A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

76 
Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. 
Monografiya. - Т.: Navro‘z, 2017. - B. 34.


bilan uyg‘unlashuvi o ‘z aksini topgan edi. Shuning uchun ham 
ushbu Konstitutsiya amalda bo ‘lgan o ‘n yillik muddat (1963-1973) 
manbalarda “Yangi davr”, “Demokratiya o ‘n yilligi” (Decade o f 
Democracy) deb ataladi.
Mazkur Konstitutsiya A fg‘onistonda davlatga xos siyosiy 
institutlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va rivojida muhim rol 
o‘ynadi. Garchi, Afg‘oniston konstitutsion monarxiya tipidagi 
davlat ekanligi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, 
podshoh hokimiyati mamlakatda qonun chiqaruvchi ikki palatali 
parlament hamda sud hokimiyati faoliyatiga aralashmasligi va ular 
o‘z faoliyatlarida mustaqil ekanliklari belgilab qo‘yilgan edi.
Mazkur Konstitutsiya podshoh xonadoni a ’zolariga siyosat 
bilan shug‘ullanishni, yetakchi davlat lavozimlarini egallashni 
taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, podshoh xonadoni vakillari siyo­
siy partiyalar tuzish, ularga a ’zo bo‘lish huquqidan ham mahrum 
etildi. Konstitutsiyadagi ushbu normalar shubhasiz sobiq bosh 
vazir Muhammad Dovudning siyosiy ambitsiyalariga qarshi ishlab 
chiqilgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
1964-yilgi Konstitutsiya A fg‘onistonning to ‘la suvereniteti- 
ni tasdiqlagan holda, mol-mulk daxlsizligi, qonun oldida barcha 
fuqarolaming tengligi, so‘z va matbuot erkinligi, yig‘ilishlar 
o ‘tkazish, majburiy boshlang‘ich ta ’lim hamda mamlakat hududi 
bo‘ylab erkin harakatlanish kabi demokratik xarakterdagi asosiy in- 
son huquqlarini mustahkamlab qo‘ydi.
Konstitutsiyada islom dinining hanafiylik mazhabi davlatning 
rasmiy dini deb e’lon qilingan bo ‘lsa-da, diniy ulamolar va 
ruhoniylaming davlat ishlariga, xususan ta’lim-tarbiya va sud 
ishlariga aralashuvi cheklab qo‘yildi.
Afg'onistonda parlamentarizmning rivojlanishiga yangi Kons­
titutsiya katta turtki berdi. Ushbu Konstitutsiyaga ko‘ra, mamlakat 
parlamenti ikki palata - “Meshrano Jirg‘a” (yuqori palata) va 
“Vulusi Jirg‘a” (quyi palata)dan iborat tarkibda faoliyat yuritishi 
belgilab qo‘yildi. Demokratik davlatlardagi Senat vakolatlariga 
ega Meshrano Jirg‘aning uchdan ikki qism a’zolari mahalliy


vakillik organlaridan ovoz berish orqali saylanadigan bo‘Isa, ushbu 
organning uchdan bir qism a’zolarini podshoh tayinlashi ko‘zda tu- 
tildi. Bevosita qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan 
quyi palata Vulusi Jirg‘a esa joylardan saylanadigan deputatlardan 
iborat tarkibda shakllantiriladigan bo‘ldi.
Garchi Konstitutsiyada podshoh mamlakat parlamentini 
tarqatib yuborishi huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan bo ‘lsa- 
da, o ‘z navbatida par lament mamlakat hukumati ustidan nazorat 
yuritishi mumkinligi ham belgilab qo‘yildi. Yangi Konstitutsiyaga 
ko‘ra, afg‘on parlamentiga berilgan vakolatlardan yana biri -
mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildirish huquqi 
bo‘ldi. Parlament o‘zining ushbu huquqidan foydalanib, 1971 va
1972-yillarda mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildir- 
di.
Shu bilan birga, afg‘on parlamentining yuqori palatasi Meshrano 
Jirg‘a hukumat a’zolarining faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv 
ishini boshlashni talab qilish huquqiga ham ega bo ‘ldi.
1964-yilgi Konstitutsiyada afg‘on davlati va jamiyatida muhim 
o‘ringa ega bo‘lib kelgan an’anaviy boshqaruv-maslahat organi 
bo ‘lmish Luye Jirgega tegishli normalar nisbatan qisqa shaklda o ‘z 
aksini topdi. Bunday yondashuvni ikki jihat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, 1964-yilgi Konstitutsiyaning demokratik xususan, 
G ‘arb davlatlari andozasi b o ‘yicha ishlab chiqilganligiga yana 
bir bor urg‘u bergan holda, G ‘arb davlatlari davlat boshqaruvida 
parlament instituti eng yuqori turuvchi davlat organi hisoblanadi. 
A n’anaviy afg‘on jamiyatida esa bir necha asrlardan beri kuchli 
ta’sirga ega b o ‘lib kelayotgan Loya Jirg‘a institutiga tegishli huquq 
va vakolatlar mamlakat parlamentiga olib berilishi orqali afg‘on 
davlat boshqaruvini demokratlashtirish yoki g ‘arblashtirish nazarda 
tutilganligini ta ’kidlash lozim.
Ikkinchidan, podshoh hukumati muayyan masala yuzasidan 
afg ‘ on oqsoqollari yig ‘ ini bo ‘ lmish Loya Jirg ‘ ani chaqirish va yig ‘ ish 
bilan bog‘liq nisbatan uzoq vaqt talab etadigan jarayonga qarab 
qolmaslik hamda ushbu organ faoliyatida ishtirok etadigan afg‘on


oqsoqollari va vakillarining podshoh hokimiyatiga nisbatan loyal- 
ligini ta’minlashning mushkulligi bois mazkur tarixiy tuzilmaning 
davlat boshqaruvidagi roliga ko‘p ham e’tibor qaratmadi.
Yangi Konstitutsiyada o ‘z aksini topgan muhim normalardan biri 
mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilganligi bo‘ldi. 
Siyosiy partiyaning maqsadi va g‘oyasi Konstitutsiya normalariga 
zid bo‘lmasligi hamda siyosiy partiya faoliyatini moliyalashtirish 
manbalari haqida m a’lumotlar ochiq bo ‘lishi lozimligi belgilab 
qo‘yildi.
1964-1973-villarda Afg‘oniston. 
1964-yilgi Konstitutsiya 
normalari asosida 1965-yilda yangi “Saylov to ‘g ‘risida” qonun 
qabul qilindi va 1965-yil avgust-sentabrida mamlakat parlamentiga 
bo ‘lib o ‘tgan saylovlar ushbu qonunga binoan tashkil etildi. Mazkur 
qonun 1952-yilda qabul qilingan ilgari qonundan ancha demokratik 
xarakterga egaligi bilan farq qildi. Jumladan, mamlakat tarixida ilk 
bora ayollarga vakillik organiga saylanish huquqining berilganligi, 
deputatlikka nomzodlarga qo‘yilgan yosh senzining 25 yoshga 
tushirilganligi, davlat amaldorlari, armiya zobitlari va sud hokimi­
yati vakillariga vakillik organiga saylanishning mumkin emasligi 
chin m a’noda A fg‘onistonning demokratik rivojlanish tomon 
qadam tashlayotganligini namoyon etdi.
1965-yilgi saylovlar natijasida shakllantirilgan yangi tarkibdagi 
parlament bilan Muhammad Yusuf boshchiligidagi hukumat 
o ‘rtasida tushunmovchiliklar boshlandi. Nisbatan demokratik 
kayfiyatdagi parlament mamlakatda amalga oshirilayotgan iqti- 
sodiy-ijtimoiy tadbirlardan butkul norozi edi. Shu bilan birga,
1965-yil 25-oktabrida poytaxt Kobulda turli ijtimoiy harakatlar, 
jumladan, talaba yoshlaming norozilik chiqishlari boshlandi. 
Bunday kuchli harakatlardan qo‘rqib ketgan podshoh bosh vazir 
M.Yusufni iste’foga chiqardi va uning o ‘miga hukumatda madani- 
yat va axborot vaziri lavozimini egallab kelgan Muhammad Hoshim 
Mayvandvol (1965-1967)ga yangi hukumat tuzishni topshirdi.
Yangi hukumat mamlakatda bir qator tub o‘zgarishlami 
amalga oshirishga intildi. 1967-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy


rivojlantirishning uchinchi besh yillik (1967-1972) rejasi ishlab 
chiqildi va qabul qilindi. Mamlakat iqtisodiyotida davlatga tegishli 
sanoat korxonalarini ko‘paytirish yo‘lidan borildi.
1967-yil oxirida Mayvandvol ham bosh vazir lavozimidan 
iste’foga chiqarildi va uning o‘miga tashqi ishlar vaziri lavozimida 
samarali mehnat qilib kelgan Nur Ahmad Ettemodiy (1967-1971) 
hukumat rahbari etib tayinlandi. Ettemodiy amir Habibullaxon 
davrida mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Abdul 
Quddusxonning nevarasi bo ‘lib, podshoh xonadonining ishonchini 
qozongan siyosatchi va davlat arbobi edi.
Nur Ahmad Ettemodiy o‘z faoliyatida mamlakat parlamenti 
bilan o ‘zaro tushunmovchilik mavqeida turib munosabatlar olib 
bordi va natijada parlament uning hukumatiga ishonchsizlik votu- 
mini e ’lon qildi. Natijada Ettemodiy 1971-yilda iste’foga chiqdi. 
1971-yil iyunidan 1972-yilning dekabriga qadar hukumatni Abdul 
Zohir (parlament quyi palatasi spikeri) boshqargan bo‘lsa, 1972-yil 
dekabrida Muso Shafiq bosh vazir lavozimini egalladi.
Afg'onistonda hukumatning bu qadar tez o‘zgarishi, albatta, 
mamlakat ichki siyosiy hayotiga, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish 
jarayoniga salbiy ta ’sir ko ‘rsatmay qolmas edi. Har bir hukumat 
mamlakat hayotiga oid o‘z dasturini ishlab chiqishi va amalga oshi- 
rishni boshlashi bilan tanqidga uchrar va normal faoliyat yurita 
olmas edi. Mamlakatdagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming 
hal etilmasligi, normal faoliyat yuritadigan hukumatning yo‘qligi 
afg‘on jamiyatida yana turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar, siyo­
siy partiyalaming tashkil etilishiga olib keldi. Ana shunday 
harakatlardan biri A fg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP) 
edi.
1965-yil 1-yanvarida hukumatdan yashirincha AXDPning 
ta’sis qurultoyi bo ‘lib o ‘tdi va partiya Markaziy Kengashiga a ’zolar 
saylandi. Partiya rahbari etib ziyoli qatlam vakili, jum alist Nur 
Muhammad Tarakiy saylandi. Uning о ‘ rinbosari etib Babrak Karmal, 
Markaziy Kengashiga a ’zolari sifatida S.Zeray, S.A.Keshtmand, 
T.Badaxshiy kabilar saylandi. AXDP tashkil etilgan davrdanoq


uning saflarida birlik mavjud bo ‘lmadi. Ichki kurash asosan ikki 
yetakchi N.M.Tarakiy va B.Karmal o ‘rtasida kechdi. N.M.Tarakiy 
mehnatkash qatlamga tayanuvchi radikal kurash usulini qo‘llab- 
quvvatlasa, B.Karmal partiya saflarida ziyolilar, kichik va o ‘rta 
biznes vakillari hamda davlat xizmatchilari ham bo‘lishiga intilar, 
parlament saylovlarida k o ‘proq ovoz olish orqali partiya dasturiy 
maqsad va vazifalarini amalga oshirish tarafdori edi.
1967-yilda AXDP yetakchilari o ‘rtasidagi ichki kurash 
natijasida partiya ikki oqimga - N.M.Tarakiy yetakchiligidagi 
“Xalq” va B.Karmal yetakchiligidagi “Parcham” (Bayroq) oqimiga 
bo‘linib ketdi. “Xalq” oqimi o‘z saflarida asosan pushtun millatiga 
mansub mamlakatning qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi 
vakillarini birlashtirgan bo‘Isa, “Parcham” oqimi saflarida asosan 
tojik va pushtun millatiga mansub ziyoli qatlam vakillari bor edi. 
Har ikkala oqim ham mamlakatda chin m a’nodagi xalq hokimi- 
yatini o ‘matishga intilishi, tub agrar islohotlar o‘tkazish orqali 
mamlakat qishloq xo‘jaligida bir necha asrlardan beri hukmron 
bo ‘lib kelayotgan feodal munosabatlarga butkul barham berish, yer- 
ni dehqonlarga bo ‘lib berish, ishchi va xizmatchilar uchun 42 soatli 
ish haftasidan iborat tartibni joriy qilish, ishchilar manfaatlarini 
himoya qiladigan kasaba uyushmalarini barpo etish kabi asosiy 
maqsad va shulardan kelib chiqadigan vazifalar uchun kurash olib 
borishni m a’lum qildi.
AXDP yetakchilarining rasmiy Moskva bilan aloqalari ham 
alohida e’tiborga loyiqdir. G ‘ arb manbalaridaberilgan m a’ lumotlarga 
ko‘ra, AXDP kommunistik partiyaga xos qarashlami o ‘zida 
mujassam etganligi hamda maqsad va vazifalari ham mushtarakligi 
bois butkul Sovet Ittifoqi nazoratida b o ‘lib kelgan77.
Bu davrda AXDPning qarash va mavqeiga qarshi ijtimoiy 
harakatlar ham vujudga keldi. Bunday harakatlar islom mafkurasi 
asosida mamlakatda o‘zgarishlami amalga oshirishni ilgari suruv- 
chi afg‘on yoshlarini o‘z saflarida birlashtirgan edi. Bu boradagi

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling