A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
QADIMGI AFG ‘ONISTON MADANIYATI
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
QADIMGI AFG ‘ONISTON MADANIYATI
Afg‘oniston hududida qadimda mavjud bo ‘lgan davlatlaming madaniy hayoti haqida gapirganda, ushbu davrda madaniyat, san’at va diniy e ’tiqod o‘ziga xos ravishda rivojlanganligini kuzatish mumkin. Makedoniyalik Iskandar bosqini bilan kirib kelgan ellinizm inadaniyati Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari hukmronligi davrida sharq madaniyati bilan o ‘zaro mujassamlashgan shaklda yangicha ko‘rinish oldi. Ayniqsa Yunon-Baqtriya davlatida san’at o ‘z rivojining cho'qqisiga erishdi. Arxeolog olimlar Yunon-Baqtriyaning yo'qolgan madaniy dunyosi faqat xayollarda mavjud bo'lgan utoptya emasligini tasdiqlamoqda. Hozirgi Afg‘oniston shimolidagi Oyxonim qishlog‘i yaqinidan ushbu davrga tegishli noyob ashyoviy dalillaming topilganligi dunyo olimlarini hayratga soldi. Jumladan, Fransiya arxeologiya delegatsiyasi tomonidan olib borilgan arxe- ologik tadqiqotlar Oyxonim manzilgohining ahamiyatini bir necha baravarga ko‘tarib yubordi. Kushon davlati hukmronligi davrida butun Afg'oniston hudu diga buddaviylik dinining tarqalishi kuzatildi. Xususan, Baqtriya hududlaridan topilgan bir necha buddaviylik ibodatxonalari (Eski Tcrmiz, Ayritom, Dalvarzin, Xolchayon) va bir qator m e’moriy inNhootlarda budda dini aqidalari o‘z aksini topgan. 1877-yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yorida “Amudaryo xazinasi” topildi. Topilmalar orasidagi 179 ta ol- tin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o‘sganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 1500 dan ortiq yunon kumush tangalari ham topilgan bo‘lib, ular miloddan aw algi V asr boshidan miloddan avvalgi II asr boshiga- cha bo‘lgan davrga oid. Ulaming ichida Iskandar davriga tegishli- lari juda kamchilikni tashkil qiladi. Tangalaming asosiy qismi miloddan aw algi III asr va II asming boshiga oid. Lekin xazinada o ‘sha davrda keng tarqalgan miloddan avvalgi II asr o ‘rtalariga oid Baqtriya hukmdorlari Yevkratit va Geliokl, Parfiya podshosi Mitri- dat I ning tangalari uchramaydi. Tekshiruvlardan so‘ng xazinadagi tangalar va qimmatbaho buyumlami miloddan avvalgi 170-yilga oidligi aniqlandi. Ushbu buyumlarda yunon madaniyatiga xos belgilardan tashqari, fors va mahalliy madaniyat belgilarini kuzatish mumkin. Demak bu xazina yunon va mahalliy xalq madaniyatining aralashuvi natijasidir. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular 1897-yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Yunon-Baqtriya davri madaniyatini tadqiq etishda fransuz arxeolog olimlari ham katta hissa qo‘shdilar. 1922-yilda mam- lakatda Fransuz arxeologik missiyasi tashkil qilindi. Ushbu missiyaga taniqli san’at tarixchisi, professor A.Fushe rahbarlik qildi. Fransuz arxeologik missiyasi Janubiy Baqtriya tog‘liklari va tekisliklarida Yunon-Baqtriya san’ati yodgorliklarini topish uchun o ‘z faoliyatini boshladi. Fransuz arxeologik missiyasi 30 yil muddatga Afg‘onistonni arxeologik tadqiq etish huquqini qo‘lga kiritdi. Fransuz arxeologik missiyasi A.Fushe rahbarligida 1924- 1925-yillarda 0 ‘zbekistonning Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridan 70 km janubda joylashgan Baqtriya poytaxti Qadimgi Balx shahri yodgorliklarida arxeologik qazishmalar olib bordi. Fransuz arxeologlarini “oddiy”, maishiy arxeologik materiallar qiziqtirmas edi. Afsuski, fransuz arxeologlari bu yerda o‘zlari xohlagan shahar yodgorliklari va tosh haykallarini topa olmadilar. Fransuz arxeologik missiyasi ko‘plab shaharlar, qal’alar va manzilgohlami tadqiq etdilar, ko‘plab buddaviylik yodgorlik lari, haykallar va bitiklami ochdilar. Ushbu yodgorliklar milodiy I mingyillikka oid bo‘lib, qal’alar va manzilgohlar esa Qadimgi Baqtriyaning yodgorliklari edi. Lekin A.Fushe va keyinchalik uning o‘m ida ishlagan J.Aken ham Yunon-Baqtriya tarixiga doir yodgorlik topa olmadilar. A.Fushe Yunon-Baqtriya tarixi va san’atini sarob deb e ’lon qildi. XX asr 20-30-yillarida ilm-fanda “Baqtriya sarobi” tezisi mashhur bo‘lib ketdi. Lekin hamma tadqiqotchilar ham fransuz olimining pessimistik ruhdagi fikriga qo‘shilmadi. Janubiy Baqtriya hududida (Afg'oniston) esa fransuz arxeologlari - R.Girshman (1936-1941), D.Shlyumbeije (1945-1964), P.Bemar (1964-1978) rahbarliklaridagi ekspeditsiyalar arxeologik tadqiqotlami olib borishgan va o‘z tadqiqotlarining natijalari bo'yicha tegishli ilmiy ishlar chop etishgan edi. Keyingi yillarda b a’zi olimlar, shu jumladan, Daniel Shlyum- herje “Amudaryo xazinasi”ga tegishli yodgorliklami Yunon- Haqtriya madaniyatiga oid ekanligini tasdiqladilar. Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yunon- baqtr madaniyati va san’atiga oid yodgorlik topilgandek bo'ldi. Rim qazilmalarida topilgan yunon-baqtr madaniyatiga oid tangalarda hukmdor Evtidemning tasviri aks etganligi m a’lum bo'lgach, yunon-baqtr madaniyatining mavjud bo'lganligiga shubha kamayib bordi. Lekin Evtidemning aslida Kichik Osiyoning Magneziya shahridan bo'lganligini hisobga olsak, tangalar uning vatandoshlari lomonidan zarb etilgan bo'lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas edi. Yunon-Baqtr madaniyatining mavjudligini isbotlovchi dalillar uzoq vaqt topilmagan bo'lsada, A.Fushe va uning tarafdorlari likriga qaramasdan, ushbu madaniyatning mavjudligi bashorat qilingan edi. Daniel Shlyumberje Baqtriya madaniyatining keyingi bosqichi, Kushon davrini tahlil qilib, Yunon-Baqtr madaniyatining tnuvjud bo'lganligini taxmin qilgan edi. Fransuz tadqiqotchisining ushbu xulosasi 1960-yilda nashr qilindi, bir necha yildan so‘ng knshf qilingan arxeologik yangiliklar bu bashoratni tasdiqladi. “ Amudaryo xazinasi” topilganidan so‘ng 55 yil o ‘tgach, 1932-yil oktabrda Termiz shahridan 13 km uzoqlikdagi Ayirtom hududida Amudaryo qirg‘og‘idan uch musiqachi ayolning haykalini topishdi. Topilmalar bir necha oydan so‘ng Toshkentga jo ‘natildi. Ayirtomda arxeologik tadqiqotlar boshlandi. Izlanishlar natijasida qadimiy buddaviylik ibodatxonasining yodgorligi topildi. Ibodatxonaning plitalari yillar o‘tishi bilan daryoga siljib tushgan edi. Og‘irligi 250-300 kg bo ‘lgan plitalaming Shimoliy Baqtriyada o ‘yib ishlanganligi m a’lum bo‘ldi. Bundan tashqari ushbu san’at durdonalari Hindiston madaniyati va buddaviylik bilan qiziquvchi tadqiqotchilaming diqqatlarini o‘ziga tortdi. Chunki ular Gandhar madaniyati yodgorliklariga juda o‘xshashligi m a’lum bo‘ldi. Baqtriya tarixini o ‘rganishga qiziqish keyingi yillarda avj oldi. Qadimgi Baqtriyaning bronza, temir davrlari va Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya, Kushon davrlariga oid yodgorliklari 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg'oniston hududlarida joylashgan. Xorijiy mutaxassislar Afg'oniston hududidagi Baqtriya yodgorliklarini tadqiq etishni boshlashdi. Ushbu tadqiqotlar turli yillar davomida olib borildi. Bu davrda Afg'oniston hududida shaharsozlik ham yuksak darajada taraqqiy etganligini ko'rish mumkin. Jumladan, Kobul shahri qadimgi va o'rta asrlarda Sharqning nufuzli markazlaridan biri bo‘lib, savdo sotiq, ilm-fan va madaniyat gullab-yashnagan. Arxeologik tadqiqotlar hozirgi Kobul vodiysida qadimiy sivilizatsiya mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Jumladan Chaman Xuzuri nomli manzilgoh qadim sivilizatsiyaning qoldiqlaridan biri bo ‘lib undagi qadimiy tangalar Kobulning yirik savdo markazi va “Buyuk Ipak yo‘li”dagi eng muhim shaharlardan biri bo ‘lganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Ko bul vodiysini tadqiq qilish natijasida o ‘rganilgan Minori Chokar, Yaxdardagi arxitektura va diniy kompleks (mil.avv. Ill asr), Guldor, Tepayi Maranjon, Tepai Balx, Xazona tepa, Kutali Xazonxona hamda boshqa o ‘nlab qadimiy yodgorliklar bizga Kushon va buddaviylik davridagi yuqori madaniyat darajasidan darak berish bilan birga Ko bul sivilizatsiyasi haqidagi fikrlarimizga asos bo‘ladi. Sherdarvoza va Asmay tog‘laridagi shu kabi mudofaa inshootlari Kobuldagi buddaviylik davriga oiddir, Bolo Hisordagi yirik harbiy qal’a esa qadimiy A fg‘onistonning madaniy ulug‘vorligiga yana bir isbotdir. Kobul muhim geografik joy da joylashgan, bu haqda hattoki uni “Kaspotirius” (“chorraha”) deb nomlagan antik mualliflar ham xabar beradi. Antik mualliflar xabarlariga ko‘ra Kobul karvon yo‘llari, xususan, “Ipak yo‘li”da chorraha vazifasida ham moddiy, ham m a’naviy merosni saqlovchi va yetkazib beruvchi vazifasini o‘tagan. Zamonaviy istiloh bilan aytganda Kobul madaniyatlar qorishuvi sodir bo ‘luvchi maskan, shuningdek, tranzit shahar bo‘lib kelgan. Kushonlar davrida bu mintaqada xristianlik, zardushtiylik, buddaviylik, braxmanizm dinlarining keng tarqalishi va ulaming o‘zaro aralashuvi kuzatilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida ko‘plab manzilgohlar aniq- langan, bular qatoriga Kutali Xazana, Teppa-yi Zumrad, Tepa-yi Salom, Bolo Hisor, Panja-yi Shox, Kuhi Baranta, Kulli Chamani Huzuri (Tepa-yi Maranjon) tog‘ yonbag‘irlaridagi va boshqa qadimiy yodgorliklar kiradi. Ammo bu qazishmalar oxirigacha yetkazilmagan. Qadimgi yunon mualliflari asarlarida ham Kobul haqida ko‘plab maTumotlar keltirilgan. Yunon mualliflari orasida Gerodot (mil.avv. 484—420) birinchilardan bo‘lib Kobul haqida yozadi. Kobur (Kobul)ning tub aholisi va unga tutash tumanlari haqida m a’lumot berar ekan, Gerodot Paktiyo va Kobul aholisi “dadiklar” (tojiklar) deb atalishini yozadi. Kobulni esa u “Kaspotirius” deb nomlaydi. Gerodotning ishiga tayanib, tarixchilaming keyingi avlodi Sharq tarixi va geografiyasi, shu qatorda Eron bilan ham shug‘ullanadi va bu mavzuda juda ko‘p ilmiy ishlar qilingan, hatto bu ishlaming bibliografiyasida Afg‘oniston tarixi bo ‘yicha qilingan umumiy ishlar ham berib o ‘tiladi. Eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha tadqiqotchilar foydalanib kelayotgan eng muhim tarixiy manbalardan biri, shubhasiz, Ptolo- mey (mil.avv. 322-273)ning “Geograflya” asaridir. Ptolomey “Geografiya”sidan tarjimalar va dalillami Muhammad Xorazmiyning “Surat ul-arz” asarida topish mumkin. Ptolomey “Geografiya”sidan shu tariqa zamonaviy tadqiqotchilar shaharlaming tarixiy geografiyasi, butun mamlakat va mintaqa geografiyasini o‘rganishda foydalanganlar. Jumladan, bu asarda Afg‘oniston tarixiy geografiyasi bo‘yicha ham m a’lumotlar mavjud. Ptolomey Kobulni “Kapur” deb nomlaydi va u haqida quyidagilami yozadi “Hindukushdan janubda (Kobuliston) yashov- chi qabilalar “bulutlar” deb ataladi”. Tarixchilar “bulutlar” so‘zini “Kobul aholisi” deb izohlaydilar. Agar “bulutlar” yashaydigan joylar Ptolomey m a’lumotiga ko‘ra kobulliklar vatani deb hisoblansa, unda Kobuliston hududi Hindikush (Paropamis)dan janubdagi barcha yerlar: Paktiyo, Lugar, Vardak, Xadda va ulaming atroflarini o‘zidabirlashtiradi. Ptolomeyning “Geografiya” asarida “Artospan” (“yuqori shahar” yoki “yuqori joy”) so‘zi Kobul shahri m a’nosida kelgani eslatib o‘tiladi. Eratosfen Ptolomeyning izdoshlaridan biri hisoblanib u Afg‘oniston tarixini, shu jumladan, Kobul va Kobulistonni tasvirlash vaqtida Ptolomeyning asariga tayanib, “Kobur”, “Korur” va “Artospan” nomlaridan foydalanadi. Bu nomlanishdan keyinchalik Strabon ham foydalangan. Afg‘onistonning qadimgi tarixi va tarixiy geografiyasiga oid m a’lumotlar yana bir qancha qadimgi g ‘arb tarixchilari va sayohatchilaming asarlaridan joy olgan, masalan, Arrian, Kvint Kursiy R uf (mil. I asr), Artemitlik Apollodor, Yustin va boshqalar shular jumlasidandir. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling