Durroniylar davlat hududi (1 747-1862)
1729—1732-yillardagi harbiy harakatlari
tufayli Nodirquli
yetakchiligidagi qo‘shin Hirot shahrini egalladi. So‘ngra, Erondagi
afg‘on qabilalari bilan bo‘lgan bir necha janglarda muvaffaqiyatga
■
Isfahan
•
Shiraz
erishgan Nodirquli 1736-yil bahorida o‘zini
Eron shohi - Nodir-
shoh Afshor26 deb e ’lon qildi. 1736-yil oxirida Nodirshoh katta
qo‘shin bilan afg‘on g ‘ilzoylarining tayanch markazi Qandahorga
qarab yurish boshlaydi. Bir yildan
ortiq davom etgan qamaldan
so‘ng Qandahor shahri 1738-yilning bahorida eronliklar qo‘shini
tomonidan egallanadi va 1709-yildan buyon davom etayotgan
g ‘ilzoylar hukmronligiga barham beriladi. Garchi, Qandahor va
Hirot kabi yirik shaharlar Nodirshoh tomonidan egallangan bo‘lsa-
da, afg‘on qabilalarining milliy-ozodlik kurashlari to‘xtamadi.
1740-yilda Kobul atroflarida istiqomat qiluvchi afg‘on
qabilalari
Nodirshohga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishgan bo‘lsa, 1742-yilda
Balx va Andxoyda xalq qo‘zg‘olonlari ro‘y berdi. 1745-yilda
soliqlaming muttasil oshib borishiga qarshi Balx aholisi yana
qo‘zg‘olon ko‘taradi. 1746-yilda esa Qandahor va Kobul oralig‘ida
ko‘chib yuruvchi g ‘ilzoy qabilalari Nodirshohga qarshi qo‘zg‘oloni
bo‘lib o ‘tadi.
■
XVIII asr 40-yillari ikkinchi yarmiga
kelib Nodirshoh qo‘l
ostidagi hududlar
ancha
kengayib
ketgan
va
ushbu
hududlami boshqarish tobora murak-
kablashib bormoqda edi. Shu bilan birga,
hukmronligining
so‘nggi
paytlarida
Nodirshoh nihoyatda qattiqqo‘l, har
narsadan shubhalanuvchi,
eng ishonchli
kishilarini ham kichik xatolari uchun
shafqatsiz jazolaydigan,
hech kimga
ishonmaydigan
qonxo‘r
hukmdorga
aylanib qolgan edi.
Ahmadshoh Durroniv - afg‘on davlati asoschisi. Afg‘on
qabilalari jangda o‘zining jasurligi, dushman yuziga tik boqi-
shi, qaytmasligini namoyon etishini bilgani bois Nodirshoh o ‘z
armiyasiga ko‘plab afg‘on jangchilarini
safarbar etadi va ular
Do'stlaringiz bilan baham: