Amir Habibullaxon taxtga chiqishi
bilanoq Hindistondagi
Britaniya
mulklari
rasmiylariga
o ‘zining taxtga chiqqanligini m a’lum
qilish maqsadida 1901 -yilning 10-
oktabrida rasmiy xat j o ‘natadi.
0 ‘z xatida Habibullaxon otasi amir
Abdurahmonning
Buyuk Britaniya
imperiyasi bilan olib borgan muno-
sabatlarini
davom ettirish hamda
otasining “do‘stlariga do‘st va dush-
manlari
bilan munosabatdan tiyi-
lish” istagi borligini m a’lum qiladi.
Bunga
javoban
o‘sha
paytdagi
Hindiston vise-qiroli lord Kerzon
Habibullaxonga o ‘zaro munosabatlarga
yanada oydinlik kiritish
maqsadida 1902-yilning bahorida uchrashish uchun Hindistonga
taklif etadi. Lord Kerzon o ‘z javobida 1893-yilgi amir Abdurahmon
bilan imzolangan Dyurand bitimi shaxsiy xarakterga egaligini, ya’ni
faqat sobiq amir Abdurahmon bilan ingliz hukumati o‘rtasidagi
kelishuvligini, yangi amir Habibulla ingliz hukumati bilan ush
bu bitimni boshqatdan imzolashi lozimligiga urg‘u beradi63.
Bu bilan inglizlar yangi amir Habibullaxonga
muayyan bosim
o‘tkazish va afg‘on hukmdorining ba’zi masalalarda yon berishiga
erishishni ko‘zlagan edilar. Biroq, 1901-yilning 31-oktabrida
Habibullaxon otasi Abdurahmonning
Britaniya hukumati bilan
hech qanday masalada tushunmovchiligi bo‘lmaganligini va
o‘zining ingliz hukumati bilan boshqatdan bitim imzolashga hojat
yo‘qligini ta’kidlab javob xati yo‘llaydi.
Shuningdek, Habibullaxon
inglizlaming Afg‘oniston hududida temir yo‘l
yotqizish hamda
afg‘on armiyasini ingliz harbiylari tomonidan qayta tayyorgarlikdan
o ‘tkazish bo‘yicha bildirgan takliflarini ham rad etadi64.
Do'stlaringiz bilan baham: