A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Afghanistan Presidential and Provincial Council Elections / The


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

121 
Afghanistan Presidential and Provincial Council Elections / The 
International Republican Institute. - Washington, DC., 2009. - P. 24.


2009-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalariga 
ko‘ra, pushtun millatiga mansub nomzod aholining ko‘pchilik 
ovozi bilan g‘alaba qozondi. Bu Afg‘oniston Islom Respublikasida 
hokimiyat 
organlarining 
aksariyati 
pushtunlar 
tomonidan 
egallanganligini hamda ular davlat boshqaruvida yetakchi rolni 
o‘ynab kelayotganliklarini ko‘rsatib beradi.
Afg‘onistonda 2014-yilgi prezidentlik saylovlari natijasida 
oliy hokimiyatning demokratik tamoyillar asosida bir shaxsdan ik- 
kinchi shaxsga o‘tganligini mamlakat tarixidagi ulkan ijobiy voqea 
deb hisoblash mumkin. 2014-yilning 2-fevral kuni Afg‘oniston 
Islom Respublikasi Mustaqil Saylov Komissiyasi (MSK) shu yil- 
ning 5-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi prezidentlik 
saylovi rasman boshlanganligini e ’lon qildi va shu bilan saylovoldi 
kompaniyasi ham boshlandi.
Mamlakat prezidentligiga 11 ta nomzod - Doktor Abdulla 
Abdulla, Ashraf G‘ani Ahmadzoy, Zalmay Rasul, Abdul Qayum 
Karzay, Abdul Rab Rasul Sayyof, Abdul Rahim Vardak, Muhammad 
Daud Sultonzoy, Muhammad Nodir Naim, Qutbuddin Hilol, Hido- 
yat Amin Arsala va Gul Og‘a Sherzoylar o‘z nomzodini olg‘a su- 
rishdi. Yuqorida nomlari tilga olingan 11 nafar nomzoddan 10 nafari 
pushtun millatiga mansub edi. Prezidentlikka nomzodlardan faqat 
Abdulla Abdulla etnik tojik bo‘lganligi sababli saylov jarayonlarida 
mamlakatning tojik millatiga mansub aholisi to‘laligicha Abdulla 
Abdullani qo‘llab-quvvatladi. 2001-yildan buyon mamlakatning 
muvaqqat va o‘tish hukumatlari hamda 2004-yildan boshlab pre­
zident lavozimini egallab kelayotgan H.Karzay, Konstitutsiyaga 
binoan ushbu lavozimga uchinchi marta saylana olmaydi.
Afg‘on Mustaqil saylov komissiyasining e’lon qilgan pre­
zidentlik saylovining natijalari bo‘yicha, doktor A.Abdulla 
saylovchilaming 45 % ovozini olgan holda birinchi o'rinni egallagan 
bo‘lsa, Ashraf G‘ani Ahmadzoy esa 32 % ovoz bilan ikkinchi o‘rinni 
egalladi. Shu tariqa, dastlabki bosqichda hech bir nomzod 50%dan 
yuqori ovoz to‘play olmadi. Shundan so‘ng, demokratik mezonlar 
va mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, dastlabki turda eng ko‘p


ovoz olgan ikki nafar nomzod o‘rtasida saylovning ikkinchi bos- 
qichi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
2014-yilning 14-iyun kuni prezidentlik saylovining ik­
kinchi bosqichi o‘tkazildi. Bunda Ashraf G ‘ani Ahmadzoy 
saylovchilaming 55,27% ovozini olgan bo‘lsa, Abdulla Abdulla 
saylovchilaming 44,73% ovozini oldi. Mamlakatning sobiq moli- 
ya vaziri bo‘lmish Ashraf G ‘aniga 3,93 mln. nafar saylovchi ovoz 
berdi. Ushbu saylovchilar asosan mamlakatning sharqiy, janubiy va 
g‘arbiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi etnik pushtunlar edi. Sobiq 
Tashqi ishlar vaziri bo‘lmish A.Abdulla mamlakatning markaziy 
va shimoliy qismidagi aralash etnik guruhlar tarafidan qo‘llab- 
quvvatlandi va unga 3,18 mln. nafar saylovchi ovoz berdi.
2014-yilgi prezidentlik saylovlari jarayonida qonun buzilishi 
holatlarining ro‘y berishi hamda saylov yakuniy natijalarini e’lon 
qilishning cho‘zilib ketishi, nomzodlaming bir-birini ayblashlari 
umumiy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, saylovda ishtirok 
etgan mamlakatdagi ikki siyosiy yetakchilar - A.Abdulla va A.G‘. 
Ahmadzoyning rasmiy natijalar e’lon qilinmasdan turib saylovda 
g‘olib chiqqanliklari xususida ishonch bilan ma’lum qilishlari va 
buning oqibatida yuzaga kelgan bahsli vaziyat AQSH yetakchiligida 
muvofiqlashtirilishi122 alohida e’tibomi talab qiladi.
Afg‘onistondagi demokratik jarayonlaming kechishida o‘z 
mas’uliyatini anglagan AQSH ikki nomzod o‘rtasida yuzaga kelgan 
bahsni hal etishda muhim rol o‘ynadi va muzokaralar natijasida 
ikkala tomon hokimiyatni bo‘lishish to‘g‘risida o‘ziga xos kelishuv/ 

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling