A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Partiya rahbari - Abdur Rab Rasul Sayyof. Bugungi kunga kelib


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)


Partiya rahbari - Abdur Rab Rasul Sayyof. Bugungi kunga kelib 
Lag‘mon, Nangarxor, Kunar, Xost viloyatlarida faol harakat olib 
bormoqda. Parlamentning quyi palatasida 7 nafar o‘ringa ega.
Afg‘oniston Islom Partiyasi (AIP) 1976-yilda bir necha eks­
tremistik guruhlar, Misrda faoliyat yurituvchi “Ixvon ul-muslimin” 
(Musulmon birodarlar) va uning yoshlar qanoti “Musulmon 
yoshlari”ning Afg‘onistondagi tarafdorlaridan iborat guruhlaming 
birlashishi natijasida yuzaga kelgan edi. AlPning asosiy maqsadi 
Afg‘onistonda sho‘roparast tuzumni yo‘qotish va islom rejimini 
o‘matishdan iborat edi. AIP yetakchisi - Gulbiddin Hikmatyor 
boMib, tashkilot AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) 
ning alohida e’tiborida turgan va Amerika tomonidan ko‘rsatiladigan 
jami yordamning 40% gacha miqdorini olib kelgan edi. AIP Pokis­
ton hududida bir vaqtning o‘zida 7-8 ming jangari tayyorlashga


mo‘ljallangan bir nechta o‘quv markazlariga ega bo‘lgan. Hozirga 
kelib Kobul, Qandahor, Zobul, G‘azna, Paktika, Paktiya, Xost, 
Nangarxor, Kunar, Nuriston viloyatlarida faol a’zolariga ega. 2005- 
yil parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, afg‘on parlamentining 
quyi palatasida 18 nafar a’zodan iborat partiya fraksiyasi faoliyat 
yuritdi. 2014-yilgi prezidentlik saylovlarida G.Hikmatyoming 
AlPdagi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Muhammad 
Xon prezidentlikka nomzod A.Abdullaning o‘rinbosari sifatida 
ishtirok etdi va saylov yakunlariga ko‘ra, A.Abdulla ijro hokimiyati 
rahbari lavozimini egallagach, Muhammad Xon uning o‘rinbosari 
lavozimiga tayinlandi.
2005-yil may oyining oxirlarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 
ikki palatali parlament va 34 ta provinsiyadagi mahalliy vakillik 
organlariga saylovlar texnik kamchiliklaming mavjudligi va 
mamlakatdagi nobarqaror vaziyat tufayli o‘ sha yilning 18-sentabrida 
o‘tkazildi128. Saylov natijalariga ko‘ra, parlamentning 249 a’zodan 
iborat quyi palatasi - Ulusi Jirge, 102 a’zodan iborat yuqori palata -
Mishrano Jirge va mahalliy vakillik organlari shakllantirildi hamda 
ular o‘z faoliyatini boshladi.
2005-yilgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, afg‘on 
parlamentida faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalami 3 guruhga 
ajratish mumkin.
Birinchi guruh - konservatorlar yoki fundamentalistlar:
- Afg‘onistonni Islomga Chaqiriq Partiyasi (yetakchisi Abdul 
Rab Rasul Sayyof);
- Afg‘oniston Islom Partiyasi (yetakchisi Muhammad Xolid 
Faruqiy);
- Afg‘oniston Islom Jamiyati (yetakchisi Burhoniddin 
Rabboniy);
- Yangi Afg‘oniston Partiyasi (yetakchisi Muhammad Yunus 
Qonuniy).

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling