A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
o ‘z
qarorgohiga aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qal’ada yashadi. Bobur Afg‘onistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun j on kuydirgan tadbirli hukmdor sifatida qizg‘ in faoliyat ko‘rsatdi, uning manfaatlari yo‘lida odilona va oqilona ish tutdi. Shuningdek, bir qancha tarixshunoslaming qayd etishicha, Bobuming o‘zi o‘limidan oldin uni o‘zi bunyod etgan Kobuldagi bog‘lardan birida dafn etishlarini vasiyat qilgan. Bu keyinchalik uning vorislari tomonidan amalga oshirildi. Afg‘onistondagiamaliyfaoliyatigako‘ra, Bobur davlat boshlig‘i va muzaffar sarkarda sifatida mintaqadagi siyosiy hayotni e’tiborli o‘ringa ko‘tardi. Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Bobumi ham maslahat yig‘iniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni ko‘rsatuvchi dalildir. 1530-yilda Bobur Hindistonda vafot etdi va uning vasiyatiga binoan Kobulga dafn etildi. Boburiylar imperiyasi tarkibiga bu vaqtda Afg‘onistonning Nangarxor, Seiston, Kobul, Hirot, G‘azna va Qandahor viloyatlari kirgan edi. Qandahor viloyati va shahri muhim savdo-karvon yo‘lida joylashgan edi. Shu sababli ko‘p yillar davomida bu hududlar uchun safaviylar va boburiylar kurash olib borganlar. Bobur vafotidan so‘ng, Qandahor Boburiylar va Safaviylar o‘rtasidagi o‘zaro siyosiy kurash maydoniga hamda strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega shaharga aylandi. XVII asr boshlarida Qandahor orqali har yili tuyalarga yuklangan qariyb 14 ming tovarlar va boshqa mahsulotlar olib o‘tilgan. Qandahor qal’asining harbiy ahamiyati shundaki, unafaqat Hindistonning eng muhim yo‘llaridan biriga darvoza vazifasini o‘tagan, balki Kobul yo‘nalishida favqulodda strategik qulay o‘rinni egallaganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bobur vorislari tomonidan olib borilgan Qandahor uchun kurash 1534-1537-yillardagi Xuroson voqealari bilan bog‘liq edi. Ayni shu yillarda Safaviylar Qandahorga kuchli qo‘shini bilan kirib keldi va uni egallab oldi. Biroq, tezda Bobuming o‘g‘li Komron Mirzo Kobulni Safaviylar qo‘lidan tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. 1540-yil Bobuming o‘g‘li va vorisi bo‘lgan Humoyun Mirzo afg‘onlaming sur qabilasidan kelib chiqqan Sherxonga (Sherxon Sur) qarshi to‘qnashuvda hind tojidan mosuvo bo‘ldi. Sherxon Sur afg‘on qabilasidan chiqqan hukmdor sifatida alohida e’tibor qozongan edi va XVI asr o‘rtalaridagi afg‘on davlatchiligi davrida uning o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lganligini ham qayd etish joiz. Sherxon Sur barcha afg‘on sulolalari hokimiyatini qayta tiklash maqsadida Hindistonda barcha afg‘on harbiy sardorlarini o‘z atrofida to‘plashga muyassar bo‘ldi. 1554-yilda Sherxon Surning vorislari o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan foydalangan Humoyun Mirzo Hindistonni o‘ziga qaytarib oldi. Humoyunning o‘g‘li Akbar (1556-1605) Hindistonda o‘zaro urushlar bilan band bo‘lgan bir paytda Safaviylar sultoni Tahmasp I 1558-yilda Qandahomi zabt etdi va Qandahor viloyati qariyb 37 yil davomida Safaviylar davlati tarkibida bo‘lib keldi. 1595-yilda Boburiylar sulolasi vakili Akbar Qandahomi yana ishg‘ol etdi va viloyat 1622-yilgacha boburiylar hokimiyati ostida bo‘ldi. Shuningdek, Boburiy Akbarshoh Boburiylar davlati hukmronligiga qarshi bosh ko‘targan Xemu va Iskandar Sur kabi afg‘on qabilalari yetakchilari ustidan g‘alaba qozondi, keyinchalik Boburiylar davlatini birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Akbarshoh markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Yer solig‘i, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlami ishlab chiqdi. Birin- chi qonunga binoan, natural soliq pul solig‘i bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ya’ni musulmon bo‘lmagan xalqlardan olinadigan soliqni, soliq to‘plovchilaming maoshi (dorug‘a)ni, chopar hamda amaldorlar uchun to‘lanadigan yig‘im (qo‘nalg‘a), bozordan yig‘iladigan bir qancha soliq va jarimalami bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. 1637-yilda Boburiy Shohjahon Qandahor boshqaruvini Safaviylar harbiy sardori Ali Mardonxonga topshirdi va shu tariqa shahar 1709-yil g‘ilzoylar qo‘zg‘oloniga qadar safaviylar boshqamvi ostida bo‘ldi. Afg‘onlaming Hindistondagi Boburiylar imperiyasiga qarshi ozodlik harakatlari mashhur shoir, jangchi, faylasuf Xushxolxon Hattak (1613-90) yetakchiligida olib borildi. U o‘z kurashini Pash to deb nomlangan she’rida aks ettirdi. Xushxolxon Hattak Dehlida Avrangzeb tomonidan hibsga olingan. U ozod etilganidan keyin bu- tun pushtun millatini birlashishga va Boburiylarga qarshi kurashish- ga chaqirdi. Shoiming butun hayot yo‘li uning qabrtoshida bitilgan ushbu so‘zda mujassam etilgan “Men afg‘onlaming sha’ni uchun qo‘limga qurol oldim, men Xushxolxon Hattak o‘z zamonining g‘ururli insoniman”. Afg‘on qabilalari feodallashuv jarayoni da asta-sekinlik bilan o‘zlarining ijtimoiy holatlarini ham o‘zgartirib bordilar. Endilikda qullar ekspluatatsiyasi deyarli tugatildi va ozod ijtimoiy qatlamga aylana bordi. Feodallashuv jarayoni turli qabilalarda turlicha kechdi. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar, masalan, vaziriylarda bu kabi munosabatlar XVI-XVIII asrlarda boshlang‘ich holatda edi, xattakiylar, habibiylar, muhammadzoylarda esa ancha tez rivojlandi. Patriarxal munosabatlaming shakllanishi ham yirik feodallaming oddiy aholiga nisbatan munosabatlarini o ‘zgartira olmadi. Yirik mu sulmon ruhoniylari va katta yer egalarining qishloq aholisiga qilgan zug‘umlari natijasida XVI asming boshlarida sharqiy hududlarda antifeodal harakatlar boshlanadi. Bunday harakatlaming biriga Boyazid Ansoriy boshchilik qildi va bu harakat “Roshaniylar harakati” deb nomlandi. Roshaniylar harakati - Boburiylar davlatidagi afg‘onlaming diniy qarshilik harakati bo‘lib, uni musulmonlaming roshaniy mazhabi vakillari olib borganlar. Mazhab nomi uning asoschisi Boyazid Ansoriyning laqabi - Pir roshandan olingan. Katta qiyinchiliklar bilan bostirilgan Roshaniylar harakati Boburiylaming harbiy qudratiga putur yetkazgan, afg‘on davlati taraqqiy otiga katta ta’sir ko‘rsatgan va afg‘onlaming etnik jihatdan birlashuviga yordam bergan. Roshaniylar harakati nafaqat chet ellik yer egalariga balki izchil islom tarafdorlari bo‘lgan xonlar, ruhoniylarga qarshi qaratilgan edi. Ular o‘sha davr afg‘on jamiyatining feodal an’analariga butunlay qarshi edilar. Roshaniylar Boburiylarga qarshi kurashib, ulardan norozi bo‘lgan qabilalar bilan birlasha boshlaydilar. Birinchi navbatda Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarini egallab olgan Roshaniylar o‘zlarining ko‘p yil lik mashaqqatli kurashlarida Afg‘oniston hududlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ular Nangarxor, G‘azna, Kobul va bir qancha hududlami egallab olib, Xaybor o‘tish yo‘lini to‘sib qo‘yadilar. Shundan so‘ng savdo aloqalariga putur yetib, Boburiy hukmdorlar uchun qiyinchiliklar vujudga keltirildi. Roshaniylar egallab olgan hududlarda hamsoyalik an’analari va qullaming ozod etilishi kuchaytirildi. Feodallar va ruhoniylarga tegish- li bo‘lgan yerlar qabilalarga bo‘lib berildi. Ulaming hammasi oltidan bir miqdorda bosh rahbarga soliq to'laydigan bo‘ldilar. Roshaniylar o‘zlariga qattiq qarshilik ko‘rsatganlami olovda kuydirib yuborganlar. Xaliliylar, muhammadzoylar roshaniylar harakatida faol qatnashdilar. Ammo bu qabilalar orasida chuqur ziddiyatlar paydo bo‘ldi. Bir tarafdan qabila boshliqlari, bir tarafdan Boburiy hukmdorlar ulami ziddiyatlar girdobiga tortar edi. Roshaniylar harakati tarkibida ko‘pchilik qabilalar bo‘lgan. Qabila boshliqlarining maqsadlari ham turlicha edi. Biri ko‘proq serhosil yerlar va yaylovlami qo‘lga kiritishni istasa, biri Boburiy hukmdorlardan ko‘proq yer-mulk bilan birgalikda hokimiyatni ham olib qo‘yishni xohlar edi. Boburiylar Roshaniylar harakatiga qarshi katta armiya safarbar etadi. Sinfiy kurashlar va ulaming Boburiy hukmdorlarga qarshi qaratilganligi Roshaniylar harakatiga qo‘l keladi. Bundan tashqari Roshaniylaming eng muhim iqti- sodiy, harbiy-strategik hududlami egallab olishi Boburiylarga katta qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu sababli Boburiy hukmdorlar uzoq vaqt mobaynida Roshaniylami mag‘lub eta olmadilar. Boshida harakatga Boyazid Ansoriyning o‘zi boshchilik qiladi. Keyinchalik o‘g‘illari va nabiralari uning ishini davom ettiradilar. Boyazid Ansoriyning vafotidan so‘ng (1585-yil) bu harakatga uning o‘g‘li, keyinchalik esa nabiralari boshchilik qilib kurashni davom ettirishgan. Boyazid Ansoriyning uch o‘g‘li Umar, Xayriddin va Nuriddin o‘z hayotlarini mana shu kurashlarga bag‘ishladilar va Roshaniylaming dushmanlari bilan bo‘ lgan kurashlarda o‘ldirildilar. Boyazidning to‘rtinchi o‘g‘li Jaloliddin bu harakatni boshqarishni o‘ziga meros qilib oladi va o‘zini “afg‘onlar podshohi” deb e’lon qiladi. U keyinchalik Boburiylarga asir tushadi va Akbarshoh saroyiga yetkaziladi. Ammo u qochib ketishga muvaffaq boMadi. 1600-yilda Jaloliddin G‘azna qamalida asirga tushib qoladi. 0 ‘sha vaqtda harakatga Jaloliddinning o‘g‘li Axdad boshchilik qiladi. Axdad 1626-yilda jang paytida o‘ldiriladi. Uning vafotidan so‘ng harakatga boshchilik qilish o‘g‘li va vorisi Abdul Karimga o‘tadi. Boburiylar Abdul Karimni ayyorlik bilan Peshovarga chaqirtiradilar va u asirlikda vafot etadi (yoki zaharlangan). Roshaniylaming so‘nggi boshlig‘i Jaloliddinning boshqa o‘g‘li Karimdod 1638-yilda Boburiylar qo‘liga tushadi. Roshaniylar o'rtasidagi boshboshdoqliklar ham harakatning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Afzalxon Xattakning ona tomondan bobosi, orakzoy qabilasidan bo‘lgan Malik Tor dastlab Roshaniylar harakatiga qo'shiladi va ulami qo ‘ 11 ab-quvvatlaydi. Ammo keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartiradi va Boburiylar tarafiga o‘tib ketadi. Malik Tor Axdad Roshaniylar bilan bo‘lgan kurashida ularga shunday murojaat qiladi: “Men sening har qanday buymg‘ingni bajarishga tayyorman, ammo mening uyimni va hududimni boshqarish huquqini bermayman”. Bu so‘zlardan shuni tushunish mumkinki, Roshaniylar yuqori tabaqa vakillarining qabilaviy yerlarini tortib olib, o‘zaro taqsimlab olishgan. Ko‘pchilik qabila boshliqlari va yirik feodallar bu harakatga birgalikda qaqshatqich zarba beradilar. Bu harakatning oxirgi rahbari Karimdod Boyazid Ansoriyning nabirasi, 1638-yilda halok bo‘ldi. Bu harakat tarkibiga ko'pchilik qabilalar kirgan edi. Keyinchalik katta yerlar va toTovlar evaziga ko'pchilik qabila xonlari Boburiy lar tarafiga o‘tib ketadi. Ba’zi qabilalar orasida, masalan, yusufzoylar qabila a ’zolari va qullar o‘rtasidagi erkin munosabatlardan noro- zilik bildira boshlaydilar. Ular qullar ekspluatatsiyasini davom ettirishdan manfaatdor edilar. Bundan tashqari, afg‘on jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojida feodal an’analaming kuchli- ligi ham Roshaniylarga qiyinchilik tug‘dirdi. Faqat XVII asming 80-yillaridagina Roshaniylar harakati kuchsizlantirildi. Roshaniylar harakatining magTubiyatiga qara- masdan, uning afg‘on jamiyatiga ta’siri uzoq vaqt sezilib turdi. Masalan, xalqning yoppasiga feodal ekspluatatorlarga qarshi kurashi va afg‘on jamiyatida patriarxal - urug‘chilik an’analarining gullab- yashnashida Roshaniylar harakatining xizmati katta edi. Afg‘on jamiyatining keyingi hayotida ham bu harakat katta rol o‘ynadi. Hamma davrlarda va jamiyatlarda bo‘lgani singari xalq orasidagi boshboshdoqliklar, murosasizliklar, mol-mulkka bo‘lgan ehtiyoj, sotqinliklar mamlakat tanazzuliga, uning yemirilishiga olib keladi. Buni yuqoridagi misollarda ham ko‘rishimiz mumkin. Agar mana shu davrda afg‘onlar birlashib chet ellik hukmdorlarga qarshi birgalikda kurashganlarida va Roshaniylami to‘liq qo‘llab- quvvatlaganlarida bu harakat mag‘lubiyatga uchramas edi. Ko‘rib turganimizdek, bu davrda Afg‘oniston hududida vaziyat anchajid- diy bo‘lib, xalqning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan. Afg‘on xalqi turli nohaqliklardan azoblanar, o‘z yeridan xohlaganicha foydalana olmas edi. Mamlakatda mulkiy tengsizlik hukm surardi. Ammo xalqning mana shunday qiyinchiliklarga uchrashida bir tomondan afg'onlaming o‘zi ham aybdor. Chunki ulaming aksariyati o‘z joni va mol-mulkidan xavotirlanib ajnabiy hukmdorlaming xizmatiga o‘tdilar hamda xalqining azob chekishiga o‘zlarining “samarali” hissalarini qo‘shdilar. Bunga misol tariqasida Malik Sado hamda Malik Tor Axdadlami ko'rsatib o‘tishimiz mumkin. Bu paytdagi Afg‘onistondagi vaziyatga nazar solib shunday xulosa qilish mum- kin-ki, Afg‘oniston uchun, uning xalqi uchun Roshaniylar harakati suv va havodek zamr edi. Chunki aynan ular xalqni birlashishga, ulami o‘z haq-huquqi uchun kurashishga o‘rgatdilar. Xulosa qilib aytganda, roshaniylar afg‘on jamiyatiga haqiqiy ma’noda ma’rifat olib keldilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boburiylar davlatida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar madaniy aloqalaming ham taraqqiy etishiga zamin yaratdi. Boburiylar davrida Afg‘onistonda ilm-fan, ma’rifat va madaniyat yuqori bosqichga ko‘tarildi. Deyarli barcha Boburiy hukmdorlar ilm-fan, san’at, adabiyot, me’morchilik va musiqa shaydolari hisoblangan va shu boisdan ham o‘z davlatlari madaniy hayotining yuksalishida homiylik ko‘rsatishgan. Yetakchi davlat va siyosat arbobi hamda shoir sifatida Bobuming o‘zi Afg‘onistonda she’riyat va adabiyotning yuksalishida tamal toshini yaratdi. Bobur o ‘z g ‘azallaridan biridan kechagina o ‘zining Kobulga tashrifi vaqtinchalik ekani, hamishalik (muqim) emasligiga iqror bo‘lgan edi. Bobur Kobulni zabt etishi bilanoq ko‘plab shoirlar, olim-u fuzalolar, rassomlar, sozandalar, bog‘bon hamda binokorlami o ‘z atrofida to‘play boshladi. A fg‘onistonda forsiy, turkiy hamda hind tillaridagi bir qator nasriy va nazmiy asarlar yaratildi. Shuning- dek, Movaraunnahr, Hindiston va Afg‘oniston tarixi, ju g ‘rofiyasi, madaniy aloqalariga bag‘ishlangan asarlar (Bobur - “Bobumoma”, Abulfazl Allomiy - “Tarixi Akbarshohiy”, Nizomiddin Ahmad - “Tabaqoti Akbariy”, Mirzo Salim Jahongir - “Tuzuki Jahongiriy”, Jahongirshoh - “Jahongimoma”, Gulbadanbegim - “Humoyunnoma” va boshqalar) o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotining oTmas durdonalari hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, A fg‘onistonning X VI-XVII asrlarga oid davlatchilik tarixida Boburiylar sulolasi alohida o ‘ringa ega. Aynan Boburiylar sulolasi Afg‘onistonning o‘sha davrdagi tarixiy hudud- lari Kobul, Qandahor, Qunduz, G ‘azna va boshqa viloyatlaming ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiy etishiga beqiyos hissa qo‘shdi. Ushbu davrda Kobul va unga tutash bo‘lgan viloyatlardan tashqari mamlakatning yana bir qator yetakchi hududlari bo ‘lmish Hirot, Balx va Badaxshon kabi viloyatlar ham aynan Boburiylar boshqaruvi davrida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan yuksaldi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling