Shuningdek, prezident Vazirlar Mahkamasining raisi hisob
lanadi. U Qurolli Kuchlaming Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lib,
vazirlami va boshqa hukumatning amaldor
shaxslarini lavozimiga
tayinlaydi va ozod etadi. Prezidentning ikki nafar o‘rinbosari (vise-
prezident) bor.
Konstitutsiya normalariga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti davlat
siyosatini belgilaydi va amalga oshiradi, qonun va dekretlami
i mzolaydi, mamlakat nomidan xalqaro shartnomalar va kelishuvlami
imzolaydi hamda xalqaro
muzokaralar olib boradi, milliy, siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi eng muhim masalalar bo‘yicha refe
rendum o‘tkazish tashabbusiga ega, vise-prezidentlami, sudyalami,
Qurolli Kuchlaming Oliy qo‘mondonlarini, diplomatik vakillami,
shuningdek, yuqori mansabdor shaxslami lavozimiga tayinlaydi
va
ozod qiladi, chet el vakillarining ishonch yorliqlarini qabul
qiladi, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslami afv etadi va
Konstitutsiya hamda qonunlarda nazarda
tutilgan boshqa vakolatlar-
ni amalga oshiradi118. Prezident shuningdek, hukumat yig‘ilishlarida
raislik qiladi, vazirlar,
Bosh prokuror, Markaziy bank boshlig‘i,
Oliy sud sudyalarini mamlakat parlamenti bilan kelishgan holda
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. 2004-yilgi Konstitutsiyada
belgilanganidek, prezidentning siyosiy sohadagi ba’zi bir qarorlari
mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Jumladan,
umshish va yarashish, favqulodda vaziyatlar, mamlakatning milliy
qurolli kuchlari kontingentini boshqa davlatga yuborish to‘g‘risidagi
qarorlari parlament palatalari tasdig‘iga kiritilishi zarur.
Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, ijro etuvchi organni o‘zida aks
ettimvchi mamlakat hukumati o‘z faoliyatini
prezident rahbarligi
ostida olib boradi va uning a’ zolari parlament tomonidan tayinlanadi.
Hukumat qonun loyihalarini taklif qiladi, o‘z faoliyatiga doir akt
va yo‘riqnomalar
chiqaradi, mamlakatning rivojlanish rejasi va
budjet loyihasini tayyorlaydi, favqulodda vaziyatlar davrida qo
nun kuchiga teng normativ-huquqiy hujjatlami e’lon qiladi, har yil
Do'stlaringiz bilan baham: