A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Ferrier, J.P. History o f the Afghans. - London: John Murray, 1858. - P
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
48
Ferrier, J.P. History o f the Afghans. - London: John Murray, 1858. - P. 401—402. qiladilar. Natijada, Do‘st Muhammadxonning ikkinchi hukm ronligi davri boshlanganidan beri afg‘on davlati tarkibiga kirmay kelayotgan Qandahorga amir qo‘shinlari 1855-yil noyabrida yu rish qilib, shahami egallaydi va Qandahor D o‘st Muhammadxon mulklariga qo‘shib olinadi. 1856-yil oktabrida Hirot shahrining Eron tomonidan bosib olinishi Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida urush kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va Eronning bosqinchilik harakatlari inglizlami Do‘st Muhammadxon bilan yanada yaqin munosabatlar olib borishga undaydi. Ingliz-eron urushida qisqa muddatda g ‘alaba qozongan inglizlar Eronni Hirot shahridan but- kul voz kechishga hamda ushbu shaharga nisbatan kelgusida hech qachon da’vo qilmaslikka majbur etadilar. Biroq, ingliz hukumati Eron qo‘shinlaridan ozod etilgan Hirot shahrini Do'st Muhammadxon qo‘l ostiga topshirishga shoshilmadi. Inglizlar uchun Hirot bir betaraf va kuchsiz mahalliy hukmdor qo‘l ostida bo‘lgani hamda Buyuk Britaniyaning 0 ‘rta Osiyoga kirib borish bo‘yicha kelgusi rejalari uchun muhim rol o‘ynaydigan shahar bo‘lib qolishi lozim edi. Amir Do‘st Muhammadxon va Ost-Indiya kompaniyasi o ‘rtasida 1857-yil yanvarida yana bir ingliz-afg‘on shartnomasi imzolanadi. Mazmuniga ko ra harbiy masalalar aks etgan mazkur shartnomada Do‘st Muhammadxon va uning vorislari Ost-Indiya kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga do‘st” bo‘- lishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi hamda amirga ingliz hukumati har oyda 100 ming rupiy to‘lab turishini m a’lum qildi. Mazkur mablag‘ hisobiga amir o‘z qo‘shinini 18 ming nafarga ko‘paytirishi va Eron tomonidan tug‘iladigan tahdidga tayyor bo‘lib turishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, amirning Eron bilan bo‘ladigan munosabatlari Kobulda faoliyat olib boradigan maxsus ingliz m a’murining nazorati ostida olib borilishi ta’kidlab qo‘yildi. Garchi Hirot shahri Eron qo‘shinlaridan tozalangan va u yerga inglizlaming Teylor boshchiligidagi missiyasi yuborilgan bo‘lsa- da, Hirotni Eronning ta’sir doirasidan chiqarib olish mushkul vazifa edi. Bunga 1857-yilda Hindistonda boshlanib ketgan yirik xalq qo‘zg‘oloni ham xalaqit berardi. Mazkur qo‘zg‘olonni bosti- rish uchun katta xarajatlami sarf etgan inglizlar Hirot shahriga nisbatan o ‘z e ’tiborlarini biroz susaytirdilar. Buning natijasida Eron shohining ushbu shahardagi ta’siri kengaya bordi. Eron shohining Hirotdagi ta ’siriga chek qo‘yish maqsadida ingliz m a’muriyati nihoyat 1862-yilda ushbu shahami amir Do‘st Muhammadxon qo‘l ostidagi mulklarga qo‘shib olinishiga ijozat berdi. Do‘st Muhammadxon qo‘shini 10 oylik qamaldan so‘ng 1863-yil may oyida Hirotni egallaydi. Yana bir yirik siyosiy- iqtisodiy markazni qo‘shib olish bilan mamlakatni birlashtirish yo‘lida katta qadam tashlangan bo‘lsa-da, bu uzoqqa cho‘zilmaydi. 1863-yil iyunida amir Do‘st Muhammadxon Hirotda vafot etadi. Do‘st Muhammadxonning nisbatan uzoq muddatli hukmronligi Afg‘oniston tarixida o ‘ziga xos iz qoldirdi va shu sababli afg‘on xalqi tomonidan u “Amir-i Kabir” ya’ni “Ulug‘ Amir” deb atalib kelinadi. Do‘st Muhammadxon vafotidan so‘ng dastlab uning o‘g‘li Sheralixon (1863-1879) amir deb e ’lon qilinadi. Biroq, tez orada “Ulug‘ Amir”ning ko‘p sonli o ‘g ‘illari o ‘rtasida toj-u taxt uchun kurash boshlanib ketadi. 1864-yil boshida boshlangan ushbu kurashda Sheralixonning asosiy raqibi Do‘st Muhammadxonning katta o ‘g ‘li Muhammad Afzalxon edi. Markazi Balx shahri bo‘lgan Afg‘on Turkistonining hokimi Muhammad Afzalxon taxtga o ‘z ukasi Muhammad A’zamxonni o ‘tkazish harakatida boMadi. Ush bu kurash davomida Muhammad Afzalxon 1866-yilda Kobul va 1867-yilda Qandahor shaharlarini egallaydi va Sheralixon Hirotga chekinishga majbur bo‘ladi. Biroq, tez orada Muhammad Afzalxon vafot etadi va hokimiyat ukasi Muhammad A’zamxon qo‘liga o ‘tadi. Shundan so‘ng yangi kuch bilan kurashni davom ettirgan Sheralixon yana Kobul va Qandahomi qayta egallaydi va unga qarshi birlikda kurashayotgan Muhammad A’zamxon hamda Muhammad Afzalxonning o ‘g‘li Abdurahmonga 1869-yil Zurmatda bo‘lib o ‘tgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich zarba beradi. Natijada 1869- yil boshiga kelib Sheralixon otasi Do‘st Muhammadxon hukmron- ligi davridagi barcha yerlarni o ‘z hokimiyati ostida birlashtirishga muvaffaq bo ‘ladi. Sheralixon o ‘z hokimiyatining mustahkamligini ta’minlash yoMida inglizlar bilan o ‘zaro munosabatlarga aniqlik kiritib ol- moqchi bo‘ladi. Shu maqsadda 1869-yil Buyuk Britaniyaning Hindistondagi vise-qiroli lord Mayo bilan uchrashadi hamda o ‘zaro muzokaralar olib boradi. Mazkur muzokaralar chog‘ida amir Sheralixon tomonidan inglizlarga bir qator talablar qo‘yi- ladi. Jumladan, inglizlaming afg‘on davlati ichki ishlariga ara- lashuviga butunlay chek qo‘yish, Afg‘onistonda Sheralixon va uning vorislaridan boshqa hech kimni do‘st sifatida tan olmaslik, Sheralixonning o ‘g ‘li Abdullajonni taxt vorisi etib tan olish kabilar ilgari suriladi. Afg‘on amirining mazkur talablariga javob berish chog‘ida inglizlar Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi va afg‘on amiriga moddiy ko‘mak berishga va’da beradi. Hindistondan qaytib kelgan Sheralixon mamlakatda bir qator ichki islohotlami amalga oshirishga kirishib ketadi. Uning rejasiga ko‘ra, harbiy va soliq sohasida islohot o‘tkaziladi. Bundan maqsad davlatning harbiy qudratini oshirish hamda davlat g‘aznasiga tushadigan daromadlami keskin ko‘paytirish edi. Biroq, qabila yetakchilari va sardorlarining ta’siri hamda hokimiyati kuchli bo‘ lgan Afg‘oniston sharoitida buni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Shu sababli amiming bu boradagi sa’y-harakatlari kam samara berdi hamda yuqoridagi islohotlardan ko‘zlangan natijalarga erishilmadi. Islohotlardan keyin ham mamlakatda qabila yetakchilarining mavqei balandligicna qolaverdi. Sheralixonning qabila yetakchilari daromadlarini davlat g‘aznasiga topshirishga qaratilgan siyosati mahalliy hokimiyat vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, mamlakat aholisi ixtiyorida bo‘lgan ortiqcha qurol-aslahani ham davlatga topshirish bo‘yicha amir tomonidan chiqarilgan farmon xalqning keskin noroziligiga olib keldi. Mamlakatni birlashtirish siyosatini davom ettirgan Sheralixon 1869-yilda Qunduz va 1873-yilda Badaxshonni o ‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi. Buyuk Britaniya hukumati 1838-1842-yilgi birinchi ingliz-afg‘on urushidagi sharmandali magMubiyatni unu- tib, 1878-yil yana afg ‘on davlatiga nisbatan urush boshladi. 1878-yil noyabrida Hindistonda turgan inglizlar qo ‘shini uch yo ‘nalishda A fg'oniston tomon yo ‘lga chiqdi. General S.Broun boshchiligidagi 16 ming nafar harbiydan iborat birinchi gu- ruh Peshovar shahridan Xaybar dovoni tom onga qarab yo‘lga tushgan bo ‘lsa, general F.Roberts boshchiligidagi 6,5 ming nafar harbiydan iborat ikkinchi guruh Koxatdan Xost shahriga qarab y o ‘lgatushdi. D.Styuart boshchiligidagi 13 ming nafar harbiydan iborat uchinchi guruh janubiy yo ‘nalishda harakat qilib, Kvetta shahridan Bolan dovoni orqali o ‘tib, Qandahor shahrini egallash uchun y o ‘lga chiqdi49. Xaybar dovoniga yetib kelgan ingliz qo‘shini bilan afg‘on qabilalarining ko‘ngilli qo‘shini o ‘rtasida dastlabki to ‘qnashuv bo ‘lib o ‘tdi. Garchi ushbu to ‘qnashuvda afg‘onlar yengilgan bo‘lishsa-da, ularning son jihatdan bir necha barobar ustun dushmanga qarshi mardonavor harakatlari butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. General F.Roberts boshchiligidagi qo‘shin ham tog‘li hududlarda afg‘onlarning kuchli qarshiligiga duch keldi va yuzma-yuz jangda muvaffaqiyat qozona olmagan inglizlar harbiy hiyla orqali afg‘onlarni mag‘lub etdilar va Xost shahrini egalladilar. Shundan so‘ng darhol Kobul tomonga yo‘lga tushmoqchi bo‘lgan general F.Roberts afg‘on zaminining b a’zi qiyinchiliklari tufayli o‘z harakatini sekinlashtirishga majbur bo‘ldi. Ingliz qo‘shinlarining afg‘on zaminiga bostirib kirganidan so‘ng amir Sheralixon mazkur bosqinchilik urushini qoralab ingliz m a’murlariga murojaat qildi hamda Peterburg shahriga borib, ingliz hukumatining bosqinchilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan Xalqaro konferensiya chaqirish rejasi borligini ma’lum qildi. Sheralixonning fikricha, Peterburgda chaqirilishi lozim boMgan Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling