A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Eronda istiqomat qiluvchi afshor qabilasi nomi. Nodirshoh mazkur


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

26 
Eronda istiqomat qiluvchi afshor qabilasi nomi. Nodirshoh mazkur 
qabilaga mansub edi.


orasidan bir qator mohir lashkarboshilar ham yetishib chiqadi. Ana 
shunday qo‘mondonlardan biri abdaliy qabilasi sadozoy urug'iga 
mansub Ahmadxon bo‘lib, u yoshligidan Nodirshoh qo‘shinida 
xizmat qilib, jang olib borishning barcha sir-sinoatlarini puxta 
egallaydi.
Eron qo‘shinidagi sadoqatli xizmatlari uchun Ahmadxon 
tuman27 lashkarboshiligiga qadar ko‘tariladi. 1747-yilda Nodir­
shoh suiqasd natijasida oMdirilgach, uning qo‘shinini sarosima 
qamrab oladi va mazkur qo‘shin bir-biriga dushman bo‘lgan bir 
necha qismga boMinib ketadi. Ahmadxon tezda o ‘zi qo‘mondonlik 
qiladigan afg‘on qabilalaridan iborat qo‘shin bilan Qandahorga 
qaytadi. U o ‘zi bilan Nodirshoh xazinasining katta qismini, shu 
jumladan Nodirshoh 1739-yilda Hindistonga yurishi vaqtida qo‘l- 
ga kiritgan mashhur “Ko‘hi Nur” nomli olmosni ham olib ketadi28.
Nodirshoh hukmronligiga barham berilgach, afg‘on qabilalari 
yetakchilari orasida mustaqil afg‘on davlatini barpo etish g‘oyasi 
paydo bo‘ladi. 1747-yilda chaqirilgan afg‘on qabilalari sardorlari 
yig‘ini - Loyya Jirg‘a29da yangi barpo etilgan davlat hukmdori- 
ni saylash masalasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur yig‘inda abdaliy 
qabilasining bir qator yetakchilari - Hoji Jamolxon Barakzoy
Nasrulloxon Nurzoy, Muhabbatxon Popolzoy, Musoxon Is’hoqzoy, 
Nur Muhammadxon kabilar qatorida Ahmadxon Sadozoy ham 
ishtirok etadi va ulaming barchasi afg‘on davlati hukmdorligiga 
nomzod edi. Mazkur nomzodlar orasidan ayniqsa, abdaliy qabilasi
27 10 ming nafar jangchidan iborat qo‘shin tuzilmasi.
28 Barfield, T. Afghanistan: a Cultural and Political History. - New Jersey: 
Princeton University Press, 2010. - P. 98.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling