XIX
ASRNING IKKINCHI YARMIDA
AFG‘ONISTONDAGI SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY
HAYOT
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatni
anglagan Afg‘oniston amiri Do‘st Muhammadxon XIX asr ikkinchi
yarmidan boshlab Buyuk Britaniyaning kuchli mavqeini hisobga
olgan holda, ingliz m a’muriyati bilan yaqinlashish siyosatini olib
bora boshladi. Amiming bunday xatti-harakatiga Eronning Hirot
shahrini bosib olish bo‘yicha faol siyosati turtki bergan edi. Eron
ning Hirot shahrini bosib olish bo‘yicha harakatlariga to‘sqinlik
qilish maqsadida inglizlar bilan o ‘zaro kelishilgan holda harakat
qilish uchun Do‘st Muhammadxon 1855-yilda o ‘g‘li G ‘ulom
Haydarxonni Peshovar shahriga jo ‘natadi. 0 ‘zaro muzokaralarda
ingliz tomonidan Ost-Indiya kompaniyasining Panjobdagi bosh
vakolatli ma’muri Lourens ishtirok etdi va natijada 1855-yilning
30-martida 3 banddan iborat ingliz-afg‘on shartnomasi imzolanadi.
Mazkur shartnomaning birinchi bandida Ost-lndiya kompaniyasi
hamda Do‘st Muhammadxon va uning vorislari o'rtasida tinchlik
va do‘stlik o‘matilganligi belgilab qo‘yildi. Shartnomaning ik
kinchi va uchinchi bandlari tomonlar bir-birlarining hududiy yax-
litligini hurmat qilishlari, Do‘st Muhammadxon va uning vorislari
Ost-lndiya kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga
do‘st” bo'lishlari (inglizlar aksincha, o‘zlariga nisbatan bunday
majburiyatni olmaydilar), 1849-yilda inglizlar tomonidan bosib
olingan ba’zi afg‘on qabilalari yashaydigan hududlar (shuningdek,
Peshovar shahrHdan voz kechish kabi shartlar qo‘yilgan edi48.
1855-yilgi ingliz-afg'on shartnomasi natijasida inglizlar Do‘st
Muhammadxonning tashqi siyosiy faoliyati ustidan to‘la nazorat
o ‘matishga intilishgan bo‘lsa, amirning Qandahor shahriga nisbatan
huquqini ham e ’tirof etadilar hamda amir tomonidan ushbu shahami
o‘z mulklariga qo‘shib olinishiga e ’tiroz bildirmasliklarini ma’lum
Do'stlaringiz bilan baham: |