A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
DURRONIYLAR DAVLATINING BARPO ETILISHI
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
DURRONIYLAR DAVLATINING BARPO ETILISHI
Qandahor va Hirotda mustaqil afg‘on davlatlarining vujudga kelishi bevosita mazkur mintaqadagi siyosiy jarayonlar bilan bog‘liqligini ta ’kidlab o ‘tish o ‘rinli. Xususan, mazkur davrda bir tomondan Afg‘onistonning janubiy va janubiy-sharqiy hududlarini o ‘z nazoratida ushlab kelgan Hindistondagi Boburiylar davlati kuchsizlana boshlagan b o ‘Isa, ikkinchi tomondan hozirgi A fg‘onistonning g‘arbiy hududlarini o ‘z tarkibiga qo‘shib olgan Erondagi Safaviylar davlati inqirozga yuz tutgan edi. Boburiylar saltanati 1707-yilda Avrangzebning o ‘limidan so‘ng, o ‘zining shimoliy-g‘arbiy hududlaridagi afg‘on qabilalarini nazoratda ushlab turish uchun kuch topa olmay qoldi va keyinchalik ush bu hududlarda tez-tez ro ‘y beradigan afg‘on qabilalarining qo‘zg‘olonlarini bostira olmay qoldi22. Safaviylar davlati ham siyo siy va iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lib, bo‘ysundirilgan xalqlar, shu jumladan afg‘on qabilalari orasida norozilik kayfiyati kuchaya boshladi. Shunday tarixiy sharoitda afg‘on (pushtun)laming iqtisodiy jihatdan kuchli bo ‘lgan abdaliy va g ‘ilzoy qabilalari maydonga chiqa boshladi. Abdaliy qabilasi 55-60 ming oila (300-350 ming nafar aholi) atrofida bo ‘lsa, g ‘ilzoy qabilasi 50 ming oila (250 ming nafar aholi)ni tashkil etgan23. Safaviy hukmdori shoh Husayn (1694-1722) hukmronligi davrida ayniqsa, g‘ilzoy va abdaliy qabilalariga nisbatan zulm kuchaydi. G ‘ilzoy qabila istiqomat qiladigan Qandahor viloyatiga Safaviylar tomonidan dastlab Abdullaxon (1698-1704)ning, so‘ngra esa Gurgenxon (1704-1709) ning beklarbegi etib tayinlanishi hamda ular tomonidan ta ’magirlik, g‘ilzoylar mulkiga ko‘z olaytirish va siquvlaming kuchayishi g‘ilzoylaming Mir Vaysxon boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib keldi. 1709-yil aprelida Mir Vaysxon yetakchiligida g ‘ilzoylar va ularga qo‘shilgan alikozoy, nurzoy, kokar, tarin kabi qabilalarning birlashgan qo‘shini Qandahor shahrida qo‘zg‘olon ko‘tardi va shahami egalladi. Safaviylar beklarbegisi Gurgenxon o‘ldirildi24. Safaviy shohining Qandahorda o‘z hokimiyatini qayta tiklash uchun jo ‘natgan qo‘shini muvaffaqiyatga erisha olmaydi va shu tariqa Qandahorda Mir Vaysxon boshchiligida mustaqil afg‘on Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling