A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Gregorian V. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

67 
Gregorian V. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford 
(California): Stanford University Press, 1969. - P. 244.


Qo‘zg‘olon rahbarlari qo‘lga olinib, Kobulga olib kelindi va sud- 
ning qaroriga ko‘ra o ‘lim jazosiga hukm qilindi. 1926-yilda amir 
Omonullaxon A fg‘onistonni dunyodagi mustaqil davlatlar bilan teng 
darajada b o ‘lishini hamda dunyodagi, xususan Yevropa davlatlari 
hukmdorlari unga teng munosabatda b o ‘lishlarini istab, o ‘ziga 
“podshoh” (“qirol”) rutbasini oladi. Bu tadbir ostida shubhasiz, 
Omonullaxon o‘zini dunyodagi yetakchi davlatlar rahbarlari bilan 
teng ekanligini namoyon qilish yotganligini anglash mumkin.
Omonullaxon 
tomonidan 
A fg‘onistonda 
keng 
ko‘lamli 
islohotlami amalga oshirish va mamlakatni rivojlangan davlatlar 
qatoriga olib chiqish istagiga amiming 1927-yilning dekabridan 
1928-yil iyulga qadar Yevropa mamlakatlariga qilgan rasmiy safarlari 
ham katta ta ’sir o ‘tkazdi. Ushbu safar Britaniya Hindistonidan 
boshlanib, Suvaysh kanali orqali Yevropaga o ‘tishi rejalashtirildi. 
Omonullaxon Yevropaga safari yo‘lida Misrga to ‘xtab o ‘tdi. Misr 
xalqi uni “haqiqatda mustaqil bo ‘lgan musulmon mamlakatining 
hukmdori” sifatida olqishlab kutib oldi. Misr parlamentida 
so‘zlagan nutqida Omonullaxon “ozodlik taqdim etilmaydi, balki 
qat’iy kurashlarda qo‘lga kiritiladi”, degan fikmi bildirdi68.
1928-yil yanvar oyida Rimga kelgan Omonullaxon Italiya qi- 
roli Viktor Emmanuil III (1900-1946) va Italiya hukumati rahbari 
Benito Mussolini (1923-1945) bilan uchrashdi. 1928-yil fevralda 
Parijga kelgan Afg‘oniston hukmdorini Fransiya Respublikasi Pre- 
zidenti Gaston Dumerg kutib oldi. Fransiyadan so‘ng Omonullaxon 
Germaniyaga safar qildi va mamlakat Prezidenti fon Gindenburg 
bilan uchrashdi. Nihoyat, 1928-yil martida Omonullaxon Buyuk 
Britaniyaga yetib keldi va uni ingliz qiroli Georg V (1917-1936) 
kutib oldi. Kutib olish chog‘ida Georg V Omonullaxonga nisbatan 
“Janobi Oliylari” deya murojaat qildi va bu Omonullaxonning bobo- 
si Abdurahmon va otasi Habibullaxon istagan eng yuksak orzu edi.
1928-yilning may oyida A fg‘oniston hukmdori Moskvaga 
yetib keladi va Sovet davlati rahbariyati bilan muzokaralar olib

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling