A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Forbes A. The Afghan Wars, 1 8 3 9 ^ 2 and 1878-80. - London: Seeley&


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

46 
Forbes A. The Afghan Wars, 1 8 3 9 ^ 2 and 1878-80. - London: Seeley& 
Co., 1892.- P . 105-106.


ayovsiz o‘ch olib Kobul va G ‘azna shaharlarini butkul vayron qilib 
tashlaydi. Nihoyat, Afg‘onistonni to‘la nazoratda ushlab turish juda 
ham mushkulligini anglab yetgan ingliz m a’muriyati o‘z qo‘shinini 
A fg‘onistondan olib chiqadi. Biroq, ingliz qo‘shinining afg‘on 
zaminidan chiqib ketishi haqiqiy quvg‘inga aylanadi. Chunki, afg‘on 
qabilalarining partizanlik harakatlari tufayli ingliz qo‘shiniga katta 
talafot yetkazildi.
1843-yilning boshida ingliz ma’muriyati amir Do'st Muham- 
madxonga Hindistondan Afg'onistonga qaytishga ijozat beradi. Do‘st 
Muhammadxon Kobulga qaytadi hamda ikkinchi marta taxtni egal- 
laydi. Shu bilan 1838-1842-yillarda davom etgan birinchi ingliz- 
afg‘on urushi yakuniga yetdi. Birinchi ingliz-afg‘on urushida Ang- 
liya harbiy jihatdan ancha ustun ekanligiga qaramay, muvafFaqiyat 
qozona olmadi. Chunki afg‘onlar ingliz bosqinchilariga qarshi mil- 
liy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar. Urush natijalari- 
ga ko‘ra, 70 mingdan ortiq ingliz va afg‘on askarlari halok bo‘ldi. 
Angliya A fg‘oniston bilan sulh bitimi imzolashga va bu davlatning 
milliy mustaqilligini tan olishga majbur boMdi.
Urushda mag‘lub bo‘lishiga qaramasdan, ingliz hukumati 
Afg‘onistondan butunlay voz kechmagan edi va Afg‘oniston 
inglizlaming doimiy e ’tiborida bo‘lib keldi. Shu bois, Buyuk 
Britaniya afg‘on davlati bilan bo‘ladigan munosabatlarda do‘q- 
po‘pisa qilish, faqat o‘z manfaatlari ustunligini ta’minlashga inti- 
lish, afg‘on davlatini butkul izolyatsiyada ushlashga harakat qilib 
keldi. Do‘st Muhammadxon Kobulga qaytib taxtni egallagan 
vaqtda uning qo‘li ostida hozirgi Afg‘onistonning chorak qismiga 
teng hudud qolgan edi, xolos. Qandahor, Hirot va mamlakat shi- 
moli Do‘st Muhammadxonga bo‘ysunmas edi. 0 ‘z o ‘g ‘illarini qo‘l 
ostidagi hududlarga, jumladan, Muhammad Afzalxonni Zurmat 
va Kattavozga, Sheralixonni Kurramga, Muhammad A’zamxonni 
Logarga, Muhammad Aminxonni K o‘histonga, G ‘ulom Haydar- 
xonni G ‘aznaga hokim etib tayinladi47 va davlatni qayta birlashti- 
rish siyosatini boshlab yubordi.



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling