o‘ziga “amir” titulini oladi. Do‘st
Muhammadxon ushbu harakati
orqali birinchidan, Peshovar shahrini egallab olgan sikxlarga qarshi
“jihod” e ’lon qilishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, ikkinchidan, o ‘zining
ko‘p sonli shuhratparast va hasadchi aka-ukalarining noroziligi-
ni oldini olishni mo‘ljallagan edi. “Jihod” e ’lon
qilish huquqiga
faqatgina musulmon mamlakatida hukmronlik qilayotgan mustaqil
hukmdor egaligini nazarda tutgan holda, D o‘st
Muhammadxon
1834-yilda Kobulning musulmon ruhoniylari va peshvolaridan
“amir” (amir al-mo‘minin) titulini oladi va bu orqali mamlakatning
aksariyat musulmon bo‘lgan aholisi ustidan o ‘z
hukmronligini
yurgizishni ko‘zda tutgan edi. Shoh titulidan voz kechishi orqali
Do‘st Muhammadxon o ‘z aka-ukalariga hokimiyatni meros qilib
olmaganligini va uiaming markaziy
hokimiyatni egallash uchun
harakatlari asossiz ekanligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi boMadi38.
Amir
D o‘st
Muhammadning
davlatni
mustahkamlash
borasidagi sa’y-harakatlari aka-ukalarining hasadini keltiradi
va Do‘st Muhammad ularni davlat boshqaruvidan chetlashtirib,
o ‘z o ‘g‘illarini davlat ishlariga m as’ul
etib belgilaydi hamda
davlatdagi m a’muriy, huquqiy ishlarning holatini yaxshilab,
qo‘shin tuzilishiga alohida e ’tibor beradi39. D o‘st Muhammadxon
boshchiligidagi mustaqil afg‘on davlatining
kuchayishi va uning
mamlakatni
birlashtirishdagi
muvaffaqiyatlari
inglizlaming
Afg‘onistonni va 0 ‘rta Osiyoni bosib olishdagi rejalariga
to ‘sqinlik qilar edi.
Afg‘onistonda o‘zlariga loyal munosabatda bo‘luvchi hukmdor
istagida bo‘lgan ingliz mustamlakachilari Do‘st Muhammadxon
davlatiga qarshi dastlab Hindiston hududlarida
istiqomat qiluvchi
sikxlami, so‘ngra esa eronliklami gijgijlaydi. Lekin shunga qara-
may, Do‘st Muhammadxon nafaqat afg‘on yerlarini o ‘z qo‘l ostida
Do'stlaringiz bilan baham: