Ahmadshoh hokimiyatni qo‘lga kiritgach o ‘zi tegishli bo‘lgan
abdaliy qabilasi nomini “durri-durron” (ko‘plab qabilalar orasida-
gi “javohirlar javohiri”
boMgan qabila, qisqacha durroniy qabilasi)
deb atashni buyuradi33. Sadozoylar - durroniylaming bir urug‘i,
bo‘g ‘ini bo ‘lib, Sadozoylar sulolasi hukmronligi davri Ahmadshoh
Durroniy hukmronligidan boshlanib to birinchi ingliz-afg‘on urushi
(1838-1842)gacha boMgan davmi o ‘z ichiga oladi va Temurshoh
(1773-1793), Zamonshoh (1793-1801), Mahmud (1801-1803,
1809-1818), Shoh Shujo (1803-1809, 1839-1842),
Sulton Ali
(1818), Ayubxon (1819-1823) kabi hukmdorlar ushbu sulolaga
mansubdir.
Ahmadshoh davlatda ichki tartibni ta ’minlash hamda davlat
hududini kengaytirish bo ‘yicha bir
qator tadbirlarni amalga
oshirdi. M arkaziy hokim iyatga bo'ysunm aslik y o ‘lini tutgan
g ‘ilzoy qabilasining bir necha urug‘i kuch bilan b o ‘ysundirilgan
bo‘lsa, ilgari Nodirshohga b o ‘ysungan Kobul, G ‘azna va
Peshovar kabi yirik shaharlarning hokimlari bilan m uzokaralar
olib borilishi natijasida ular Ahm adshohning
hokimiyatini tan
olishdi. Shuningdek, Ahmadshoh kuchli va k o ‘p sonli qo ‘shin
barpo etish masalasiga alohida qaraydi. Uning q o ‘shini muntazam
va urush vaqtida yig ‘iladigan nomuntazam qo‘shindan iborat
bo ‘lib, muntazam qo ‘shin jam i qo ‘shinning 30%idan oshig‘ini
tashkil etar edi.
Shu bilan birga, Ahmadshoh o ‘zining shaxsiy
gvardiyasiga alohida e ’tibor qaratadi va shohning shaxsiy
gvardiyasi katta qismini Erondan tak lif
etilgan qizilboshlar
tashkil etadi34.
Ahmadshoh o ‘z qo‘shini bilan 1748-yilda Panjob vohasini,
1754-yilda
Mashhad,
Nishopur
shaharlarini
va
Seistonni,
1750-1752-yillarda Balx, Qunduz, Shivirg‘on, Maymana va
Andxoyni, 1757-yilda Jammu, Kashmir, Sind va Belujistonni hamda
Do'stlaringiz bilan baham: