A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 125 Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. Monografiya. - Т.: Navro‘z, 2017. - B. 97.
- Analysts Network (AAN) Publications. 13 February 2015. - P. 1-2. Download URL:https://www.afghanistan-analysts.org/wp-admin/post.php 127 0 ‘sha manba. - B. 2 -3 , 7-8.
- IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKATLAR, SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINING QAYTADAN JONLANISHI VA PARLAMENT SAYLOVLARI
124 Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather
thanexecutive powers (now with full translation o f thedocument)/ Afghanistan Analysts Network (AAN) Publications. 13 February 2015. - P. 1-2. Download URL:https://www.afghanistan-analysts.org/wp-admin/post.php 125 Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. Monografiya. - Т.: Navro‘z, 2017. - B. 97. 126 Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather thanexecutive powers (now with full translation of thedocument)/ Afghanistan Analysts Network (AAN) Publications. 13 February 2015. - P. 1-2. Download URL:https://www.afghanistan-analysts.org/wp-admin/post.php 127 0 ‘sha manba. - B. 2 -3 , 7-8. IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKATLAR, SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINING QAYTADAN JONLANISHI VA PARLAMENT SAYLOVLARI Afg‘onistonda toliblar hokimiyati ag‘darilgandan so‘ng siyo siy partiya va harakatlaming yana qaytadan faollashishiga shart- sharoitlar yuzaga keldi hamda ular siyosiy jarayonlarga jiddiy ta’sir eta boshladi. Bunday siyosiy partiya va harakatlar qatorida Afg‘oniston Islom Jamiyati, Afg‘oniston Milliy Islomiy Fronti, Afg‘onistonni Qutqarish Milliy Fronti, Afg‘oniston Milliy Islomiy Harakati, Afg‘oniston Ozodligi Islomiy Ittifoqi, Afg‘oniston Islom Partiyasi hamda boshqalami kiritish mumkin. Mazkur ijtimoiy- siyosiy tuzilmalaming “Tolibon” harakati hukmronligi davrida faoliyat olib borishi butunlay taqiqlab qo‘yilgan edi. Toliblar hukumati ag‘darilgach va Afg‘onistonda yan gi ko‘rinishdagi davlatchilik asoslari barpo etish boshlangach, Afg‘oniston siyosiy sahnasida bir necha yildan buyon mavjud bo‘lib kelayotgan yuqoridagi siyosiy tuzilmalar o ‘z faoliyatini yangidan boshlashga imkoniyat yaratildi. Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) 1976-yilda Pokistonda tashkil etilganedi. AIJ sho‘roparast AXDP hukumatini hokimiyatdan chetlashtirish va Afg‘onistonda Islom respublikasini o‘matishga intilib kelgan. AIJ yetakchisi - mashhur dinshunos, Kobul univer- sitetining sobiq professori Burhonuddin Rabboniy (1940-2011) edi. AIJ oliy rahbariy organi B.Rabboniy tomonidan boshqariladigan Kengash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda AIJ mamlakatning bir qator viloyatlari, jumladan Kobul, Hirot, Bodg‘is, Faryob, Juzjon, Balx, Samangon, Qunduz, Taxor, Bag‘lon, Badaxshon va Parvon viloyatlarida faol harakat olib bormoqda. 2005-yilgi parlament saylovlari yakuniga ko‘ra, AIJ afg‘on parlamentining quyi palatasida 52 nafar deputatdan iborat o‘z fraksiyasiga ega bo‘ldi. AIJ tarafdorlari sifatida Muhammad Yunus Qonuniy (“Yangi Afg‘oniston” partiyasi yetakchisi), Muhammad Qosim Fahim (sobiq mudofaa vaziri va vise-prezi- dent), Ahmad Vali Mas’ud (marhum Ahmadshoh Mas’udning ukasi, “Afg‘oniston milliy harakati”ning yetakchisi), Muhammad Ismoilxon (mujohidlaming mashhur yetakchilaridan biri, H.Karzay hukumatida Energetika va suv resurslari vaziri) va Ato Muhammad Nur (Balx viloyatining gubematori) kabi Afg‘onistonning ayni paytdagi taniqli davlat va jamoat arboblarini ko‘rsatib o‘tish mum kin. Afg‘oniston Milliy Islomiy Fronti (AMIF) AXDP tomonidan amalga oshirilgan inqilob natijasida Afg‘onistondan qochib ketgan yirik yer egalari, katta amaldorlar, burjuaziya vakillari tomonidan 1978-yilning dekabr oyida Pokistonda tashkil etilgan. Mashhur din vakili, “Qodiriya-i Sufiy” tariqatining ma’naviy yetakchisi (pir) Sayyid Ahmad G‘iloniy tashkilot rahbari hisoblanadi. AMIFning asosiy maqsadi Afg‘onistondagi inqilobiy tuzumni barbod qilish va monarxiyani tiklash orqali “Islom va millatchilik qonunlariga tayanuvchi demokratiya”ni joriy etish bo‘lib, Pokiston hududidagi qochoqlar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan. AMIF Afg‘oniston hududida 75 ga yaqin yaxshi qurollangan jangari bo‘linmalariga ega bo‘lgan. Hozirda Qandahor, Zabol, G‘azna, Paktika, Paktiya, Xost viloyatlarida o‘z mavqeiga ega. 2005-yilgi parlament saylovlarida AMIFning 10 nafar a’zosi afg‘on parlamenti quyi palatasi deputati bo‘lib saylanishga muvaffaq bo‘ldi. Afg‘onistonni Qutqarish Milliy Fronti (AQMF) 1978-yilda Pokistonga qochib o‘tgan reaksion klerikal vakillar va yirik yer egalari tomonidan tashkil etilgan. AQMF rahbari mashhur mu sulmon fiqhshunosi Sebg‘atullo Mujaddadiy (1924-2016), afg‘on parlamenti yuqori palatasi - Mishrano Jirgening raisi (2005-2010). Tashkilot a’zolarining aksariyatini olimlar, ziyolilar, sobiq davlat xizmatchilari, qabila sardorlari tashkil etadi. Ulaming ko‘pchiligi islom dinining sunniylik oqimiga e’tiqod qiluvchi pushtunlar hisoblanadi. 0 ‘z faoliyatini Kobul, Logar, Paktiya, Xost, Nangarxor va Kunar viloyatlarida faol olib bormoqda. Afg‘on parlamentining quyi palatasida 3 o‘ringa ega. Afg‘oniston Milliy Islomiy Harakati (AMIH) 1992-yil may oyida Mozori Sharifda etnik jihatdan o‘zbek millatiga mansub general Abdul Rashid Do‘stum yetakchiligida tashkil etilgan. Ayni vaqtda rasmiy yetakchisi Sayyid Nurullo bo‘lib, u Najibullo hukumati davrida vazir lavozimida faoliyat yuritgan edi. 2005-yil aprel oyida A.Do‘stum o‘miga Sayyid Nurullo AMIH yetakchisi lavozimiga tayinlangan bo‘lsa-da, mazkur tashkilotda haliyam A.Do‘stumning ta’siri juda kuchli. AMIHning mamlakat shimolida, xususan Balx, Samangon, Juzjon, Saripul, Faryob, Bodg‘is viloyatlarida mavqei kuchli bo‘lib qolmoqda. AMIH 2005-yilgi parlament saylovlarida parlament quyi palatasidan 20 nafar o‘rin egallashga muvaffaq bo‘ldi. Yana shunday harakatlardan biri Afg‘oniston Ozodligi Islomiy Ittifoqi (AOII) birinchi navbatda Saudiya Arabistoni manfaatlari yo‘lida faoliyat olib borgan va undan katta yordam olib kelgan tuzilma hisoblanadi. AOII 1981-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi Afg‘onistonda “Islom respublikasi”ni tuzishbo‘lgan. AOII eng ekstremistik kayfiyatdagi tashkilotlardan biri bo‘lib, Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari juda yaxshi bo‘lganligi sababli u vahhobiylik oqimiga xos tashkilot sifatida baholangan. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling