A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTON MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTON MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammad- ga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Bu paytda Chingizxon lashkarlarining umumiy soni to‘g‘risida adabiyotlarda turlicha raqamlar keltiriladi. Jumladan, tarixchi A.R.Muhammadjonov “Chingizxonning jam i askari 200 mingdan oshmas edi”, desa, M.Ivanin: “...Muhammadga hujum boshlashdan aw al Chingizxon ning qo‘shini 250 ming nafar jangchidan oshishi mumkin emas edi” deydi. Ba’zan esa hatto 600 ming raqami ham uchraydi, ammo bu raqam haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chingizxonga uyg‘ur xoni Ediqut ham qo‘shiladi. Chingiz xon Irtish qirg‘oqlaridan to Sayxun sohillarigacha bo‘lgan harakati davomida hech qanday qarshilikka duch kelmaydi. Hujumning dastlabki zarbasi 0 ‘trorga qarshi qaratiladi. Shu yerda Chingizxon o‘z lashkarlarini to‘rt qismga bo‘ladi va Movarounnahr hamda Xorazmni tezroq zabt etish maqsadida ulami to‘rt yo‘nalish bo‘yi- cha yalpi hujumga tashlaydi. 1220-yilda Chingizxon Samarqandni qo‘lga kiritish uchun bu- tun vujudi bilan qamal qilib jang qilayotgan vaqtda Xorazmshoh Muhammad batamom umidsizlikka tushib, davlat va xalq manfaatlaridan umuman uzoqlashib, faqat o‘z jonini qanday qilib bo‘lsa-da, saqlab qolishni o‘ylar edi. Xorazmshoh Muhammad o‘z vazirlari va lashkarboshilari bilan davlatni halokatdan qutqarish choralari to‘g‘risida maslahatlashadi. Tajribali va tadbirkor jangchilar hozir Movarounnahmi himoya qilish payti emasligini aytib, Xuroson va Iroqni himoya qilishga asosiy diqqatni qaratish lozimligini maslahat beradilar. Boshqa birlari esa Xorazmshohlaming qolgan barcha qo‘shinini G ‘aznada to‘plab shu yerda dushmanga qarshi jang qilish va agar zaruriyat bo‘lib qolsa, Hindistonda yashirinishni taklif qiladilar. Iroqlik bir vazir esa Iroqi Ajam yurtiga chekinishni maqsadga muvofiq deb m a’qullaydi. Xorazmshoh Muhammadga so‘nggi taklif ma’qul tushadi va u Iroqqa yurishga qaror qiladi. Xorazmshohning katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasi bilan birga edi. U barcha harbiy kuchlami to‘plab Jayhun daryosi bo‘yini himoya qilishni va dushmanni daryoning chap sohili, ya’ni hozir- gi Afg‘oniston va Turkmaniston hududiga o‘tkazmaslik bo‘yicha maslahat beradi. Biroq Muhammad Iroq tomon chekinishga qat’iy qaror qilgach, Jaloliddin otasining qarorini inkor etib yurt- ni dushmandan himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo bu gaplar Xorazmshoh qulog‘iga kirgan ham emas. U o‘z bilganidan qolmaydi. Xorazmshoh Muhammad Buxoro va Samarqandning dushman tomonidan zabt etilganligini Balxda eshitadi. Uni battar vahima bosadi. Xorazmshohning qo‘shinlari asosan turk va turkmanlardan tashkil topgan, boshliqlari o‘z onasi Turkon xotunning odamlaridan iborat edi. Ular o‘z sultonlariga qarshi suiqasd uyushtiradilar. Buni sezib qolgan Muhammad kechasi yotar joyini o‘zgartirib boshqa chodirga kirib yotadi. Ertalab turib qarasa, u yotishi kerak bo‘lgan chodir o‘qlar bilan ilma-teshik qilib tashlangan. Dahshatga tushgan Xorazmshoh shoshilinch suratda Nishopur sari otlanadi. U yerda ko‘p vaqt o‘tmasdan ov qilishni bahona qilib Iroqqa jo ‘naydi. Xorazmshoh Muhammadni ta’qib qilib kelayotgan Jebe va Subutoy Termiz yonida ko‘priksiz va kemasiz Jayhun daryosini ke- chib o‘tadilar va tezda Balx orqali Nishopurga yetib keladilar. 1220-yilning yozida Xorazmshoh Nishopurdan Qazvin shahriga o‘tadi. Bu yerda 30 ming lashkar to‘plangan bo‘lishiga qaramay mo‘g‘ullarga qarshi turishga ju r’at qila olmaydi. Qazvindan u Bag‘dod, G ‘ilon va Kaspiy dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab Mozandaronga yuradi. Xorazmshoh bu shaharda turib Mozandaron viloyatining savdo-sotiq shahri Astrobod va asosiy shaharlardan bo‘lgan Amoyni mo‘g‘ullar bosib olgani va talon- taroj qilganligidan xabar topadi. Chorasiz qolgan va baxti qaro Xorazmshoh Muhammad viloyat amirlari maslahatiga ko‘ra Kaspiy dengizining Obeskun oroliga borib yashirinadi va u shu yerda 1221- yil fevralida vafot etadi. Yozma manbalaming guvohlik berishicha, Xorazmshoh o‘limi oldidan Xorazm saltanatini faqat sulton Jaloliddin saqlab qola olishiga nihoyat ko‘zi yetadi hamda to‘ng‘ich o‘g‘lining beliga qilich taqib, Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e ’lon qiladi. Qolgan farzandlariga Jaloliddinning izmidan chiqmaslikni vasiyat qiladi. Chingizxon Movarounnahr va Xorazmni qo‘lga kiritgan bo‘lsa- da, sulton Jaloliddin hayot ekan tinchlik yo‘q edi. Go‘yo uning toju-taxtining shavkati va borligi, istiqboldagi muvaffaqiyati-yu, o‘zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo‘lida-yu, uning ixtiyorida. Ayniqsa, 1221-yilda Jaloliddinning mo‘g‘ullar ustidan Niso, Nisho- pur va G ‘azna atroflarida qozongan g‘alabalari Chingizxon oromini buzmoqda edi19. 1221-yilning bahorida Sulton Jaloliddin G‘aznaga yetib kelganda Xorazmshohning tarqalib ketgan qo‘shinlari uning atrofida to‘planadilar20. Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluxondan mag‘lubiyatga uchrab G‘azna tomon ehekingan Hirot kuchlari ham Jaloliddinning kuchlariga qo‘shiladilar. Qabaqliyon qavmidan bo‘lgan 40 ming qo‘shin Xorazmdan yetib keladi. Xullas, dushmanga qarshi tura oladigan katta kuch to‘planadi. Jaloliddin bu kuchlar bilan G‘aznaga yaqin bo‘lgan Valiyon qal’asi atrofida Chingizxonning Bekchak va Timkur ismli lashkarboshilari boshliq qo‘shinini yakson qiladi. Dushman to‘qqiz ming jangchisidan judo bo‘lib juda ko‘p o‘lja, boyliklami tashlab qochadi. Chingizxon bu 19 Tanner, S. Afghanistan. A Military History from Alexander the Great to the Fall of the Taliban. - Cambridge (Massachusetts): Da Capo Press, 2003. - P. 93-97. 20 Sykes P. A History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. Ltd, 1 940.-P. 223. shum xabami Taluqonda turganida eshitadi va Jaloliddinni tezda daf qilish uchun eng ishonchli va dongdor lashkarboshisi Qayqur nuyon boshchiligida 30 ming kishilik qo‘shinni yuboradi. Ikki o‘rtadagi jang 1221-yilning yozida Parvona dashtida bo‘ladi. Jaloliddin janglar tarixida birinchi marta mo‘g‘ullarga qarshi kurashda yangi taktik usulni qo‘llaydi, ya’ni jangchilarga otdan tushib, jilovlami bellariga bog‘lashni va kamon bilan jang qi- lishni buyuradi. Tun qorong‘usiga qadar davom etgan jangda ikki to- monning birortasiga ham zafar kulib boqmaydi. Ertasi kuni Qayqur nuyon harbiy hiyla ishlatmoqchi bo‘ladi. U dushmanni yangi qo‘shinlar kelib qo‘shildi, deb ishontirish maqsadida kigiznamat va choponlar orasiga poxol xashaklar solib sun’iy boshlar yasab, ulami otlar ustiga o‘tqizib qo‘yadi. “Soxtajangchilar”ni tuyalar karvoni va aravalar orasiga joylaydilar. Bu hiyla Jaloliddin askarlarini dastlab ancha dovdiratib qo‘yadi. Ulaming ba’zilari hatto chekinishga maslahat ham beradilar. Ammo sulton og‘ir va bosiqlik bilan awalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom et- tirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir necha hujumi qaytarilgach, sulton buyrug‘i asosida chalingan kamay sadolari ostida Jaloliddin askarlari otlarga minib, shovqin-suronlar bilan mo‘g‘ullar ustiga tashlanadilar. Dushman tilka-pora qilinadi va juda katta talafot ko‘radi. Qayqur nuyon ozgina qo‘shin bilan Chingizxon huzuriga kirib boradi. Bu xabami eshitgan Chingizxon dahshatga tushadi. U shu zahotiyoq o‘zining barcha kuchlarini jamlab, sulton Jaloliddinni daf qilish maqsadida shaxsan o‘zi otlanadi. Parvona dashtidagi g‘alaba sulton Jaloliddinga qimmatga tushadi. Mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonilgandan so‘ng qo‘lga kiritilgan o‘ljani taqsimlash paytida nizo kelib chiqadi. 0 ‘ljaga tushgan bir arabi ot uchun Xorazmshohning mo‘tabar amirlaridan Sayfiddin 0 ‘g‘roq bilan Hazora maligi Amin Malik janjallashib qoladilar. Qizishib ketgan Amin Malik tortishuv paytida 0 ‘g‘roqning boshiga qamchi bilan tushiradi. Sulton Jaloliddin bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo‘lgan Sayfiddin 0 ‘g‘roq 30 ming askari bilan ketib qoladi. Qabakli turkman va xalaj sipohlari ham sultondan yuz o‘giradilar. Natijada Jaloliddinning qo‘shinlari yarmiga kamayib kuchsizlanib qoladi. Chingizxon ikki o‘rtadagi masofani juda tez fursatda bosib o‘tib G‘aznaga yetib keladi va Jaloliddinni 1221-yilning kuzida ta’qib qila boshlaydi. Jaloliddin Chingizxonning ko‘p sonli qo‘shinlariga qarshi tura olmasligini payqab, avval G ‘aznaga, so‘ngra Sind (Hind) daryosiga chekinadi. Chingizxon Sind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddinning keyingi kuni daryoni kechib o‘tmoqchi ekanligini eshitib shu kechaning o‘zidayoq daryoning kechuv yo‘lini to‘sadi. U sulton qo‘shinining orqadagi qismiga yetib olib uni tor-mor qiladi. 1221-yil 9-dekabrda Jaloliddinning yarim oy shaklida joy- lashtirilgan hamda qanotlari bilan Sind daryosiga tiralgan oz sonli qo‘shinini o‘rab oladi. Sulton Jaloliddin uchun hech bir tomondan chiqib ketishning iloji yo‘q edi va u noiloj jangga kirishdi. Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin qo‘lga olishga farmon beradi. Xorazm bahodiri yetti yuzta mard yigitlari bilan jang maydoni o‘rtasida arslonlardek jon berib jon olardi. Ammo Chingizxon lashkari hisobsiz edi. Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda bo‘lish arafasida turgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Sulton Jaloliddin vaziyatning g‘oyat og‘ir va mushkulligini hisobga olib, rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo‘liga tushishini istamay ulami Sind daryosiga cho‘ktiradi. Chunki o‘sha kuni mo‘g‘ullar Jaloliddinning qo‘lga tushirilgan yetti yoshli o‘g‘lining yuragini tiriklayin sug'urib olgan edilar. Jaloliddinning o‘zi esa qora to‘riq otiga minib, so‘nggi bora mo‘g‘ullarga hamla qilib, so‘ng oti jilovini orqaga tortadi. Sovutini yelkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o‘zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin daryoning narigi sohiliga o‘tib oladi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Daryo qirg‘og‘iga kelib bu voqeani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va hayratdan yoqasini ushlaydi va “Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug‘ilmagan. U sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir”. Dushmandan omon-eson qutulgan Jaloliddin o‘zining oz sonli askari bilan Shimoliy Hindistonning bir chekkasiga o‘tib omonatgina jon saqlashga majbur bo‘lgan edi. Bundan xabar topgan Shatra viloyatining podshosi chaqirilmagan mehmonlar- ning og‘ir ahvolidan foydalanib, ulami daf qilmoqchi bo‘ladi va hujum uyushtiradi. Ahvolining tangligini hisobga olgan Jaloliddin tavakkal qilib Shatra podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi. Bu jangda g‘alabaga erishgan sultonga Shatra podshosining mingta otliq va besh mingta yaxshi qurollangan jangchilari taslim bo‘ladilar va uning tomoniga o‘tadilar. Bu muvaffaqiyatdan so‘ng tevarak- atrofdagi yangi-yangi kuchlar Jaloliddinga kelib qo‘shiladilar. Hindiston shimolida o‘z davlatini barpo etgan musulmon lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish ham umumiy dushman - mo‘g‘ullarga qarshi kurashmoq maqsadida 30 ming nafar otliq va 100 ming nafar piyoda askarlarini olib Jaloliddin huzuriga keladi. Shamsiddin Eltutmish ixtiyorida 300 ta fil ham bor edi. Shu tariqa Jaloliddin Hindiston shimolida katta davlat barpo etadi, o‘z nomidan kumush va tilla tangalar zarb ettiradi hamda bir qator islohotlami amalga oshiradi. Shundan keyin Kavkaz va Iraq hududlarida mo‘g‘ullarga qarshi qattiq kurash olib borgan Jaloliddin bu yerlarda ham kuchli davlat barpo etadi va uning davlati 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddinning fojiali o‘limiga qadar mavjud bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqini davrida boshqa joylarda bo‘lgani kabi Afg‘oniston hududi ham butkul vayron etildi. Xo‘jalik hayoti, savdo-sotiq va madaniyat tamomila inqirozga uchradi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling