A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

71 
Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford 
(California): Stanford University Press, 1969. - P. 366-367.


eksport hajmi 734 mln. afg‘oniyga, import esa 627 mln. afg‘oniyga 
yetdi72. Savdo hajmining oshishi va eksport-importdagi ijobiy 
balansga erishilgan bo‘lsa ham mamlakat iqtisodiyoti hali nochor 
ahvolda qolmoqda edi. Bunday holatga barham berish maqsadida 
hukumat 1932-1938-yillarga m o‘ljallangan umumiy rivojlanish 
dasturini qabul qilgan bo ‘lsa, 1938-yilda yana shunga o ‘xshash yetti 
yilga m o‘ljallangan dastumi qabul qildi.
XX asr 30-40-yillari davomida Afg'onistonda madaniyat, ilm- 
fan, san’at va sport ham muayyan darajada rivoj topdi. Bu davrda 
Kobuldagi “Najot” va “Istiqlol” nomli litseylarda havaskor teatr 
guruhlari faoliyat olib bordi. XX asr 20-yillari davomida ish olib 
borgan teatr faoliyatini qayta yo‘lga qo'yish bo'yicha birmuncha 
sa’y-harakatlar amalga oshirildi. 1937-yilda Hirot, Mozori Sharif va 
Qandahorda teatrlar faoliyati yo'lga qo‘yildi. 1941-yildan Kobulda 
professional teatr faoliyat yurita boshladi. XX asr 30-yillari birin­
chi yarmida Kobul, Hirot, G'azna, Mozori Sharif va Qandahorda 
muzeylar ochildi. Kobul milliy muzeyida Ellinistik, Buddizm va 
G ‘aznaviylar davrlariga oid bir qator boy arxeologik va etnografik 
eksponatlar mavjud bo ‘lib, ulaming aksariyati mamlakatda 
1922-yildan qazish va tadqiqot ishlarini olib borgan fransuz 
ekspeditsiyasi faoliyati natijasida topilgan edi. Shuningdek, Kobul 
milliy muzeyida turli davrlarga oid 40 ming donadan ko‘p tanga 
pullaming o‘ziga xos kolleksiyasi jamlangan edi.
Afg'oniston ilm-fani rivoji yo‘lida Kobul Universitetiga asos 
solinishi muhim qadam bo‘ldi. 1938-yilda siyosiy va huquqiy 
bilimlar bo ‘limlari, 1941-yilda fizika, matematika, kimyo, bio- 
logiya va geologiya kafedralaridan iborat tabiiy fanlar fakulteti va 
1944-yilda adabiyot fakultetlari ochildi, 1946-yilda ushbu ilm-fan 
maskanlari birlashtirilib, Kobul Universitetiga asos solindi.
Mamlakatda ommaviy kutubxonalar ham faoliyat yuritdi. XX 
asr 30-40-yillarida “Habibiya” litseyi kutubxonasidan tashqari yana 
1920-yilda asos solingan ta ’lim vazirligi kutubxonasi (fors, arab, ms,

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling