A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
73
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course o f History. Volume II. - Alexandria (USA): HashmatK. Gobar, 2001. - P. 175. hukumatning bu boradagi sust faoliyati mamlakatda turli muxolif harakatlar hamda guruhlaming yuzaga kelishiga zamin yaratdi. 1947-yilda ana shunday harakatlardan biri “Vish zalmiyon” (Uyg‘onayotgan yoshlar) paydo b o ‘ldi. Uning tarkibiga asosan pushtun millatiga mansub savdo-sanoat sohasi vakillari, kichik lavozimdagi davlat xizmatchilari hamda ziyoli qatlam vakillari kirishdi. Jumladan, harakat yetakchisi qandahorlik Muhammad Rasul Pushtun bo ‘Isa, kichik amaldor Nur Muhammad Tarakiy, shoir Abdurrauf Benavo, tarixchi Abdulhay Habibiy, shoir Gul Pacha Ulfat kabilar harakat a ’zolari edilar. 1948-yil oxirida mamlakat vakillik organlariga bo ‘lib o‘tgan saylovlarda “Vish zalmiyon” harakati a ’zolaridan bir necha nafari deputat bo ‘lib saylanishga muvaffaq b o ‘ldi va ulaming sa’y-harakati bilan 1951-yilda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, shaxsiy gazeta va jum allam i nashr etish uchun huquqiy asos bo ‘ladigan “Matbuot haqida” yangi qonun qabul qilindi. Mazkur harakat mamlakat yoshlarini umumiy taraqqiyot yo‘lida birlashtirish yo‘lida keng ko‘lamli faoliyat olib bordi. Natijada 1950-yilda mamlakat oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalami birlashtiruvchi talabalar ittifoqi yuzaga keldi. Ushbu davrda Afg‘onistonda vujudga kelgan yana bir ijtimoiy- siyosiy harakat sifatida “Vatan” tashkilotini ko‘rsatib o ‘tish mumkin. 1951-yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot o ‘z oldiga nisbatan keng ko‘lamdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalami hal etish y o ‘lida kurashishni qo‘ygan edi. “Vatan” tashkiloti saflarida turli qatlam vakillari bor edi. Jumladan, mashhur afg‘on tarixchisi M ir G‘ulom Muhammad G ‘o ‘bor tashkilot rahbari va g ‘oyaviy yetakchisi bo ‘Isa, davlat xizmatchisi Mir Muhammad Siddiq Farhang, ziyoli Ahmad AH Ko‘hzod, Kobul universiteti o‘qituvchisi Famx Ettemodiy, shoir Sarvar Jo‘yo, yozuvchilar Ali Ahmad Naimiy va Abduhalim Atefiy kabilar tashkilot a’zolari edi74. Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy harakatlaming faollashuvi mamlakat hukmron tabaqalarini ham befarq qoldirmas edi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling