A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Губор Мир Гулом Мух,аммад. Афгонестон дар масир-е торих


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

65 
Губор Мир Гулом Мух,аммад. Афгонестон дар масир-е торих 
(Афганистан на пути истории). - М.: Наука. 1987. - С. 217.


Omonullaxon dastlabki ishni ushbu islohotlaming huquqiy asoslarini 
yaratishdan boshlashga qaror qildi. Shu maqsadda 1923-yilning 9- 
aprelida Yevropa davlatlari namunasidagi “Nezomnome-ye Aso- 
siye Doulat-e Oliya-ye Afg‘oneston” - qisqacha “Nizomnoma”, 
ya’ni demokratik davlatlardagi konstitutsiyaga o‘xshash hujjat 
qabul qilindi66. Mazkur hujjatda Afg'oniston monarxiya shaklidagi 
mustaqil, suveren davlat ekanligi, islom dini davlat dini ekanligi, 
davlat boshqaruvida hukumatning vakolat va huquqlari hamda shu 
kabi masalalar belgilab qo‘yildi. Shuningdek, hech bir fuqaroning 
shaxsiy huquqlariga sudning qarorisiz daxl qilinmasligi hamda 
mansabdor shaxslaming o‘zboshimchaligiga chek qo‘yish kabi 
masalalar ham ushbu hujjatda o ‘z aksini topdi.
Omonullaxon davlat boshqaruvi apparatini ham birmuncha 
isloh etdi va bir qator keraksiz mansablami bekor qildi. Shuning­
dek, amir amaldorlar va hukumat a ’zolarining poraxo‘rligi hamda 
mansabini suiiste’mol qilishiga ham qarshi qat’iy kurash olib borgan 
edi. Mazkur islohotlar davomida Afg‘oniston sud tizimi ham butkul 
isloh etildi. Jumladan, sudlov tizimining quyi va o‘rta bo‘g ‘inlarida 
qozilar yetakchiligida yuritiladigan shariat sudlarining vakolatlari 
keskin qisqartirildi.
1921-1925-yillar davomida Afg'onistonda yangi Jinoyat 
Kodeksi ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. 308 moddadan 
iborat ushbu hujjat jinoyatchilik bilan kurashishda katta ahamiyatga 
ega bo'ldi. Omonullaxon ham bobosi Abdurahmon singari jino- 
yatchilarga nisbatan shafqatsizjazo tayinlash tarafdori edi. Shunday 
bo‘lsa-da, mazkur Kodeks o ‘zining aksariyat demokratik normalari, 
jumladan appelyatsiya berish tartibining mavjudligi, hukmni 
yengillashtiradigan holatlar kiritilganligi va shu kabilar bilan ajralib 
turardi.
Omonullaxon tomonidan o ‘tkazilgan islohotlarda shubhasiz, 
iqtisodiy va moliyaviy islohotlar katta o ‘rin egallaydi. Ush­
bu yo‘nalishda ayniqsa, soliq va bojxona to ‘lovlari qat’iy

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling