A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Ушбу гурух, 1996-йилда ташкил этилган булиб, унга куйидаги 15 та


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

133 
Ушбу гурух, 1996-йилда ташкил этилган булиб, унга куйидаги 15 та 
давлат аъзо булиб кирган: АКШ, Австралия, Буюк Британия, Германия, 
Голландия, Дания, Италия, Канада, Норвегия, Россия, Финляндия, 
Франция, Швеция, Швейцария, Япония. 2001-йилда бу гурух,га Германия 
раислик килганлиги учун йигилиш Берлинда булиб утди.


Rossiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada kabi donor-davlat- 
lar bilan birgalikda BMT, Yevropa Komissiyasi va bir necha 
nohukumat tashkilotlaming vakillari ishtirok etishdi. Konferensi- 
ya ishtirokchilari tomonidan Afg‘onistonga insonparvarlik hamda 
iqtisodiy ko‘mak berish ishlari o‘zaro hamkorlikda uzoq muddatga 
mo‘ljallangan holda olib borilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
2002-yil 21-22-yanvarida Tokioda o‘tkazilgan donor-dav- 
latlaming Xalqaro Konferensiyasi Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta 
tiklash va unga moliyaviy ko‘mak berish masalalariga bag‘ishlandi. 
60 ga yaqin davlat va 20 dan ortiq Xalqaro Tashkilotlar vakillari 
ishtirok etgan ushbu Konferensiyada Afg‘onistonga 5 yil davomida 
4,5 mlrd. AQSH dollari, shu jumladan 2002-yil davomida 1,8 
mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratishga kelishib olindi. 
Anjumanda asosiy donorlar sifatida AQSH (2002-yil davomida 296 
mln. AQSH dollari), Yaponiya (2,5 yil davomida 500 mln. AQSH 
dollari), Saudiya Arabistoni (3 yil davomida 220 mln. AQSH 
dollari), shuningdek, Yevropa Ittifoqi (1,5 mlrd. AQSH dollari), 
Jahon Banki (2,5 yil davomida 500 mln. AQSH dollari) va Osiyo 
Rivojlanish Banki (500 mln. AQSH dollari) hamda doimiy ravishda 
donor bo‘lmagan Eron (5 yil davomida 500 mln. AQSH dollari, shu 
jumladan 2002-yil uchun 120 mln. AQSH dollari), Pokiston (100 
mln. AQSH dollari) va Hindiston (100 mln. AQSH dollari) kabi 
davlatlar ishtirok etishdi.
Konferensiyada ishtirok etgan Afg‘oniston Muvaqqat Huku­
mati rahbari H.Karzayning fikricha, Afg‘onistonni butunlay qayta 
tiklash jarayoni davomida 45 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 
mablag‘ zarur, chunki kelajakda Afg‘oniston jahon iqtisodining bir 
qismi bo‘lib unga integratsiyalashuvi lozim bo‘ladi.
2002-yil 2-dekabrda Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Yoshka 
Fisher tashabbusi bilan Germaniyada “Afg‘onistonni qayta tiklash
- tinchlik va barqarorlik garovi” mavzusida Xalqaro Konferensi- 
ya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 30 dan ortiq davlat vakillari, shu 
jumladan Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlar vakillari ham 
ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu anjumanda Afg‘oniston 0 ‘tish


hukumati rahbari H.Karzay, BMT Bosh Kotibining Afg‘oniston 
bo‘yicha maxsus vakili L.Braximiy va AQSHning Afg‘onistondagi 
vakili Z.Xalilzod qatnashdi.
Konferensiya ishtirokchilari afg‘on muammosining nozik 
jihatlaridan biri - barcha siyosiy va milliy guruhlar o‘rtasidagi 
muvozanatni BMT rahbarligida qaror toptirish lozim, degan fikrga 
kelishdi va ushbu maqsadda yagona modelni yaratish masalasi 
qizg‘in muhokama qilindi.
BMT Bosh Kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili 
L.Braximiyning fikricha, dono va qat’iyatli yo‘lboshchilar 
rahbarligida xavfsiz, tinch, demokratik va rivojlanayotgan yangi 
Afg‘onistonni qurish mumkin. 2003-yil 18-martida Bryusselda 
va 2003-yilning 20-noyabrida Stokgolmda ham Afg‘onistonni 
qayta tiklash masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro darajadagi 
Konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Bryusseldagi Konferensiyada ishtirok 
etgan Yevropa Ittifoqi vakili K.Pattenning fikricha, Afg‘onistonga 
moliyaviy ko‘makberishni o‘z zimmasiga olgan donor-davlatlaming 
bergan va’dalarini bajarmasliklari dunyo jamoatchiligining ularga 
bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, K.Patten qayta 
tiklashga sarflanayotgan moliyaviy xarajatlar ustidan qattiq nazorat 
o‘matish lozimligini ham ilgari surdi.
2004-yil 31 -mart - 1-aprel kunlari Afg‘onistondagi qayta tiklash 
masalalariga bag‘ishlangan yana bir yirik anjuman 56 davlat va 10 
dan ortiq Xalqaro Tashkilot vakillari ishtirokida Berlinda bo‘lib 
o‘tdi. 0 ‘z ahamiyatiga ko‘ra, ushbu Konferensiya Afg‘onistondagi 
qayta tiklash jarayoni ishtirokchilarining 2001-yilgi Bonn va
2002-yilgi Tokio Konferensiyalaridan keyingi yirik uchrashuvidir.
Ushbu Konferensiya o‘tkazilgunga qadar H.Karzay hukumatiga 
qayta tiklash maqsadlari uchun 4 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 
turli yordamlar, moliyaviy mablag‘lar kelib tushdi. Ammo, afg‘on 
hukumati buni yetarli emas, deb hisoblab, Jahon Banki ko‘magida 
qiymati 27,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etuvchi “Yetti yillik 
dastur” ishlab chiqdi.


Konferensiya ishida Afg'oniston rahbari H.Karzay so'zga 
chiqib, “Afg‘onistondagi inqiroz - butun mintaqaning inqirozidir”, -
deya ta’kidlab o'tdi. Buni hisobga olgan donor-davlatlar uch yil 
davomida Afg‘onistonga 8,2 mlrd. AQSH dollari, shu jumladan
2004-yil uchun 3,6 mlrd. AQSH dollari ajratishga kelishib oldilar. 
Bu borada yirik donor-davlatlar sifatida AQSH (2,2 mlrd. dollar) va 
Buyuk Britaniya (900 mln. AQSH dollari) boshqa ishtirokchilarga 
ko‘ra ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmalariga oldilar.
Hozirgi kunda Jahon Banki boshqa xalqaro tashkilotlami ham 
Afg‘onistonga ko‘mak berishga undab, bu boradagi o‘z faoliyatini 
BMT, Xalqaro Valuta Fondi, Osiyo Rivojlanish Banki hamda AQSH 
va Yevropaning turli agentlik va fondlari bilan muvofiqlashtirishga 
harakat qilmoqda. Jumladan, Jahon Banki, Osiyo Rivojlanish Banki 
va BMTning bir necha Dasturlari vakillari Afg‘onistonga ko‘mak 
berish maqsadida 3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ga ega 
Xalqaro Fond tashkil etishni BMTga taklif etdilar.
Donor-davlatlar va Xalqaro Moliyaviy Tashkilotlaming 
Afg‘onistondagi qayta tiklash jarayoni uchun ajratishni mo‘ljallagan 
moliyaviy mablag' va ko‘makni bevosita tasarruf etish maqsadida 
afg‘on hukumati ixtiyoriga berilishi borasida jiddiy muammolar 
mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Afg'oniston Markaziy 
Bankining faoliyatini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga
Afg‘onistonda 11 ta xorijiy banklar (Buyuk Britaniyaning “Stan­
dard Chartered” va Mikrokreditlar banklari, Pokiston Milliy Banki 
hamda Eronning “Oriyon Bank”i va boshqalar)ning bo‘limlari 
ochilgan bo‘lib, ulaming faoliyat doirasiga asosan eksport-import 
masalalari bilan shug‘ullanish kiradi, xolos.
Afg'oniston hukumati qayta tiklash jarayonida barcha davlatlar 
va tashkilotlaming ishtirokini ta’minlash hamda ulami faol jalb etish 
maqsadida har bir soha uchun alohida loyihalar ishlab chiqdi. Jami 
448 ta loyihani amalga oshirish uchun 2002-yil davomida donor- 
davlatlar tomonidan 1 mlrd. 718 mln. AQSH dollari miqdorida 
mablag‘ ajratish moMjallangan bo‘lsa, amalda 538 mln. AQSH 
dollari miqdorida mablag' ajratildi:



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling