A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTON XX ASRNING 70-YILLARIDA
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTON XX ASRNING 70-YILLARIDA
XX asr 70-yillari boshida A fg‘onistonda davlat hokimiyati tizimida chuqur inqiroz kuzatila boshlandi. Buni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar faoliyatidagi nomuvofiqliklar, bir-birining faoliyatini cheklashga urinishlar bilan izohlash mumkin. Bunday vaziyatda podshoh M.Zohirshoh davlat hokimiyati tarmoqlari o ‘rtasidagi kelishmovchiliklami bartaraf etish o ‘miga beparvolikka berildi va natijada mavjud inqirozli vaziyat yanada chuqurlashdi. Mamlakatda korrupsiya, poraxo‘rlik, davlat g ‘aznasidan mablag‘ o ‘zlashtirish, davlat amaldorlarining o ‘z vazifalariga m as’uliyatsizligi kabi salbiy illatlar nihoyatda kuchaydi. Haqiqiy pushtun millatchisi bo ‘lgan sobiq bosh vazir Muhammad Dovud mamlakatdagi boshboshdoqlik vaziyatga jim qarab tura olmas edi. U davlat to ‘ntarishini amalga oshirib, ho- kimiyatni o‘z qo‘liga olishni zimdan rejalashtirdi. Ushbu maqsadda Muhammad Dovud armiyadan foydalanishga qaror qiladi. Chunki u afg‘on armiyasiga o ‘z siyosiy faoliyatining tayanchi sifatida qarar edi. Bu davrda Muhammad Dovud garchi mamlakatda hech bir rasmiy lavozimni egallamagan bo‘lsa ham, afg‘on armiyasida uning ta ’siri nihoyatda kuchli edi. U mamlakat bosh vaziri va undan oldin mudofaa vaziri bo ‘lib ishlagan davrida armiya saflarida shaxsan o‘ziga sodiq hamda uning qarashlarini qo‘llab-quwatlaydigan kichik va o‘rta darajadagi zobitlar qatlamini shakllantirishga ulgurgan edi. Mamlakat bosh vaziri lavozimidan iste’fo berganidan so‘ng ham Muhammad Dovud armiya bilan o ‘z munosabatlarini uzmadi va zimdan armiyadagi tarafdorlari bilan aloqa qilib turdi. 70-yillar boshida 90 ming nafar harbiylardan iborat afg‘on armiyasida 200 nafardan ortiq oliy va yuqori lavozimdagi Muhammad Dovud tarafdorlari bor edi. 1973-yil 17-iyulida Afg‘onistonda ichki siyo siy keskinlik kuchayishi oqibatida mamlakat sobiq bosh vaziri Mu hammad Dovud rahbarligida armiya ofitserlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish mamlakatda monarxiyaga barham berib, Afg‘onistonni Respublika deb e ’lon qilinishiga olib keldi78. Mazkur davlat to‘ntarishi vaqtida podshoh Muhammad Zohirshoh Italiyaga davolanishga ketgan edi. Davlat to ‘tarishi haqidagi xabami eshitgach, Muhammad Zohirshoh taxtdan voz kechganligini e ’lon qildi va Italiyada qolib o ‘z mamlakatiga qaytmaslikka qaror qildi. Davlat to ‘ntarishi amalga oshirilgan kuniyoq Muhammad Dovud mamlakat radiosi orqali chiqish qildi va monarxiya tu- zumi mamlakatdagi har qanday islohotlar hamda o ‘zgarishlarga to‘g ‘anoq bo‘lib turganligini, endilikda haqiqiy islohotlami amalga oshirish vaqti yetganligini m a’lum qildi. 1973-yilning 23-avgustida Muhammad Dovud “Xalqqa murojaat” nomi bilan mashhur bo‘lgan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid o ‘z harakat dasturini e ’lon qildi. Ilgarigi tuzumni keskin tanqid qilgan davlat rahbari afg‘on xalqi irodasiga muvofiq holda jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan isloh qilishni ilgari surdi. 1973-yilgi davlat to ‘ntarishi natijasida mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi va 1964-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi to ‘xtatildi. Muhammad Dovud A fg‘onistonning Birinchi Prezi- denti bo‘ldi. Davlat to ‘ntarishini afg‘on xalqi muayyan darajada bee’tibor, muayyan darajada esa ijobiy kutib oldi. Muhammad Dovud ham podshoh xonadoniga mansub bo‘lgani uchun afg‘on xalqi mazkur davlat to‘ntarishini bir podshohning ikkinchisi bilan almashinuvi sifatida qabul qildi. Davlat boshqamvining mutlaqo yangi tuzilmalari tashkil etildi. Respublika Markaziy Kengashi - mamlakatda qonun chiqamvchi organ vazifasini bajardi va uning tarkibi saylovlar o ‘tkazish orqali emas, balki Muhammad Dovud tarafdorlarini bevosita tayinlash bilan to ‘ldirildi. Respublika Markaziy Kengashi rahbari lavozimini Muhammad Dovudning o‘zi egalladi. Muhammad Dovud yana mamlakat bosh vaziri, mudofaa vaziri, tashqi ishlar vaziri lavozimlami ham egalladi. Boshqamvdagi barcha muhim lavozimlami shaxsan o ‘z qo‘lida to ‘plashi orqali Muhammad Dovud mamlakatda amalda avtoritar boshqamv tartibotini o ‘matdi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling