bo‘ylab ommaviy ravishda xalq qo‘zg‘oloni alangalanib ketadi.
Bunga ajnabiylaming boshboshdoqliklari,
turmush tarzining
yomonlashuvi, shoh tomonidan ingliz armiyasi ta’minoti uchun
soliqlaming haddan ziyod oshirilishi,
narx-navoning bir necha
barobarga qimmatlashib ketganligi, shuningdek, 1840-1841-yilgi
qurg'oqchilik sabab bo ‘ldi.
1841-yilning 2-noyabrida Kobulda ommaviy qo‘zg‘olon
boshlanadi va poytaxt qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o'tadi. Q o‘zg‘olon
davomida inglizlaming Afg‘onistondagi
yuqori lavozimdagi
m a’muri Iskandar Byorns o‘ldiriladi43. Bu vaqtda qo‘zg‘olonga
amir Do‘st Muhammadxonning o‘g‘illaridan biri Akbarxon
boshchilik qila boshlaydi. Butun mamlakatdan poytaxtga yangi
kuchlar kelib qo zg‘olonchilar saflariga qo‘shila boshlaydi. Afg‘on
xalqidan bunday shiddatl harakatni kutmagan
bosqinchilar butkul
harakatsiz bo‘lib qoladilar. Shujoulmulk yonida “keng vakolatlarga
ega vazir” lavozimini egallagan ingliz m a’muri Maknoten qo‘z-
g‘olonchilar bilan kelishishga harakat qiladi. Bundan maqsad
vaqtni cho‘zish va Hindistondan yangi ingliz kuchlari kelishini ku-
tish edi44. Ammo, uning ushbu sa’y-harakatlari
samara bermaydi
va qo‘zg‘olonchilaming talabi bilan 1841-yil 11-dekabrda ingliz
qo‘shinini afg‘on zaminidan olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuv
imzolanadi. Akbarxon hamda inglizlar rahbari Maknoten o ‘rtasida
bo‘lib o ‘tgan yakkama-yakka uchrashuv chog‘ida Maknoten
Akbarxonni oMdirmoqchi bo‘ladi. Biroq
Akbarxon chaqqonlik ila
Maknotenni o'ldiradi45 va shundan so'ng boshsiz qolgan inglizlar
orasida haqiqiy sarosima boshlanadi.
1842-yil 6-yanvarida Kobuldan chekinib Qandahorga qarab
yo‘lga chiqqan 4500 nafardan ziyod
ingliz askar va zobitlari
Do'stlaringiz bilan baham: