A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Каримов И.А. Асарлар т^плами. Хавфсизлик ва тинчлик учун
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFG‘ONISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY-SIY OSIY JARAYONLAR
- Afg‘oniston Islom Respublikasi
115 Каримов И.А. Асарлар т^плами. Хавфсизлик ва тинчлик учун
курашмок керак. 10-том. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - Б. 141. 116 Fange, A. The Emergency Loya Jirga / Snapshots o f an Intervention. The Unlearned Lessons o f Afghanistan’s Decade o f Assistance (2001-11). Martine van Bijlert and Sari Kouvo (editors). - Kabul: Afghanistan Analysts Network (AAN), 2 0 1 2 .- P . 14-17. ko‘zga tashlanmoqda va bunday holat o‘z navbatida yangi afg‘on davlatining keyingi rivojlanish yo‘li hamda tendensiyalarini belgilab berishi mumkin. AFG‘ONISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY-SIY OSIY JARAYONLAR Afg‘onistonda konfliktdan keyingi davrda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida samarali huquq tizimining shakllantirilishi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada demokratik tamoyillar hamda islom dini normalari asosida mamlakat yangi Konstitutsi- yasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Afg‘oniston konstitutsiyaviy islohotlar doirasida o‘ziga xos tajribaga egadir. Jumladan, mamlakatda birinchi konstitutsiya 1923-yilda qabul qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1931-yilda, uchinchisi 1964-yilda, to‘rtinchisi 1977-yilda va beshinchisi 1987-yilda qabul qilingan edi. MaTumki, mujohidlar hukmronligi davrida mamlakatda Konsti tutsiya yo‘q edi. Mujohidlar o‘z boshqaruvida islom dini an’analari va shariat ahkomlarini asos qilib olgan edilar. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelganda, dastlab Konstitutsiya qabul qilish bo‘yicha rejalar mavjud bo‘lgan. Bu borada toliblarga, hatto, bir qator ko‘zga ko‘ringan pokistonlik dindorlar ham o‘z takliflarini berishgan edi. Lekin, keyinchalik “Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi qonunchilik asosini shariat qoidalari tashkil etishini, shuning uchun ular biror-bir konstitutsiyaga muhtoj emasliklarini ma’lum qilishdi. 2001-yil so‘nggida Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati bartaraf etilgach, mamlakatning tarixda mavjud bo‘lgan konstitutsiyalari orasida eng liberal va demokratik xarakterga egaligi bilan ajralib tu- ruvchi 1964-yilgi konstitutsiya yangi konstitutsiya qabul qilinguniga qadar vaqtincha amalda bo‘lib turdi. 2001-yil dekabr oyi oxiridan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan H.Karzay yetakchiligidagi muvaqqat hukumat ham aynan ush- bu konstitutsiya normalariga tayangan holda ish yuritdi. Bi roq, H.Karzayning muvaqqat hukumati o‘z faoliyatida 1964-yilgi konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan monarxiya davlat boshqaruvi shaklini o‘zida aks ettiruvchi normalarini istisno etgan holda foydalanib keldi. 2002-yilning iyun oyida tashkil etilgan Afg‘onistonning o‘tish hukumati oldiga yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va uni qabul qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur majburiyat 2001-yil 5- dekabrdagi Bonn kelishuvida o‘z aksini topgan “afg‘on xalqining ijtimoiy adolatlilik, plyuralizm, demokratiya va islom tamoyillariga asoslanuvchi o‘z siyosiy taqdirini o‘zi erkin hal qilish huquqi”ni amalda namoyon bo‘lishini ko‘zda tutar edi. 2003-yil dekabr oyining o‘rtalaridan 2004-yilning yanvar oyi boshlariga qadar Kobulda ish olib borgan navbatdagi Luye Jirgeda Konstitutsiyani ishlab chiqish komissiyasi tomonidan yaratilgan hamda xalq muhokamasidan o‘tkazilgan Afg‘oniston tarixidagi yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida quyidagi to‘rtta asosiy muammo - davlat tuzilish shakli (unitar yoki federativ), davlat boshqaruv shakli (monarxiya yoki respublika), jamiyat hayotida islomning o‘mi va ahamiyati hamda ayollar huquqi masalalari doirasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Yangi Konstitutsiya loyihasining muhokamasi jarayonida xalqaro ekspertlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari tomonidan ko‘plab ijobiy va salbiy fikr hamda mulohazalar bildirildi. Shuning dek, Afg‘onistondagi yetakchi siyosiy kuchlar yangi konstitutsiya loyihasini tanqid qilib, Asosiy Qonun inson huquqlarining tengligi- ni ta’minlab bera olmasligini ta’kidlab o ‘tishgan edi. Konstitutsiyaviy komissiyaning oldida turgan eng o‘tkir muammolardan biri bu Afg‘onistonning davlat boshqaruv shakli borasidagi masala edi. Afg‘oniston kelgusida respublika yoki monarxiya shaklidagi davlat sifatida mavjud bo‘lishi masalasi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi hamda ko‘pchilik ekspertlar va mamlakatdagi siyosiy kuchlar monarxiya shaklidagi dav lat boshqaruv shaklini ilgari surishiga qaramasdan, H.Karzay rahbarligidagi o‘tish hukumati tashqi kuchlar da’vati bilan mamlakatda G‘arb madaniyatiga xos bo‘lgan, afg‘on xalqining urf-odatlari va madaniyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan o‘ta markazlashgan, mutlaqo ko‘p vakolatlami o‘z qo‘lida to‘plovchi prezidentlik respublikasini joriy etish tarafdori edi. H.Karzay qat’iy shartlami qo‘yib, agar Konstitutsiyada davlat boshqaruvining prezidentlik shakli qayd etilmasa, 2004-yilgi prezi dentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligini e ’lon qildi. Afg‘onistonda kuchli prezidentlik boshqamvini joriy etish g‘oyasi tarafdorlari mazkur davlat boshqaruvi shakli mamlakatda kelgusida milliy birlikka erishish yo‘lida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha muammo va to ‘siqlaming hal etilishida samarali mexanizm bo‘lishligini ta’kidlab o‘tishdi. Konstitutsiya qabul qilinishi arafasida afg‘on aholisining ko‘pchilik qismi Afg‘onistonda prezidentlik respublikasi bosh qaruvining joriy etilishi tarafdori edi. Lekin, mamlakat aholisining yana bir qismi yangi shakllanayotgan hokimiyat tizimida davlat boshqaruvining parlamentar respublika shaklini ham ma’qulladi. Afg‘onistonda davlat boshqamvining parlamentar respublika shaklini ma’qullovchi aholi asosan, Afg‘onistonning shimolidagi tojiklar, o‘zbeklar, hazoriylar va turkmanlardan iborat bo‘lgan et- nik kamchiliklaming vakillari bo‘lib, ular davlat boshqamvining prezidentlik shakliga e’tiroz bildirishib, hududlaming avtonomligi, parlamentda keng vakillikning mavjud bo‘lishi va o‘z tillarida ta’lim olish kabi normalar yangi Konstitutsiyada o‘z aksini topishini talab qilishdi. Afg‘onistonda parlamentar davlat boshqamv shaklini joriy etish g‘oyasining tarafdori Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) yetakchisi, ilohiyot professori B.Rabboniy edi. AIJ a’zosi Sayyid Inoyatulla Shadab juda ko‘p vakolatga ega prezidentlik davlat boshqamvi shakli “mamlakat uchun xavfli” ekanligi haqida fikr bildirdi. Afg‘oniston Islom Jamiyatining bir qator yetakchi siyosatchilari ham “mamlakatdagi mavjud sharoitda bir shaxsga shunchalik ko‘p vakolat berilishi diktaturaga olib kelishi mumkin”ligini ta’kidlab o‘tishdi. AIJ faoli, mamlakatning sobiq mudofaa vaziri marshal Muhammad Qosim Fahim ham shunday fikrda edi. Konstitutsiyada prezidentning davlat boshqaruvida mutloq vakolatlami egallashi ko‘zda tutilayotganligi Afg‘onistondagi boshqa bir qator siyosatchilar tomonidan ham mamlakat kelajagi uchun tahdid sifatida baholandi va ular mavjud sharoitda ho- kimiyat bitta kuchli etnos vakili qo‘lida to‘planishi ehtimolini yuzaga keltirishidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ba’zi siyosatchilar mamlakatda prezident bilan hokimiyatni bo‘lishgan holda boshqarishi lozim bo‘lgan hamda shu orqali davlat boshqaruvida kuchlar muvozanatini ta’minlashi mumkin bo‘lgan Bosh vazir lavozimining joriy etilishini ham talab qilishdi. Konstitutsiya loyihasida Afg‘onistonning yangidan barpo etilayotgan siyosiy tizimida islom dinining o‘mi va ahamiyati masalasi ham keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Loyihada (2-modda) islom “Afg‘oniston dini” sifatida belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, “biror- bir qonun muqaddas islom diniga zid kelishi mumkin emas”ligi qat’iy ko‘rsatib qo‘yildi. So‘ngra, ushbu normalar bir ovozdan qo‘llab- quwatlandi va Konstitutsiyada o‘z aksini topdi. Umuman olganda, 2004-yil 4-yanvarda uzoq tortishuv va bahslardan so‘ng Afg‘onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 162 moddadan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlatning rasmiy nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi (AIR) deb yuritiladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat prezidentlik boshqaruvi shaklidagi respublika hisoblanadi. Oliy ijro hokimiyati prezi dent qo‘lida bo‘lib, u fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mamlakat prezidenti etib saylanishi mumkin emas117. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling