A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Ведад X. Восстание и правление эмира Хабибуллы-хана Бача-и Сако


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

69 
Ведад X. Восстание и правление эмира Хабибуллы-хана Бача-и Сако 
(январь октябрь 1929 г.) в Афганистане: Монография. - М.: Изд-во РУДН, 
19 9 6 .- С . 15-16.


nida Bachai Saqoni qo‘shini bilan qurshab, qo‘lga olganligini 
m a’lum qiladi. Shu o ‘rinda Omonullaxon o‘ylab ham o ‘tirmasdan 
Bachai Saqoni kallasini tanasidan judo qilib, uni huzuriga 
yetkazishga buyruq beradi. Shundan so‘ng, Omonullaxonning 
o ‘ziga nisbatan asl munosabatini bilib olgan Bachai Saqo o ‘zini 
tanishtiradi va hukmdorga qarshi kurash boshlashini m a’lum 
qiladi70.
1928-yil 10-dekabrda Jabal us-Sirojdagi afg‘on armiyasi 
gamizoniga hujum qilgan Bachai Saqo shahami jangsiz egallaydi 
va katta miqdordagi qurol-aslahani qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng 
Bachai Saqo qo‘shiniga K o‘histonda istiqomat qilib kelayotgan 
hamda bu yerdagi pushtun millatiga mansub aholining zulmidan 
aziyat chekayotgan tojik aholisi qo‘shiladi.
1928-yil 11-dekabrda esa K o‘histonda bo ‘lib o ‘tgan diniy 
ruhoniylar vamullalam ing kattayig‘inida Bachai Saqo “Afg‘oniston 
amiri - Habibulla G ‘oziy, islom dinining chin xizmatkori” deb 
e ’lon qilindi. 14-dekabrda yirik sonli qo‘shin bilan Kobulga hu­
jum qilgan Bachai Saqo garchi shahami egallay olmagan bo ‘Isa 
ham, poytaxtga katta zarar yetkazdi. 1929-yil yanvar oyining 
boshida Omonullaxon garchi qamoqqa tashlangan mamlakatning 
eng e ’tiborli diniy yetakchilarini ozodlikka chiqargan bo‘lsa-da, bu 
ham vaziyatni yumshatmaydi. Shu bilan birga, Omonullaxon o‘zi 
tomonidan e ’lon qilingan barcha islohotlami to‘xtatishni va ular- 
dan butkul voz kechib, eski qadriyatlarga to ‘la qaytishi xususida 
alohida farmon chiqaradi va xalqqa e ’lon qiladi. Biroq, uning 
raqiblari bu Omonullaxonning vaqtinchalik tadbiri ekanligini aytib, 
xalqni podshohga qarshi ko ‘tarilishga chaqirdilar.
1929-yilning yanvari davomida tarqoq holda harakat qilgan 
hukumat qo‘shini bilan jangga kirgan qo‘zg‘olonchilar birin-ketin 
ulami mag‘lub etib, poytaxtga yaqinlashdilar. Shunday vaziyatda 
Omonullaxon mamlakatdagi yuqoridagi kabi tartibsizliklarga o ‘zi 
aybdor ekanligini tushunib yetdi va taxtdan akasi Inoyatullaxon 
evaziga voz kechganligini m a’lum qiladi. Taxtdan voz kechgan


Omonullaxon 1929-yilning 14-yanvarida o ‘z yaqinlari bilan 
Qandahor shahriga yo‘l oldi.
A fg ‘oniston 
taxtini 
Inoyatullaxon 
egallagan 
b o is a
ham, bu bilan tartibsizliklar to ‘xtamadi balki, yanada avj 
oldi. Omonullaxonning taxtdan voz kechganligini eshitgan 
qo‘zg‘olonchilar Kobulga yurish qilib, poytaxtni hech bir 
qarshiliksiz egallaydilar va Bachai Saqo Inoyatullaxon oldiga 24 
soat ichida taxtni unga topshirish bo‘yicha ultimatum qo‘yadi. 
Chorasiz qolgan Inoyatullaxon taxtda atigi uch kungina o‘tirgach, 
taxtdan voz kechadi va poytaxtni tark etdi.
1929-yilning 18-yanvarida Bachai Saqo poytaxt Kobulda 
A fg‘oniston amiri deb e ’lon qilindi va o‘sha kuni uning 
tarafdorlaridan iborat yangi hukumat tuzildi. Ushbu hukumat 
tarkibida Bachai Saqoning yaqin va ishongan kishilari bilan birga 
Omonullaxon davrida hukumat tarkibida faoliyat ko‘rsatgan ko‘zga 
ko‘ringan arboblar ham bor edi.
Bachai Saqo hukumati dastlabki davrdan o ‘zining mustahkam 
emasligi bilan ajralib turdi. Hukumat tarkibida bir qator muhim 
tuzilmalar, jumladan adliya vazirligi va sud hokimiyatiga tegishli 
tuzilmalar yo‘q edi. Shuningdek, armiya va politsiya faoliyati o‘z 
holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lib, armiya saflariga aholi orasidan askar 
jalb etish tartibi “hasht nafari” bekor qilinganligi sababli armiya 
saflari nihoyatda qisqargan hamda askarlar maosh olishmas edi. Shu 
bilan birga, mamlakat moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib 
qolgan bo‘lib, davlat g ‘aznasini to ‘ldiruvchi manbalardan keluvchi 
tushumlarga putur yetdi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat ham keskinligicha qola- 
verdi. Omonullaxonga qarshi bosh ko‘targan shinvoriy qabilasi 
hukumat almashgach ham o ‘z harakatini to‘xtatmadi va Bachai Saqo 
hokimiyatini tan olmadi. Jalolobod, Qandahor kabi yirik shahar- 
larda va hazoriylar istiqomat qiladigan mamlakatning markaziy 
qismi Bamiyon hududlari va mamlakat janubiy-sharqidagi Xost 
atroflari markaziy hokimiyatga nisbatan bo‘ysunmaslik harakatlari 
avj oldi.


1929-yil yanvar oyi ikkinchi yarmida Qandahorga yetib 
kelgan Omonullaxon mahalliy yetakchilar, shu jumladan diniy 
rahnamolaming qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadida chin is­
lom dini aqidalari asosida harakat qilishga va taxtni qaytarib olish 
uchun ulardan ko'm ak so‘ragan bo‘lsa-da, Qandahor aholisi sobiq 
hukmdorga yordam berishga shoshilmadi. Bu orada Omonullaxon 
o‘zini yana Afg‘oniston hukmdori deb e ’lon qildi va Bachai Saqoga 
qarshi urush e ’lon qildi.
1929-yilning fevral-mart oylari davomida Omonullaxon 
mamlakatning g ‘arbiy va janubiy hududlaridan birmuncha 
qiyinchiliklar bilan 10 ming nafar atrofida qo‘shin yig‘di. 0 ‘sha yil 
aprelida ushbu qo‘shin bilan Bachai Saqoning yirik qo‘shini turgan 
G ‘azna shahriga yurishi Omonullaxon uchun muvaffaqiyatsizlik 
bilan tugadi. Shundan so‘ng hokimiyat uchun kurashdan hafsalasi 
pir bo ‘lgan Omonullaxon 1929-yilning 23-mayida Afg‘onistonni 
butkul tark etdi va Italiyaga qarab yo‘l oldi hamda umrining 
oxirigacha (1960-y.) shu mamlakatda yashadi.
Afg‘onistondagi beqaror vaziyat Sovet davlatini bu davlat 
ichki ishlariga aralashishga undadi. Sovet davlati A fg‘onistondagi 
vaziyatga harbiy aralashuv orqali birmuncha ta ’sir o ‘tkazmoqchi va 
Omonullaxonni taxtni qayta egallashga ko‘maklashmoqchi bo‘ladi. 
Omonullaxon hukumatining Moskvadagi elchisi G ‘ulom Nabixon 
atrofida afg‘on qochoqlari va sovet ekspeditsion kuchlaridan iborat 
qo‘shin tashkil etildi. 1929-yil 14-aprelida 800 kishidan iborat maz­
kur bo‘linma sovetlar tomonidan qurollantirilib (4000 dona mil- 
tiq va 200 ta pulemyot) A fg‘oniston hududida harbiy harakatlami 
boshladi. G ‘.Nabixon va sovet harbiy qo‘mondoni V.Primakov 
boshchiligidagi mazkur qo‘shin dastlab Mazori-Sharifni, keyin 
Balx, Shibirg‘on va Toshqo‘rg‘on shaharlarini ishg‘ol qildi. Biroq, 
Omonullaxonning taxt uchun kurashni to‘xtatganligi va mamlakatni 
tark etganligi xabari kelgach, mazkur qo‘shin 1929-yilning may oyi 
oxirida zudlik bilan Afg‘onistondan chaqirib olindi.
1929-yilning bahorida afg‘on taxti uchun kurashga yana bir 
shaxs qo‘shitdi. Omonullaxon hukumatida harbiy vazir lavozimida


faoliyat ko‘rsatgan va podshohning islohotlami shoshma-shosharlik 
bilan amalga oshirishidan norozi bo‘lib Yevropaga ketgan general 
Muhammad Nodirxon Afg‘onistonga yetib keldi.
Ozod 
qabilalar 
hududida 
istiqomat 
qiluvchi 
afg‘on 
qabilalarining ko‘magiga tayangan M.Nodirxon 1929-yilning 
15-oktabrida Kobulni egalladi. Bachai Saqo qoMga olinib, qatl 
etildi. 
M.Nodirxonning tarafdorlari 
undan Afg‘oniston taxtini egallashini 
so‘raydilar. Garchi, bu masala afg‘on 
qabila yetakchilarining yig‘ini - Loyya 
Jirg‘ada hal etilishi lozimligi xususida 
fikr bildirgan M.Nodirxon 16-oktabr 
kuni Afg‘oniston podshosi deb e ’lon 
qilindi va o ‘ziga “shoh” rutbasini oldi.
Muhammad 
Nodirshoh 
amir- 
likni tugatib, shohlikni qaror toptirdi.
M.Nodirshoh ham durroniy qabilasi 
barakzoy 
urug‘i 
muhammadzoy 
bo‘g ‘inidan boMib, sobiq podshoh 
Omonullaxonning 
qarindoshi 
edi.
M.Nodirshoh mamlakatda qabila, millat va elatlar orasida tinchlik 
o ‘matib, bir qator ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami amalga oshirishni 
boshladi. Biroq, u 1933-yilning 8-noyabrida suiqasd qurboni bo‘ldi 
va hokimiyat tepasiga o ‘g ‘li Muhammad Zohirshoh (1933-1973) 
keldi.
1933-yil Muhammad Zohirshoh Afg‘oniston qiroli deb e ’lon 
qilindi. Bu vaqtda u endigina 19 yoshga to ‘lgan bo‘lib, otasi uni 
davlat boshqamvida tegishli ko‘nikmalami olishi uchun bir qator 
lavozimlami topshirgan edi. Britaniya Hindistonidagi harbiy 
kollej (Staff College)ni hamda Fransiyadagi yetakchi o‘quv yurtini 
tamomlagan M.Zohirshoh garchi rasman Afg‘oniston hukmdori 
deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, amalda davlatni uning uch amakisi
- Muhammad Hoshimxon (bosh vazir), Shoh Mahmudxon (harbiy 
vazir) va Shoh Valixon boshqarishdi.


M.Zohirshoh mamlakatni qirq yil mobaynida m o‘tadil 
boshqarishga intildi. Afg'oniston tashqi siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari Zohirshohning 1934-yilgi hukumat oldidagi chiqishi- 
da belgilab berildi. Unga ko‘ra, Afg'oniston Sovet Ittifoqi va Buyuk 
Britaniya bilan to ‘g‘ri munosabat olib borishi, Turkiya va Eron 
kabi davlatlar bilan yaqin munosabatlar olib borishi, boshqa mu­
sulmon davlatlari bilan keng aloqalar olib borishi belgilangan edi. 
Afg‘oniston tashqi siyosatining asosiy vazifalaridan biri mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yetakchi davlatlar bilan aloqalar- 
ni o ‘rnatish, ulaming tajribasidan foydalanish edi.
Zohirshoh Sovet Ittifoqi bilan iliq munosabatlar o‘matishga 
intildi va otasi kabi Afg‘oniston shimolida panoh topgan Sovet 
davlatiga qarshi milliy ozodlik kurashi olib borayotgan 0 ‘rta 
Osiyolik kurashchilami qo‘llab-quvvatlamadi va ushbu harakat 
yetakchilaridan mamlakatni tark etishni so‘radi. Shundan so‘ng 
0 ‘rta Osiyolik milliy istiqlolchil ; harakati yetakchilari kurashni 
to ‘xtatib, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga ketishga majbur 
bo‘ldilar.
Buyuk Britaniya bilan ham munosabatlarda nizoli vaziyatlar 
kelib chiqishini oldini olishga intilgan Zohirshoh hukumati 
inglizlarga ozod qabilalar hududi va Britaniya Hindistoni bilan 
chegaralardagi afg‘on qabilalarining har qanday qo‘zg‘olonchilik 
kayfiyatidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlamaslikka va’da berdi.
Afg‘onistonning xalqaro munosabatlari faollashib, hatto 
1934-yili Millatlar Ligasiga a ’zo bo'ldi. Dunyoning yetakchi 
mamlakatlari bilan munosabatlami o ‘matishga intilgan Afg'oniston
1936-yilda AQSH bilan diplomatik aloqalar o ‘matdi. Biroq, AQSH 
bilan munosabatlar shu bilangina cheklandi va ikki tomonlama 
kelishuv imzolanish darajasiga ko‘tarilmadi. Buni Afg'oniston 
hukumatining AQSHga keng imkoniyatlar yaratib berishni 
istamaganligi va o 'z navbatida AQSH ham afg‘on zaminida muhim 
manfaatlami ko‘rmaganligi bilan izohlash mumkin. Hokimiyatga 
kelishi bilan M.Zohirshohning dastlabki tadbirlari ta’lim-tarbiya 
ishlarini faollashtirish va pushtu tiliga davlat tili maqomini berishga


qaratildi. Nafaqat poytaxt Kobulda, balki joylarda ham bir qator 
maktablar ochildi. Natijada maktablar soni ko‘payib, XX asr 
30-yillari oxirida butun mamlakat bo ‘ylab ulaming soni 350 taga 
yetdi va ularda 60 ming nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olar edi. 
Davlat ishlarining fors-dariy tilida olib borilishiga hamda ushbu 
tilda bir necha asrdan buyon boy ilmiy, m a’naviy, siyosiy va shu 
kabi yo‘nalishlardagi asarlar yaratib kelinganligiga qaramasdan, 
pushtu tilini ham hukumat darajasiga olib chiqish va undan keng 
foydalanish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Bu davrda 
mamlakat iqtisodiy salohiyatini birmuncha oshirishga qaratilgan 
tadbirlar ham amalga oshirildi.
1932-yilda A fg‘oniston Milliy Banki tashkil etildi. Shu 
bilan birga, mamlakatda savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida 
bir necha yirik savdo kompaniyalari ham tashkil etildi. Ush­
bu savdo kompaniyalari nafaqat mamlakatning ichki va tashqi 
savdosini nazorat qilar edilar, balki mamlakat sanoat tarmoqlarini 
ko‘tarish hamda rivojlantirish uchun ham kapital kiritishni o ‘z 
zimmalariga olgan edilar. Hukumat chet el savdo kompaniyalari 
bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikka tayandi. 1933-1938-yillar 
oralig‘ida A fg‘oniston Milliy Bankining kapital jam g‘armasi yuz 
barobardan k o ‘proqqa oshdi. Mamlakat ichki va tashqi savdosining 
80%dan ortig‘ini o ‘z nazoratiga olgan ushbu bankning ta ’sirini 
birmuncha kamaytirish maqsadida hukumat 1938-yilda davlatga 
tegishli Afg‘oniston Banki (D Afg‘oneston Bank)ni tashkil etdi. 
A fg‘oniston Bankiga davlat bankining barcha vakolatlari berildi va 
bu bank endilikda pul aylanishini, chet el valutalari, oltin, kumush 
sotib olish hamda sotishni nazorat qilishi, davlatga tegishli qim- 
matli qog‘ozlami muomalaga chiqarishni boshqaradigan bo ‘ldi.
Afg‘oniston Milliy Banki esa faqat savdo operatsiyalariga 
ixtisoslashgan kommersiya banki bo‘lib qoldi. Biroq, ushbu 
bankning kapital aylanmasi yanada oshib, 30-yillar oxirida hatto, 
hukumatga ham 21 mln. afg‘oniy (qariyb 2 mln. AQSH dollari) 
miqdorida kredit berdi.


Mamlakatda keng ko ‘lamli sanoat tarmoqlarini barpo etish 
uchun avvalo, elektr energiyasi ishlab chiqarishni keskin oshi- 
rish zarur edi. Shu bois, hukumat bu masalaga jiddiy yondashdi. 
Natijada o ‘tgan asr 30-yillari davomida va 40-yillari boshlarida 
Jabal us-Sirojdagi gidroelektr stansiyasining quw ati 1500 kVt dan 
2400 kVt ga oshirildi. Chok-e Vardakda quw ati 4000 kVt ni 
tashkil etuvchi yana bir gidroelektr stansiyasi barpo etildi. Shu­
ningdek, hukumat quw ati 24 ming kVt bo‘lgan Sarobiy va 6500 
kVt quvvatga ega Arg‘andob gidroelektr stansiyalarini baipo etish- 
ni rejalashtirdi71.
XX asr 30-yillaridan boshlab A fg‘onistonda sanoat tarmoqlari 
faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida e ’tibor 
qaratila boshlandi. Jumladan, 1937-yilda sanoat asbob-uskunalarini 
mamlakatga olib keluvchi va ulami turli hududlarda o‘matib, 
ishga tushirib beruvchi “Vatan” kompaniyasi ishga tushirildi. Shu 
bilan birga, paxta xomashyosini va junni qayta ishlovchi sanoat 
korxonalari vujudga keldi.
1938-yilda Bag‘londa Chexoslavakiyaning “Shkoda” firmasi 
uskunalari (qiymati 1 mln. AQSH dollari) asosida shakar ishlab 
chiqaruvchi zavod ishga tushirildi va ushbu korxona mamlakatning 
shakarga bolgan ehtiyojini to‘la ta’minlab berdi. Shu yilda yana sovun 
va sement ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar ham ishga tushirildi.
Mamlakatda sanoatni rivojlantirishga bo‘lgan katta sa’y- 
harakatlar, hukumat tomonidan amalga oshirilgan bir qator muhim 
tadbirlarga qaramasdan Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mamlakati 
bo ‘lib qolaverdi. XX asr 30-yillari ikkinchi yarmida Afg‘oniston 
tovar eksportining 85-90 %ini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil 
etar edi. Import hajmi eksport hajmidan kamroq b o ‘lib, asosan 
tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, neft va qurilish mahsulotlari 
mamlakatga olib kirilar edi.
1937-yilda A fg‘oniston eksportining hajmi 358 mln. afg‘oniyni, 
import esa 324 mln. afg‘oniyni tashkil etgan bo ‘lsa, 1943-yilda

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling