Saylov yakuniga ko‘ra, 19 ta turli siyosiy partiyalaming a’zolari
bo‘lgan 85 nafar nomzod afg‘on parlamentining quyi palatasi -
Ulusi Jirge deputati bo‘lib saylanishga muvaffaq bo‘ldi132.
2015-yil yakunida o‘tkazilishi
rejalashtirilgan navbatdagi
parlament saylovlari mamlakatda xavfsizlikbilanbog‘liqvaziyatning
murakkabligi hamda tegishlicha mablag‘ning yetishmasligi tufayli
2016-yilning oxirida o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Biroq, mazkur
saylovlami 2016-yilning oxirida o‘tkazilishi
ham shubha ostida
turibdi.
Xulosa qilib aytganda, Afg‘oniston siyosiy partiyalari mamlakat
tarixida shu kungacha, ayniqsa XX asming ikkinchi yarmidan
hozirgi damgacha ro‘y bergan o‘ta mushkul
siyosiy jarayonlar va
siyosiy voqeliklarda gohida faol, gohida sust ravishda ishtirok etib,
mamlakat siyosiy maydonida mavjud ekanliklari va faoliyat olib
borayotganliklarini namoyish qilib keldilar.
AFG‘ONISTONDA QAYTA TIKLASH JARAYONI
VA UNING AHAMIYATI
Afg‘onistonda iqtisodiy qoloqlik mamlakatda tinchlik va
barqarorlikning o‘rnatilishiga, xalqning
tinch-osuda hay otiga
hamda afg‘on zaminining keyingi taraqqiyotiga salbiy ta’sir
etayotgan omillardan biridir. Buni e’tiborga olgan Xalqaro
hamjamiyat afg‘on xo‘jaligining barcha sohalarini qayta tiklash,
shuningdek, xalq ahvolini yaxshilash
va uni qashshoqlik botqo-
g‘idan qutqarish, markazlashgan hokimiyatning faoliyat yuritishi
va davlat xavfsizligini ta’minlovchi organlami
shakllantirish kabi
masalalami hal etishda, ya’ni Afg‘onistonni butunlay qayta tiklashda
afg‘ on hukumatiga har tomonlama yordam berishni va unda bevosita
ishtirok etishni o‘z zimmasiga oldi. Biroq,
qayta tiklash ishlarining
amalga oshirilishiga qariyb chorak asr davom etgan mojarolar
Do'stlaringiz bilan baham: