A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Афганистане // Общественные науки в Узбекистане, 2009, № 2. - С. 80-81


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

Афганистане // Общественные науки в Узбекистане, 2009, № 2. - С. 80-81.
130
 The 2009 Presidential and Provincial Council Elections in Afghanistan. 
Final reportof National Democratic Institute (NDI). - Washington, DC. 2010. 
- P . 19.


Afg‘onistonda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” Qonun loyihasi 
qizg‘in muhokama qilinayotgan bir vaqtda ushbu qonun normalari 
asosida yangi siyosiy kuchni barpo etish bo‘yicha harakatlar 
boshlandi. Bunday sa’y-harakatlar natijasida 2007-yil aprel oyida 
yangi siyosiy ittifoq - “Afg‘oniston Milliy Fronti” (AMF) tuzildi. 
Mamlakat sobiq prezidenti Burhonuddin Rabboniy mazkur siyo­
siy tuzilmaning rahbari sifatida e’tirof etildi hamda AMFning Oliy 
Kengashi rayosatiga sobiq shoh Zohir Shohning nevarasi Mustafo 
Zohir, vise-prezident Ahmad Ziyo Mas’ud, parlament quyi palatasi 
raisi Muhammad Yunus Qonuniy, Energetika va suv resiirslari vaziri 
Ismoil Xon, Prezident maslahatchisi Abdul Rashid Do‘stum, so­
biq Mudofaa vaziri Muhammad Qosim Fahim, sobiq Savdo ishlari 
vaziri Said Mustafo Kozimiy, parlament deputatlari Said Mansur 
Nodiriy, Muhammad Akbariy, Said Muhammad Gulabzoy, Nur-ul 
Haq Ulumiylar kirdilar.
Said Mustafo Kozimiy yangi ittifoqni “islohotchi” tuzilma 
sifatida baholab, uning asosiy vazifalaridan biri mamlakatda siyosiy 
barqarorlikni o‘matish hisoblanishini ta’kidladi. Shuningdek, u Itti- 
foqning mamlakat prezidenti H.Karzay bilan hamkorlik o‘matishga 
tayyorligini bildirdi.
“Afg‘oniston Milliy Fronti” a’zolari mamlakatda parlament 
rolini kuchaytirish, prezidentning vakolatlarini qisqartirish hamda 
istiqbolda katta vakolatlar berilishi kutilayotgan Bosh vazir 
lavozimini joriy etish lozimligi borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Ammo, AMF o‘z tarkibidagi ba’zi yetakchi siyosatchilaming 
alohida tutgan pozitsiyalari va yagona fikming yo‘ qligi tufayli 2009- 
yil bahorida, ya’ni prezident saylovlari arafasida tarqalib ketdi.
0 ‘z navbatida prezident H.Karzay ham ushbu siyosiy kuchga 
raqobatchi bo ‘ lgan yangi “Afg‘ oniston Respublikachilar partiyasi”ni 
tuzish rejasi borligini ma’lum qilgan edi.
2010-yil Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan navbatdagi parlament 
saylovlari ham demokratik mezonlar asosida o‘tkazildi131.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling