A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
kttfolati bo‘lgan. Yunon-Baqtriyada shahar-polis kengashlarida iholi
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
kttfolati bo‘lgan. Yunon-Baqtriyada shahar-polis kengashlarida
iholi uchun qonunlar joriy qilingan bo‘lsa, oliy qonunchilik albatta ihohning kotibiyati tarafidan butun mamlakat uchun qonunchilik tuzib chiqilgan. Ellin davlatlarida shoh mamlakat diniy hayotida hum o'z o'm iga ega bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, Pcrgum davlatida attalistlar kengashi shohni ilohiylashtirishda katta rol o'ynagan. Yunon-Baqtriyada ham shunday kengashlar mavjud bo'lgandir, chunki bekorga shohning xudo darajasiga olib chiqilganligi bejiz emas. I ill in hukmdorlarining qarorgohlari va saroylari mamlakatning turli joylarida bo'lgan. Misol uchun Oy Xonim saroyi va Baqtra ahahridagi shoh saroyi Salavkiylaming ikki yillik hujumlariga dosh bcrgunligining o'zi mudofaaning mustahkamligidan dalolat beradi. Dundun tashqari hukmdor nomini olgan shaharlar - Evtidemiya, Hvkratidiya kabi shaharlar ham mustahkam bo'lganligi haqida manbalar ma’lumot beradi. Yunon-Baqtriya davlati mustaqillikka erishgach, yangi mn’muriy-hududiy bo'linish zaruriyati tug'ildi. M a’lumki, Baqtri ya witrapliklarga bo'lingan edi. Ulardan Aspion va Turiva nomlari haqida yunon tarixchi va geografi Strabon (miloddan avvalgi I asrda yanhagan) cslatib o'tadi. Bu satrapliklar hudud jihatidan Iskandar va Ahamoniylar davlati satrapliklaridan ancha kichik bo'lgan. Baqtri- yining o'/.i ham Ahamoniylar davlati tarkibida alohida satraplik bo'lgan. Huqtriya satrapliklari unchalik darajada mustaqil faoliyat olib bemwganlar. Ular faqatgina siyosiy sohada mustaqil bo'lganlar. Mustaqil o‘z nomlaridan tanga zarb eta olmaganlar. Taxminlarga ko‘ra, yunon-baqtr satrapliklari boshqaruvchisi strateg unvonini olgan b o ‘lishi mumkin. Viloyatlarning hind-sak yo ‘lboshchilari baqtriyalik va hindiy-yunonlaming unvonlarini o ‘zlashtirishgan edi. Baqtriyada ilk ellin davrida “bo ‘linmaga rahbarlik qiluvchi” fxurarlar - amaldorlar faoliyat olib borishgan. Arrianning yozishicha, Baqtriya shaharlari akropolida joylashgan Iskandaming qo‘shini orasidan bo‘linmalar rahbari “getaytlar”dan tayinlangan. Bu kabi harbiy-ma’muriy lavozim Yunon-baqtr davlatida saqlanib qolgan edi. Ular Shimoliy chegara nomadlarida ko'chmanchilar hujumini qaytarishda mudofaani tashkil etishlari kerak edi. Polibiy mil.avv. 208-yili Ariy (Gerirud) daryosi yaqinida Antiox III qo‘shini bilan jang qilgan baqtriyalik otliqlar haqida hikoya qila- di. Muallifning guvohlik berishicha Evtidem I ning 10 ming kishi- lik suvoriylari bo‘lgan. B a’zi manbalarga ko‘ra, “o‘n ming kishi- lik jangchilar” bo‘linmasi aynan “miriad” deb nomlangan. Ushbu bo ‘linma uch qismga - gipparxiyalarga bo‘lingan. Otliq qo‘shinga mahalliy obro‘li shaxs - gipparx boshchilik qilgan. Keyinchalik hind-yunon shohliklarida yuqori lavozimni mahal liy aholi vakillari ham egallagan. Satrap, strateg, meridaxrlaming vazifasi nafaqat m a’muriy, balki harbiy xarakterga ham ega bo ‘lgan. Ushbu lavozimlardagi shaxslar harbiy yurish vaqti qo‘shinni idora qilishgan, tinchlik hukm surgan vaqtlarda qo‘shinning sifati va tayyorgarligiga javobgar b o ‘lishgan. Yunon-Baqtriya davlati markaziy boshqaruvida shoh devo- ni katta rol o ‘ynagan. Bu organning vazifasi shoh farmonlari va buyruqlarini joylarga yetkazish hisoblangan. Yunon-Baqtriyada hujjat ishlari yunon yozuvida olib borilgan. Markaziy boshqaruvda ellin davlatlarida muhim davlat ishlari- ga shohning yaqinlari ham jalb qilingan. Misol uchun Evtidem I ning o ‘g‘li Demetriy Antiox III huzuriga elchi qilib yuborilgan. Shoh harbiy yoki elchilik ishlari bilan safarda bo‘lgan vaqtlarda uning o‘m ini yaqin qarindoshlaridan biri egallab turgan. Bu hududlami koloniyalarga aylantirish siyosatini salavkiy lar davrida ham davom etgan. Antiox III davrida Kichik Osiyo- ning Kariya hududlaridan A fg‘oniston hududlariga kolonizatorlar ko'chib kelishgan. Misol uchun Yunon-Baqtriya shohi Evtidem I Magneziyalik bo'lgan. Kariyadan sharq tomon yollanma va ko'ngilli kolonizatorlar ko‘chib kela boshlashgan. Yunonlami bu hududlarga ко‘chib kelishga qiziqtirish maqsa dida Salavkiylar Iskandaming koloniyaiashtirish siyosatini o‘zgarti- rishlariga to‘g‘ri kelgan. 0 ‘rta Osiyo va Baqtriyadagi koloniyalarga polis maqomini bera boshlashgan. Polislaming mustaqilligi ortishi bilan ularga nisbatan markaziy hokimiyatda demokratik munosa- but shakllana borgan. Keyinchalik bu polislar o‘zini-o‘zi boshqa- rifih imkonini qo‘lga kiritib, Baqtriya hududlarida polislar ittifoqini tashkil etishib, mustaqillik talab qila boshlashgan. Mil.avv. Ill asr o'rtalarida Baqtriyada mustaqillikka harakatni aynan yunon polis- lari boshlashgan. Keyinchalik yunon polislari Diodotni qo‘llashdi vu oqibatda Salavkiylar bilan raqobatda yengib chiqdi. Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan polislar ham keng imtiyozlarga ega boigan. Hatto shoh siyosati ulami qanoatlantirmasa, uni taxtdan Imm ag‘darishgan. Xususan, bunga misol qilib, Evtidem tomonidan Diodot II ning hokimiyatdan chetlatilishini ko‘rishimiz mumkin. Mar bir polisda xalq kengashi bo ‘lgan. Unda shahaming diniy rahnamosi, kotiblar, gimnaziarlar va turli amaldorlar saylanishgan. Polislar kengashi nazorat, qonunchilik shahar rejalarini amalga onhirib kelgan. 0 ‘ta harbiylashgan sharoitda Yunon-baqtr polislari- dfl Ntratcglar katta rol o‘ynashgan. 1л1 linizm 0 ‘rta Osiyo shaharlarida mustahkam o‘mashib bo'lgach, barcha jabhalarda yunon xaraktemi o ‘zida aks ettirgan. Tarixchi V.Tamning fikricha polislar yunoncha nom olishi kerak bo'lgun. Ya’ni, Iskandar nomini olishligi lozim bo‘lgan. Polis dara- Jlttini olishligi uchun albatta bu hududda yunonlar yashashligi kerak edi. Polislar kleruxlar boshqamviga o‘tgach, markaziy hokimiyat harbiy qo‘shinidan kamroq foydalanishgan. 0 ‘zlari mustaqil o‘z hududlurini mudofaa eta olganlar. Yunon-Baqtriya tub aholisi etnik jihatdan turli-tuman bo'lgan. Shahar markazlarida doimo yunonlar yashashgan. Mahalliy aholi o‘zining turmush tarzini, madaniyati, tili va e ’tiqodini antik davr oxirlarigacha saqlab qolishgan. Ellinizm davrida Baqtriyadagi yunon shaharlari tarkibidagi aholini yuridik jihatdan uch kategoriyaga bo ‘lish mumkin: fuqaro- lar, fuqaro bo‘lmaganlar (to‘la huquqqa ega bo‘lmaganlar) va qul lar. Tarixchi Diodotning yozishicha, yuqori satrapliklarda qo‘shin tarkibida yunon-makedon bo‘lmagan aholi orasidan mahalliy baqtr va so‘g ‘d yoshlari Iskandar buyrug‘iga k o ‘ra makedoncha qurol- lantirilgan va jang m ashg‘ulotlariga o‘rgatilgan. Bu tadbir Filipp II tomonidan ishlab chiqilgan standart qurollanish va qo‘shin safini to ‘ldirish tadbiri b o‘lgan. Bu an’ana, y a’ni o ‘rta osiyolik mahalliy aholi bilan qo‘shin tarkibini shakllantirish Salavkiylar davrida ham saqlanib qolgan. Baqtriya hududidagi Oy Xonim shahar polisi misolida yunon- makedonlaming mahalliy aholi bilan aralashib ketishini ko‘rishimiz mumkin11. Shahar qarorgohidan tashqaridagi binolar monumental ko ‘rinishda bo‘lganligini ko‘rish mumkin va ulardan 14 tasidan 12 tasining nomi yunoncha bo'lgan. Ushbu m a’lumotlami o ‘rganish as- nosida mil.avv. Ill asr o ‘rtalarida Parfiya davlatining tashkil topishi bilan Salavkiylar saltanatini dushmanlar orasida qolib ketganligini hisobga olsak, yunon polislarining rivojlanishi va yunonlaming mahalliy aholi bilan munosabatlari o ‘zgacha kechganligini ko ‘rishimiz mumkin. Yunon-Baqtriya qo‘shinining asosi polislardan kelgan, kelib chiqishi ellin bo‘lgan ko‘ngilli kishilardan tashkil topgan. Aynan ulaming xizmati tufayli Baqtriya va So‘g ‘diyona mustaqillik uchun kurashda faol qatnashgan. Hindistonga bo‘lgan yurishlarda va Salavkiylar hamda Parfiya bilan bo ‘lgan janglarda polislar faol ishtirok etishgan. Lekin ular shimoldan kelgan ko‘chmanchilaming xavfini kamaytira olmagan. Yunon-Baqtriya harbiy yurishlarida 11 Holt F.L. Into the Land of Bones. Alexander the Great in Afghanistan. - Los Angeles: University of California Press, 2005. - P. 71. polislardagi ko‘ngillilardan tashqari, Kichik Osiyodan kelgan yol- lunma qo‘shin Hindiston va Sharqdagi harbiy yurishlarda ishtirok ctgan. V.Tamning yozishicha, Yunon-Baqtriya o ‘z o ‘m iga ega bo ‘lgan mahalliy zodagonlar va ellinlar tomonidan boshqaruvdagi “ikki boshqaruvli davlat” bo ‘lgan. Baqtriyaliklar nafaqat yunonlar uchun otliq qo‘shin yetkazib berishgan, balki, mil.avv. 256-yilda salavkiy- larga qarshi qo‘zg‘olonda faol ishtirok etishgan. Yunon-baqtr va yunon-hind hukmdorlarining nomi yunon- clut bo‘lgan. Yunon-hind jamiyatida ierarxik tarafdan yunon ayol- luri hind vamlari: brahman, kshatriya, vayshiylardan ustun turgan. Sluindan kelib chiqib, bosib olingan Hindistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yunonlaming avlodlari va aralash nikohdan qolgan av- lodlur ham oliy maqomga ega bo‘lganligini xulosa qilish mumkin. Oy Xonim akropolida kichik harbiylar binnosida kichik eroniy ibodatxona topilishi, mahalliy jangchilar uchun xizmat qilganligi xuNusida tarixchi P. Bemar xulosa qilgan. Mahalliy aholi ellinlardan darajasi pastroq ekanligini hisobga olmik, Areya daryosi bo ‘yidagi jangda Antiox III ga qarshi faqat biiqlriyalik suvoriylar qarshi chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Snvol tug‘iladi: Nega Evtidem o ‘z qo‘shini bilan Areya jangida qutnashmadi? V. Tarnning fikricha, Evtidem qonuniy hukmdorga qurshi chiqishga qo‘rqqan va o‘z qo‘shini bilan chetroqqa chiqib lUi'HHn. A. Simonettaning fikricha esa, Evtidem o‘z suvoriylari bilan Anliox III ning piyoda qo‘shiniga sezilarli zarba berishi mumkin Ho" lgan. Lekin keng maydonda jang qilish uchun Evtidemda piyoda q o ’ Nhin yetishmagan va Baqtra shahrini mudofaasi ishini m a’qul ko'rgan boMishi mumkin. Bir tomondan Evtidem strategik jihatdan lo 'g 'r i o'ylagan bo‘lishi mumkin. Chunki o ‘sha paytu Antiox III bi- |«M niyosiy kelishuvga erishishi mumkin b o ‘lgan. Oqibatda Evtidem Ikki yillik qamalda o ‘z qo‘shini va hokimiyatini saqlab qola oldi. I latto Yunon-Baqtriyada siyosiy inqiroz kechgan vaqtlarda ham baqtriyaliklar o ‘z jangovarligini yo‘qotishmagan. Tarixchi Yustin- п1пц yo/.ishicha, Demetriy II parfiyaliklarga qarshi kurashda baqtri- / yalik yollanma qo‘shinni yordamchi kuch (auxilia) sifatida harbiy to‘qnashuvlarda qo‘llagan. Shuni ta ’kidlash kerakki, ellin davlatlarda, xususan Yunon- Baqtriyada qo‘shinni “makedonlashtirish” bilan bir qatorda sharqona jang elementlari ham qo‘llanilgan. Misol uchun janglarda Demetriy I Yengilmasning jangovar fillami qo‘llaganligini buning tasviri tushirilgan tangalarda ko‘rish mumkin. Yunon-Baqtriya piyoda qo‘shini falanga tarzida bir qatorda tizilgan b o ‘lgan. Ular og‘ir qurollangan bo‘lishgan. Ulaming ortida yordamchi kuch yoyandozlar, tosh uloqtiruvchi drotiklar falanga qanotlarini mudofaa qilishgan. Tarixchi Polibiy baqtriyaliklar otliq qo‘shiniga e ’tibor qaratmay ulaming yengil qurollanganini va saf tortgan holda jangga kirmaganligiga, yaqin masofada dushman bilan yuzma-yuz jang qilishdan qochganliklarini ishora qilgan. Bunday tasvimi Gerodot asarlarida va qadim hind eposi “Mahobharat”da baqtriyaliklaming qurollanishi haqidagi yozuvlami uchratish mum kin. Jang qilishning turli usullarini qo‘llagan holda baqtriyaliklar makedonlaming jang qilish texnika va taktikasini yaxshi bilishgan. Misol uchun baqtriyalik suvoriy o‘zi bilan bir piyoda askami jangga olib kirgan va dushmanga yaqinlashganda otni boshqarayotgan su- voriyning ortidagi piyoda jangchi otdan sakrab tushib jangga kirib ketgan. Bu jang usulini makedonlar bilmagan. Keyinchalik Yunon-baqtr shohlari Areya bo‘yidagi m ag‘lubiyatdan so‘ng og‘ir qurollangan suvoriylar (katafrakta) ni qo‘llay boshlashgan. Oy Xonimdagi qazishma ishlarida topil gan suvoriylaming temir sovutlari suvoriylar yunonlardan emas, eroniylardan bo‘lganligidan darak beradi. Ilk katafraktalar yu non-baqtr qo‘shinida o ‘rta osiyolik dasht xalqlari ta ’sirida paydo boTgan. Yunon suvoriylari haqida “Mahobharat” eposida m a’lumot uchraydi. Lekin Yunon-Baqtriya qo‘shinida yunon suvoriylari katta rol o ‘ynashmagan. Tarixchi Yustin hikoyalarida Evkratidga tegishli 300 suvoriy- ning Demetriyga qarshi jangi haqida aytib o‘tilgan. Hikoyada shuningdek, 300 jangchi Demetriyning 60 ming kishilik qo‘shinini ycngganligi aytiladi. Bizningcha, ushbu saralangan 300 jangchi shohning maxsus agama - shaxsiy tan soqchilari bo‘linmasi bo ‘lgan. Yunon-Baqtriya qo‘shinining yana bir qismi fillardan tashkil topgan harbiy qism bo‘lgan. B a’zi olimlaming fikricha, baqtriya- liklarda jangovar arava qo‘shilgan otliq qo‘shin turi ham bo‘lgan. Tarixchi Yustin Evkratidning fojiali halok bo‘lishini, uning Hindis- tondan qaytganida o‘z o ‘g‘li tomonidan oTdirilgani va oTigi usti- dan ot qo‘shilgan arava bilan o‘tib ketganligiga e’tibomi qaratadi. Ba’zi olimlaming fikricha, ot qo‘shilgan aravalar jang uchun emas, balki hashamat uchun aslzodalar tomonidan qoTlanilgan va bunga shoh Menandmi misol qilib ko‘rsatishgan. Oy Xonimdagi qazishma ishlarida topilgan diametri 12,3 dan 25,8 sm gacha va og‘irligi 2 kg dan 20,5 kg gacha bo'lgan metall sharlar va katta nayzalar baqtriyaliklar dushmanning yengil piyoda- sini safdan chiqarish uchun uzoq masofaga uloqtiruvchi qurilmalar- tlan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin. Yunon-Baqtriya qo‘shini soniga kelsak, A.Simonetta Polibiy- ning m a’lumotlari asosida keltirgan m a’lumotlarga ko‘ra, Evtidem I ning qo‘shini soni 22 ming kishilikbo‘lgan. Ulardan 10 ming nafari piyoda, 2 ming nafarini otliq suvoriylar tashkil etganligini aytadi. Yustin m a’lumotlariga ko‘ra esa, Yunon-Hind shohi Demetriyning 60 ming kishilik qo‘shini boTgan. Makedoniyalik Iskandar vafot etgandan keyin ellin davlatlari qo'shinining asosini baribir jangchi piyodalar tashkil etgan. Iskan- dur Hindistonga yurishga otliq qo‘shinni ishga solishni reja qilgan bo’lishi mumkin. Lekin otliq katafraktalami keng qoTlash keyingi davr - yuechjilar hukmronligi davriga borib taqaladi. Bundan lushqari ellinlarda og‘ir nayzalar sarissoforlar janglarda qoTlangan. 1‘illardan ko‘proq Yunon-Hind shohlari janglarda qoTlashgan. Fil- l«r bilan dushman safidagi fillami birinchi bor ko ‘rgan askarlami qo’rqitganlar. Afg‘ oniston hududida Yunon-Baqtriya davriga oid qazishma iehlorida topilgan qilichlar - maxayra va ksifoslar yunon-make- donlarga xos boTgan. Ksifos - yaqin masofada jang qilishga m o ‘ljallangan ikki tarafi o ‘tkir qilich hisoblanadi. M axayra - uchi qayrilgan va dastagi grifon boshi bilan bezatilgan b o ‘lib, piyodalar va suvoriylar tom onidan foydalanilgan. N ayzalar yu non-baqtr qo ‘shinida asosan sarissalardan keng foydalanishgan. Sarissa qadim dunyoda P.A.Manti fikricha, eng uzun nayza qurol b o ‘lgan. Yoy-kamon o ‘qlari saklamiki kabi bo‘lgan. Yunonlaming yoy nayzalari yasash namunasi Baqtriyada ommalashmagan, k o ‘proq saklaming uchi temirli va bronzali nayzalari amalda bo‘lgan. Yunon-baqtr jangchisining yana bir quroli bu sekir bo‘lib, jang- lardan tashqari xo‘jalikda o ‘tin yorishda qo‘llangan. Uch shoxli nayzalar Neptun (Poseydon) xudosi belgisi shaklidagi qurol jang- dan tashqari baliq ovida va hayvonlami ovlashda qo‘llangan. Ke yinchalik uch shoxli nayza qurol hokimiyat ramziga aylangan. Bu ko ‘proq kushonlar davrida u rf bo‘ lgan. Shu qurollar qatorida sopqon (0,7 dan 1,5 kg) bo‘lib, yengil piyodalar foydalanishgan. Baqtriyada “attika” va “beotiya” dubulg‘alari keng u rf bo ‘lgan. Sovutlardan yunon-baqtriyaliklar bronza va misdan yasalgan - karasa va sharq xalqlariga xos bir-biriga zanjir bilan ulangan plas- tinkali sovutdan foydalanishgan. Bu sovutlardan namunalar Kampir tepa va Oy Xonim manzilgohlaridan topilgan. A fg‘oniston hududidan topilgan qalqonlar antik tipga ega bo‘lib, biri qalin terilar bilan qoplangan inson yuzi aks etgan qalqon, ik- kinchisi Kampirtepadan topilgan likop-lagan ko‘rinishdagi temirli qalqon va uchinchisi Oks ibodatxonasi (Taxti Sangin)da topilgan oval shaklga ega qalqondir. Oksda topilgan qalqon Attikaga xos an’anada qalqonda “trisikl”, ya’ni epik qahramon Axillesning tez- korligigaxos bo ‘lib, uning “oyoqlari” ramziy qilib olingan. Gerodot va Plutarx Baqtriya satrapi, fors sarkardasi Masistaning tantanavor jangovar aravada sovutlar bilan kiyingan holatini tasvirlashgan. Bu Baqtriyaga aloqador shaxsning jangovar holatda tasvirlangan yago- na holati hisoblanadi. Oy Xonim manzilgohidan og‘ir qurollangan otliq suvoriyning va otning jangovar sovuti topilgan. Yunon-Baqtriya davlati mil. avv. 130-yilgacha mavjud bo‘ldi va mamlakat hududiga shimoldan kirib kelgan ko‘chmanchi yue-chji qabilalari tomonidan ag‘darib tashlandi. Baqtriya hududi Osiyoning ichki hududlaridan kelgan ko‘chmanchi qabilalar bilan to‘lib ketdi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling