A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON MAHALLIY MUSULMON SULOLALARI


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTON MAHALLIY MUSULMON SULOLALARI 
HOKIMIYATI OSTIDA
747-yilda Arab xalifaligida hukmronlik qilib kelayotgan 
Ummaviylar sulolasiga qarshi Xurosonda yirik qo‘zg‘olon 
boshlandi. Ushbu qo‘zg‘olonning yetakchisi Abu Muslim edi15.
Qo‘zg‘olonchilar Xurosonda muvaffaqiyat qozongach, xali- 
falikning markaziy hududlariga qarab hujum boshlaydilar va 
749-yilda poytaxt Damashq qo‘lga kiritiladi. Damashq shahri 
uchun bo'lgan hal qiluvchi jangda balxlik zodagonlardan biri va 
lashkarboshi Xolid ibn Barmoq o‘zini ko‘rsatadi. Ummaviylaming 
barcha oila a’zolari qirib tashlanadi va Muhammad payg‘ambar- 
ning amakisi Abbosning avlodlaridan Abul Abbos Saffoh (749­
754) yangi sulola - Abbosiylar sulolasidan birinchi xalifa bo‘ladi.
Shu tariqa arab xalifaligida davlat hokimiyati ummaviylar 
sulolasidan abbosiylar sulolasi qoMiga o‘tdi. Abbosiylar hukmron- 
ligining boshlang‘ich davrida xalq ommasiga berilgan katta-katta 
va’dalaming birontasi ham bajarilmadi. Ular hokimiyatni egallab 
olgach, mahalliy boy va zodagonlar bilan ummaviy hukmdorlar 
singari hamtovoq bo‘lib oldilar. Ular bu yo‘lni tutishga majbur 
edilar. Chunki birinchidan, bosib olingan o‘lkalardagi mulklami 
tutib turish uchun ulaming yordami kerak edi. Ikkinchidan esa, 
mahalliy hukmdorlar va oqsuyak zodagonlar sahroyi arablarga 
qaraganda ko‘p asrlar davomida madaniy an’analar va tajribalarga 
ega edilar.
Abbosiy hukmdorlarga mahalliy zodagonlaming ana shu 
an’ana va tajribalari asqotar edi. Shu bois ular mahalliy oqsuyak 
va zodagonlar vakillarini yuqori lavozimlar va mansablarga
15 
Sykes P. A History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. 
Ltd, 1 9 4 0 ,-P. 172.


ko‘tardilar. Ana shunday shaxslardan biri balxlik katta yer egasi 
Xolid ibn Barmoq edi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling