A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  The Constitution o f Afghanistan. Year 1382 (2004). Article 60-70. http://


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

118 
The Constitution o f Afghanistan. Year 1382 (2004). Article 60-70. http:// 
www.afghan-web.com/politics/current_constitution.html


yakunida parlament oldida budjet haqida hisobot beradi va ke­
yingi yilgi budjet loyihasini taqdim etadi. Konstitutsiyada belgilab 
qo‘yilganidek, vazirlar mamlakat prezidenti va parlamenti oldida 
hisob berishga majburdirlar119.
2004-yilgi Afg‘oniston Konstitutsiyasida mamlakat qonun- 
chilik hokimiyati - ikki palatali Milliy Kengashdan iborat ekanligi 
belgilab qo‘yildi. Afg‘on parlamenti “Mishranu Jirge” - yuqori 
palata va “Ulusi Jirge” - quyi palatalardan tashkil topgan120.
Mishranu Jirge - demokratik davlatlardagi Senat, ya’ni 
“Oqsoqollar Kengashi” vakolatlarini o‘zida mujassam etuvchi 
afg‘on parlamenti yuqori palatasining 120 nafar a’zosi uch guruhga 
bo‘linadi: uchdan bir qismi viloyat kengashlari a’zolaridan (har bir 
kengashdan bir nafardan jami 34 nafar) 4 yil muddatga saylanadi, 
boshqa uchdan bir qismi esa viloyatlardagi tuman kengashlari 
a’zolaridan (34 nafar) 3 yil muddatga va qolgan qismi (34 nafar) 5 
yil muddatga prezident tomonidan tayinlanadi. Prezident tomonidan 
tayinlanadigan deputatlaming 50% ayollardan iborat bo‘lishi lozim- 
ligi Konstitutsiya normalarida o‘z aksini topdi.
Quyi palata - Ulusi Jirge 249 nafar deputatdan iborat bo‘lib, 
ular umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida ya- 
shirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Afg‘on parlamentining palatalari o‘z faoliyati doirasida qonun- 
chilik aktlari, davlat budjeti, xalqaro shartnomalar va kelishuvlami 
tasdiqlash orqali mamlakat siyosiy hayotida muayyan rol o‘ynab 
kelmoqda. 2004-yilgi Konstitutsiya Afg‘oniston tarixida muhim 
ahamiyat kasb etib kelayotgan oliy davlat boshqamv tuzilmasi 
hisoblanmish Butunafg‘on oqsoqollari kengashi - Luye Jirgega 
tegishli normalami ham o‘zida aks ettirdi. Konstitutsiyaga ko‘ra 
Luye Jirge ishida mamlakat parlamenti palatalari a’zolari, viloyat 
kengashlari vakillari, hukumat a’zolari va Oliy sud a’zolari ishtirok

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling