A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

konsensusga erishdilar. Unga ko‘ra, A.G‘.Ahmadzoy saylovda 
g‘olib deb topildi va mamlakat prezidenti lavozimini egallaydigan 
bo‘ldi123. Biroq, A.Abdulla uchun ijro hokimiyati tizimida yangi 
bir lavozim, ya’ni ijro hokimiyati rahbari lavozimi joriy etildi va 
uning siyosiy-huquqiy maqomi prezidentning alohida farmoni bilan
122 Kenneth Katzman. Afghanistan: Politics, Elections, and Government 
Performance / Congressional Research Service (CRS) Report for Congress. -  
Washington D.C., January 12, 2015. - P. 28-29.
123 Nordland, Rod. Ashraf Ghani Is Named President o f Afghanistan by 
Elections Panel. September 21, 2014. N ew York Times.


belgilab qo‘yiladiganbo‘ldi. Shundankelib chiqib, A.G‘. Ahmadzoy 
prezident sifatida qasamyod qilishi bilanoq mamlakat Konstitutsi- 
yasining 50-moddasiga muvofiq, ijro hokimiyati rahbari (rais-e 
ejra’iya - head of the executive) lavozimini joriy etish bo‘yicha 
farmonga imzo chekdi124.
A Abdulla uchun joriy etilgan ushbu lavozim ingliz tilidagi 
barcha manbalarda “Chief Executive Officer” (SEO), ya’ni “bosh 
ijrochi direktor” shaklida berilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu atama 
bilan ataluvchi lavozim g‘arb davlatlarida davlat boshqaruvida 
emas, balki biznes tuzilmalarida qo‘llaniladi125. Shunday bo‘lsa- 
da, ijro hokimiyati rahbari bosh vazirga tegishli barcha vakolat va 
funksiyalarga egaligi belgilab qo‘yildi126.
Ijro hokimiyati rahbari, uning ikki nafar o‘rinbosari va 
barcha vazirlardan iborat hukumatdan alohida tuzilma - “Vazirlar 
Kengashi” (Shura-ye Waziran - Council of Ministers) tashkil etili- 
shi belgilandi va ushbu tuzilma har haftada bir marta o‘z yig‘ilishini 
o‘tkazib, uning ishiga ijro hokimiyati rahbari boshchilik qiladigan 
bo‘ldi. Shuningdek, ijro hokimiyati rahbari, uning ikki nafar 
o‘rinbosari mamlakat Milliy Xavfsizlik Kengashi tarkibidan joy 
oladigan bo‘ldilar127.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling