A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course o f History


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

74 
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course o f History. 
Volume II. - Alexandria (USA): Hashmat K. Gobar, 2001. - P. 206.


1948-yilda mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallagan 
Muhammad Dovud (podshoh M.Zohirshohning amakivachchasi) 
o ‘z atrofiga davlat amaldorlari va intelligensiya vakillarini yig‘a 
boshladi.
1950-yilda 
Muhammad 
Dovud 
yetakchiligida 
“Milliy 
klub” tashkil etildi va uning tarkibiga sobiq iqtisodiyot vaziri 
Abdulmajid Zobuliy, m aorif vaziri Fayz Muhammad Zikriyo, 
bosh vazir o ‘rinbosari Ali Muhammad Badaxshoniy kabi davlat 
amaldorlari kirishdi. Ushbu tashkilot afg‘onlaming birligi, konsti- 
tutsion monarxiya boshqaruvi tarafdori bo ‘lib chiqsa-da, ko‘plab 
davlat amaldorlari va oddiy xalqning qo‘llab-quwatlashiga erisha 
olmadi. Chunki, “Milliy klub” Muhammad Dovudning hokimiyat 
pog‘onasida yanada yuqorilashi va bosh vazir lavozimini egallashi 
yo‘lida bir vosita bo‘lishi lozim edi.
1952-yilda mamlakat parlamentiga b o ‘lib o ‘tgan saylovlarda 
rasmiy hukumat tobora avj olib borayotgan muxolifat guruhlarga 
nisbatan keskin choralar qo‘lladi va natijada yuqorida nomlari 
tilga olingan ijtimoiy-siyosiy tashkilot hamda guruhlar a’zolari 
parlament deputatligiga saylanishga y o ‘l qo‘yilmadi. Bunday 
holat birmuncha noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo ‘lgan bo‘lsa 
ham, hukumat vaziyatni tezda qo‘lga olib, muxolifat vakillarining 
barchasini qamoqqa olishga yoki surgun qilishga muvaffaq bo‘ldi.
XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillaridan boshlab Afg‘oniston 
dunyoda kechayotgan turli jarayonlarga, xususan geosiyosiy 
jarayonlarga ko‘proq tortila boshlandi va yanada ko‘proq xalqaro 
ahamiyat kasb eta boshladi. M a’lumki, 1945-yil 5-martda Buyuk 
Britaniyaning sobiq Bosh vaziri U.Cherchill Fulton universitetida 
(AQSH) so‘zlagan nutqida “Sovuq urush” boshlanganini e’lon qil­
gan edi. Mazkur “urush” raqiblari bir tomonda AQSH bo‘lsa, ikkin­
chi tomondan Sovet Ittifoqi edi.
“Sovuq urush” davrida A fg‘oniston Sovet Ittifoqi hamda 
AQSH manfaatlari doirasidagi hududlami ajratib tumvchi davlat si- 
fatidagi roli ham Sovet Ittifoqi ham AQSH manfaatlariga to ‘liq mos 
kelardi. Shunga qaramasdan, dunyoning ikki yetakchi davlatlari


Afg‘onistonni o ‘z nazoratlarida ushlashga, afg‘on zaminida harbiy 
jihatdan hozir bo‘lish (presence)ni75 kuchaytirishga, A fg‘onistonni 
iqtisodiy qaram qilishga intilib keldilar.
1947-yilda Afg‘oniston yetakchi davlat Buyuk Britaniyaning 
Hindistondagi mustamlakachilik siyosati barbod bo ‘lishidan qu- 
vonish hissini tuyib, bir asrdan ortiq vaqt mobaynida afg‘on 
davlatiga tazyiq o ‘tkazib kelgan inglizlaming mintaqani tark eti- 
shi va Hindistonga mustaqillik berishidan xursand bo‘lsa-da, 
bunday holat yana bir boshqa jiddiy muammoni keltirib chiqardi. 
Hindistonni osonlikcha tark etishni istamagan inglizlar bu yerda 
bir-biriga dushmanlik kayfiyatida b o ‘lgan ikki davlat Hindiston 
(aholisining asosiy qismi induizm diniga e ’tiqod qiluvchi) va Pokis- 
ton (aholisining asosiy qismi islom diniga e ’tiqod qiluvchi) barpo 
etilishini e ’lon qildilar. Inglizlaming bunday o ‘ziga xos siyosati 
kelgusida ham hind zaminida yangi barpo etilgan ikki davlat, 
ikki din vakillari o ‘rtasida ziddiyat va qarama-qarshilik saqlanib 
qolishiga zamin yaratishi hamda inglizlar bunday ziddiyatdan kezi 
kelganda ustalik bilan foydalanishlari uchun amalga oshirildi.
A fg‘on qabilalari istiqomat qiladigan ozod qabilalar hududi 
yangi tuzilgan Pokiston tarkibiga o‘tib ketganligi bois, Afg‘oniston 
ushbu masalani muzokaralar orqali hal etish yuzasidan Pokiston Is­
lom Respublikasi rasmiy doiralariga murojaat qildi. Biroq, Pokiston 
tomoni Afg‘oniston murojaatini bee’tibor qoldirdi va A fg‘onistonga 
nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo ‘lib keldi. 
1947-yilning 
o‘zidayoq bir qator afg‘on qabilalari yangi Pokiston hukumatiga 
qarshi qo‘zg‘olonchilik harakatlarini ham boshlab yubordilar.
1949-yil iyulida afg‘on parlamenti A fg‘oniston va Pokiston 
o ‘rtasidagi munosabatlar masalasini muhokama qildi hamda Pokis­
ton tarkibidagi afg‘on qabilalarini qo‘llab-quvvatlashini m a’lum 
qildi. Shuningdek, afg‘on parlamenti “Dyurand chizig‘i”ni ikki 
davlat o‘rtasida belgilangan chegara sifatida tan olmasligini e’lon 
qildi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling