A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
Sarflanadigan sohalar
Rejalashtirilgan summa (mln. AQSH doll.) Moliyalashtirilgan summa (mln. AQSH doll.) Qochoqlarga yordam 164 16 Iitimoiy ta’minot 248 96 Ta’lim 250 0 Sog‘liqni saqlash 173 0 Transport 238 233 Energetika va telekom- munikatsiya 162 78 Tabiiy resurslami qayta ishlash 147 0 Ma’muriy islohotlar 97 40 Huquqni muhofaza qilish 102 0 Ichki ishlar 27 13 Savdo-sotiq 5 2 Shaharlar obodonchiligi 75 33 OAV va madaniyat 30 27 Jami 1718 538 2003-yil davomida Afg‘onistonga ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘makning miqdoriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ahvol yanada og‘irroq ekanligi ma’lum bo‘ladi, ya’ni rejalashtirilgan 2,2 mlrd. AQSH dollaridan atigi 371 mln. AQSH dollari (16 %) miqdoridagi mablag‘ afg‘on hukumatiga berilganligi qayta tiklash jarayonida amalga oshirilayotgan ishlaming to‘la bajarilishini shubha ostiga qo‘yadi. Afg‘onistondagi qayta tiklash jarayonini boshqa davlatlar va hududlarda amalga oshirilgan qayta tiklash jarayonlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, Afg‘onistondagi jarayon birmuncha og‘ir kechishi mumkinligi va ko‘p mablag1 talab qilishi hamda o‘ziga xos ba’zi xususiyatlami inobatga olgan holda olib borilishi lozimli- gi namoyon bo‘ladi. Jumladan, 2001-2002-yillar davomida Iordan daryosining g‘arbida joylashgan 2 mln. aholi yashaydigan Falastin hu- dudlarining iqtisodiy rivojlanishi uchun ajratilgan mablag‘lar 3 mlrd. AQSH dollarini tashkil esa, 5 mln. aholi istiqomat qiladigan Bos- niyani qayta tiklash uchun Xalqaro hamjamiyat 1995-1999-yillar davomida 5,4 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag1 ajratgan edi. Ammo, BMT mutaxassislarining fikricha, Afg‘onistonda barcha hududlami minalardan tozalash uchun ketadigan mablag1 laming minimal miqdori 500 mln. AQSH dollarini tashkil etadi va bu ishlar 10 yil muddat davomida olib borilishi mumkin. 2002-2003-yillar mobaynida Xalqaro hamjamiyat ajratgan mablag4 va yordamlami Afg‘oniston aholisi jon boshiga taqsimlaganda rejalashtirilgan 182 AQSH dollari o‘miga atigi 67 AQSH dollarini tashkil etganligi ma’lum bo‘ladi va bu raqam qayta tiklash ishlari olib borilayotgan boshqa hududlar aholi jon boshiga ajratilgan mablag‘dan anchagina kamdir (Ruandaning har bir fuqarosi uchun 1994-1996-yillar davomida 98 AQSH dollari, Bosniya va Gersegovina uchun 1995-1997-yillar mobaynida 249 AQSH dollari, Sharqiy Timor uchun 1999-2001-yillar mobaynida 256 AQSH dollari ajratilgan). Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling