A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Сафоев C.C. Марказий Осиёнинг геосиёсати. - Тошкент: Патент


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

75 
Сафоев C.C. Марказий Осиёнинг геосиёсати. - Тошкент: Патент 
пресс, 2005. - Б.8.


1949-yil avgustida Pokiston hududida istiqomat qiluvchi af- 
g‘on qabilalari yetakchilarining yig‘ilishi b o ‘lib o‘tdi va unda 
Pokistondan mustaqil Pushtuniston davlati tuzilganligi e ’lon 
qilindi. Pushtuniston Milliy Assambleyasi saylandi va uning 
bayrog'i tasdiqlandi. 1950-yilda Pokiston rasmiy hukumati hatto, 
Afg‘onistonga nisbatan qurolli hujum qilish bilan tahdid qildi. 
A fg‘on hukumatining ushbu mojaroli vaziyatni bartaraf etishda 
AQSHdan yordam so‘rashi hech bir natija bermadi. Biroq, AQSH 
A fg‘onistonda o ‘z mavqeini mustahkamlash bo ‘yicha boshqa bir 
qator chora-tadbirlami amalga oshirdi.
XX asr 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab AQSH 
Afg‘onistonda bir qator iqtisodiy loyihalaming amalga oshirilishi 
bo ‘yicha ko‘mak k o ‘rsata boshladi. Jumladan, qiymati 20 million 
AQSH dollariga teng irrigatsion va yo‘l-transport loyihalari ana 
shular jumlasidandir. Dastlab A fg‘onistonga AQSHning “Morri- 
son-Nadsen” firmasi kirib keldi va afg‘on hukumati bilan irrigatsiya 
obyektlarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. AQSH hukumati maz­
kur shartnomaning amalga oshirilishini noma’lum vaqtgacha cho‘zib 
borib, o ‘zini mintaqada mavjud bo‘lishini ta ’minlashga intildi va 
Afg‘oniston hukumatini moliyaviy jihatdan o‘ziga qaram qilib 
qo‘ydi. 1948-yilda Afg‘oniston hukumati yana AQSHga moliyaviy 
ko ‘mak berishni so‘rab murojaat qildi.
AQSH hukumati XX asr 50-yillari boshida Afg‘oniston va 
Pokiston o‘rtasidagi mojaroli vaziyatga ham birmuncha aralashdi va 
“pushtunlar muammosi”ning yanada chigallashuviga o ‘z “hissasi- 
ni” qo‘shdi. 1951-yilda Afg‘oniston AQSHga qurol-yarog‘ yetkazib 
berish bo ‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Biroq, G.Trumen 
hukumati A fg‘onistonning ushbu iltimosini rad etdi. 0 ‘z navbatida 
Sovet Ittifoqi hukumati ham Afg‘oniston bilan munosabatlarini 
rivojlantirishga intildi.
1954-yilda Afg‘oniston 3,5 mln. AQSH dollari miqdorida 
sovet kreditini oldi va 1955-yilda sovet hukumati Muhammad 
Zohirshohga 100 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berdi. Bundan 
tashqari, sovet mutaxassislari Salang dovoni orqali mamlakatning


markaziy qismini Sovet Ittifoqi hududi bilan tutashtiruvchi 
katta transport magistralini qurib berishdi. Shuningdek, sovet 
mutaxassislari ko‘magida Mozori Sharif, Bagrom va Shindod 
shaharlarida zamonaviy aerodromlar barpo etildi.
XX asr 50-yillari sovet-afg‘on munosabatlarini rivojlantirishda 
samarali bosqich bo‘ldi. Chunki, aynan shu davrda Sovet Ittifo­
qi Afg‘onistonda turli sohalardagi infrastrukturani rivojlantirish 
maqsadida katta miqdorda iqtisodiy-texnik yordam ko‘rsatdi. 
Jumladan, Sovet Ittifoqi sarmoyasi asosida mamlakatda magistral 
yo‘llar, cho‘l hududida joylashgan Jalolobod irrigatsiya komplek- 
si, zaytun va apelsin yetishtirishga m o‘ljallangan qishloq xo ‘jaligi 
kompleksi, aholi yashashi uchun turar joylar qurib berishga 
ixtisoslashtirilgan baza, Kabul Politexnika instituti va shu kabi 140 
dan ortiq obyektlami qurdi.
1950-1960-yillar davomida Sovet Ittifoqi Afg‘onistonga umu- 
miy qiymati 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam 
ko‘rsatdi va ikki davlat o ‘rtasida imzolangan “O ‘zaro hujum 
qilmaslik va neytralitet to‘g ‘risida”gi shartnomani yana 10 yilga 
uzaytirishga kelishib olindi. Shunday qilib, eng yangi tarix davrida 
Afg‘oniston o ‘zining qulay strategik holati tufayli jahon geosiyosiy 
xaritasida alohida o ‘rinni egalladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi 
davrda A fg‘oniston ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan Sovet Itti­
foqi va AQSHning siyosiy, mafkuraviy va savdo-iqtisodiy manfaat- 
lari doirasiga tobora tortila boshladi. Mamlakat aslida ikki buyuk 
davlat manfaatlari to ‘qnashgan maydonga aylanib qoldi.
Liberal islohotlami amalga oshirishning boshlanishi. 1964-vil- 
gi Konstitutsiva. XX asming 50-yillari birinchi yarmiga kelib ham 
Afg'onistonda iqtisodiy-ijtimoiy holat yaxshilanmadi. Umshdan 
keyingi yillarda amalga oshirilishi boshlangan bir qator loyiha va 
dasturlar o ‘z samarasini bermadi. Shunday vaziyatda Shoh Mahmud 
boshchiligidagi hukumat iste’fo berdi. 1953-yil sentabrda hukumat 
rahbari - bosh vazir lavozimini ko‘pchilik kutganidek, podshoh- 
ning amakivachchasi Muhammad Dovud (1909-1979) egalladi. Bu 
vaqtga qadar Muhammad Dovud bir qator m as’ul lavozimlarda -


Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi, bir qator viloyatlar hokimi, 
ichki ishlar vaziri va mudofaa vaziri kabi muhim davlat lavozimlarida 
ishlab kelgan edi. Muhammad Dovud hukumati mamlakatda iqti- 
sodiy-moliyaviy ahvolni yaxshilashga intilib, banklar faoliyatiga 
keng yo‘l ochib berish va chet el investitsiyalarini ko‘proq jalb etish 
yo‘lidan bordi. Shu maqsadda 1954-yilda “Chet el sarmoyasini jalb 
etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
1954-yilda AQSHdan harbiy sohada ko‘mak berishni so‘rab 
murojaat qilgan Muhammad Dovud hukumati yana rad javobini oldi. 
Buning ustiga 1954-yilda AQSH Pokistonga harbiy ko‘mak berish 
b o ‘yicha bitim imzoladi. Bu voqea Muhammad Dovud hukumatini 
qattiq tashvishga soldi va hukumat zudlik bilan Sovet Ittifoqiga 
o ‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo ‘yicha taklif bilan murojaat qildi 
hamda rasmiy Moskva ushbu taklifga ijobiy yondashdi.
G ‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quwatlangan Pokiston 
Afg'oniston bilan munosabatlami keskinlashtirish yo‘lidan bordi.
1955-yilda Pokiston A fg‘oniston bilan barcha turdagi (siyosiy, 
diplomatik, savdo-iqtisodiy) munosabatlami to‘xtatishga qaror 
qildi. 1955-yilning noyabrida Kobulda b o ‘lib o‘tgan Luye Jirge 
Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtunlar masalasini 
muhokama qildi va Pokiston hukumatidan pushtunlarga o‘z 
kelajagini o ‘zi belgilash huquqini taqdim etishni hamda Pushtunis- 
ton masalasida yon berishni talab qilib murojaat qildi.
Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish yo‘lida sovet 
davlati andozasiga monand besh yillik dasturlar qabul qilish va ulami 
amalga oshirish yo‘lidan borildi. Chunonchi, 1957-1962-yillarda 
birinchi besh yillik dastur, 1962-1967-yillarda ikkinchi besh yillik 
dasturlar qabul qilindi. Garchi, ushbu dasturlardabelgilangan barcha 
ishlar amalga oshirilmagan bo ‘lsa-da, ular mamlakat taraqqiyotida 
muayyan rol o ‘ynadi.
Sovet Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilgan Muhammad 
Dovud 1956, 1959 va 1961-yillarda sovet davlatida rasmiy tashrif 
bilan bo ‘lgan edi. Shuningdek, podshoh Zohirshoh ham 1957 va
1962-yillarda Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Shu bilan


bir qatorda Muhammad Dovud 1959-yilda AQSHga ham rasmiy 
tashrif buyurib, prezident D.Eyzenxauer va davlat kotibi J.F.Dalles 
bilan muloqotlar olib bordi.
Davlat boshqaruvida o‘z roli va ta’sirini kengaytirishga in- 
tilib kelgan Muhammad Dovudning podshoh Zohirshoh bilan 
munosabatlari salbiy tus ola boshladi. Avtoritar tartibdagi boshqa- 
ruv tarafdori bo‘lgan Muhammad Dovud bir qator masalalar 
bo ‘ yicha (j umladan, Pushtuniston masalasini muzokaralar yo ‘ li bilan 
hal etish) yon berishni istamas va o‘zining pushtun millatchiligiga 
asoslangan pozitsiyasida qattiq turar edi. Shuningdek, Muhammad 
Dovud mamlakat parlamenti faoliyatini ham birmuncha cheklashga 
muvaffaq bo‘lib, qonun chiqaruvchi vakolatlami ham hukumat 
qo‘lida jamlanishiga erishadi. Zohirshoh tomonidan davlatda 
Muhammad Dovud ta’sirini birmuncha cheklash bo‘yicha sezilarli 
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh vazirga yaqin bir qator 
yirik davlat amaldorlari qamoqqa olindi.
Davlat ishlarida o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamagan Muhammad 
Dovud 1962-yil oxirida davlat boshqaruvini tubdan isloh etishni 
ko‘zda tutuvchi dastur ishlab chiqadi va uni podshohga taqdim etadi. 
Mazkur dasturga ko‘ra, hukumatni podshohga ma’qul shaxslardan 
iborat tarkibda emas, balki o‘tkazilgan saylovlar natijasida g‘olib 
chiqqan siyosiy partiya vakillaridan iborat tarkibda shakllantirish 
ko‘zda tutilgan edi. Muhammad Dovudning taklifiga binoan, 
podshoh oilasi a’zolari siyosat bilan shug‘ullanishdan butkul voz 
kechishlari, podshohga esa faqatgina rasmiy tadbirlarda davlat 
nomidan ishtirok etish funksiyasi ajratilgan edi. Shaxsan o‘zining 
kelgusi maqomi xususida Muhammad Dovud alohida qarashga ega 
bo‘lib, u o‘z tarafdorlaridan iborat siyosiy partiya tuzishi va saylovda 
g‘olib chiqish orqali hukumatni boshqarishni rejalashtirgan edi. 
Tabiiyki, Muhammad Dovudning shaxsiy hokimiyatini yanada 
mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi mazkur dastumi Muhammad 
Zohirshoh ma’qullamaydi va bosh vazirdan iste’fo berishini talab 
qiladi. 1963-yilning may oyida Muhammad Dovud hukumati 
iste’foga chiqdi.


XX asming 60-yillarida mamlakatda amalga oshirilgan 
islohotlaming kam samara berishi, hukumatning mamlakat 
taraqqiyoti uchun jiddiy jon kuydirmasligi oqibatida ijtimoiy 
harakatlar va siyosiy guruhlaming faoliyati jonlana boshladi. 
Muhammad Dovud iste’fosidan keyin shakllantirilgan yangi 
hukumatga Muhammad Yusuf (1963-1967) boshchilik qildi. 
Mazkur hukumat mamlakat iqtisodini birmuncha erkinlashtirish, 
shaxsiy sarmoyadorlarga keng imkoniyatlar berish hamda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidan bordi. Yangi hukumat tashqi 
siyosatda ham biroz yumshoqlik bilan harakat qilish tarafdori 
bo ‘lib, Pokiston bilan munosabatlami muzokaralar orqali yaxshilash 
yo ‘lidan bordi. Shuningdek, rasmiy Kobul 60-yillar birinchi yarmida 
Pokiston va Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaroda ham 
betaraf mavqeda turganligini Pokiston tomoni ijobiy baholadi.
1963-yil oxirida A fg‘onistonning kelgusi taraqqiyoti yo ‘lida 
muhim siyosiy-huquqiy asos bo‘lishi ko‘zda tutilgan mamlakatning 
yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Yangi 
Konstitutsiyani ishlab chiqish bo ‘yicha tuzilgan maxsus komis- 
siya Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Misr, Hindiston kabi bir qator 
davlatlaming tajribasini o ‘rganib chiqdi. 1964-yilning sentabrida 
Kobulda chaqirilgan Luye Jirge ishlab chiqilgan Konstitutsiya 
loyihasini ко‘rib chiqdi va ikkin haftalik muhokamalardan so‘ng 
A fg‘onistonning yangi Konstitutsiyasini m a’qulladi.
1964-yilning 1-oktabrida podshoh Muhammad Zohirshoh- 
ning tasdiqlashi bilan zamonaviy davlatlar andozasi asosida 
ishlab chiqilgan hamda to ‘la m a’noda demokratik xarakterdagi 
yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. A fg‘onistonning demokratiya 
yo ‘lidagi rivojlanishiga yo‘l ochib bergan 1964-yilgi Konstitutsiya 
bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan “islom olamidagi eng 
maqbul Konstitutsiyalardan biri” sifatida talqin qilinadi76. Chunki, 
aynan ushbu Konstitutsiyada g ‘arbga xos demokratik qadriyatlar 
va tamoyillaming afg‘on jamiyatiga xos an’anaviy siyosiy tizim

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling