-yillar davomida 4,9 mlrd. AQSH dollari
miqdorida mablag1 lozim bo‘lishini hisoblab chiqishdi.
2001-yilning 4-dekabrda Bonndagi
Xalqaro Konferensiya
tugashi bilanoq o‘sha yilning 6-dekabrida Berlin shahrida boshqa
bir tadbir “Afg‘onistonga ko‘mak berish guruhi”133 vakillarining
Xalqaro Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda AQSH,
Do'stlaringiz bilan baham: