A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Arnold, A. Afghanistan: The Soviet Invasion in Perspective. - Stanford
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
81
Arnold, A. Afghanistan: The Soviet Invasion in Perspective. - Stanford: Hoover Institution Press, 1981. -P. 68. bo'ylab 6 gektar (ga)dan ortiq yeri bo'lgan zamindorlaming yeri tortib olindi va yersizlarga 1 ga hajmda taqsimlab berildi. Natijada 300 ming nafarga yaqin yersiz kambag‘allar yer bilan ta ’minlandi. Biroq, hukumat yangi yer olganlami kredit, texnika, ekiladigan urug‘lik, o‘g ‘it va eng asosiysi, suv bilan ta ’minlay olmadi. Oqibatda hukumat ko'zlagan maqsadiga yeta olmadi va yer islohoti barbod b o ‘ldi. AXDP hukumati islom dini ruhoniylariga ham qarshi targ'ibot-tashviqot kampaniyasini boshlab yubordi va bunday salbiy harakat diniy qadriyatlar kuchli bo'lgan afg‘on jamiyatida partiyaga nisbatan norozilikning shakllanishiga sabab bo'ldi. Tashqi siyosat masalasida ADR hukumati Sovet Ittifoqi bilan yanada yaqinlashish yo'lidan bordi hamda ikki tomonlama munosabatlar qardoshlik va inqilobiy hamjihatlik ruhida olib borilishini e ’lon qildi. 1978-yil iyulida Afg'oniston Sovet Ittifoqidan 250 mln. AQSH dollari miqdorida harbiy texnika va qurol-aslaha sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Shu vaqtdan boshlab Afg'onistonda ko'plab sovet harbiy mutaxassis va maslahatchilari faoliyat yurita boshladi. 1979-yil aprelida ulaming soni ming nafardan oshib ketdi. Savr inqilobidan so'ng Afg'onistonning Bolgariya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Chexoslovakiya, Polsha, Vengriya, Mongoliya, Kuba va Vetnam kabi sotsialistik blokdagi davlatlar bilan aloqalari rivojlanib bordi. Bunga teskari ravishda Saudiya Arabistoni, Misr, Eron va Pokiston bilan esa munosabatlar salbiy tus ola boshladi va mazkur davlatlar Savr inqilobini “islom diniga tahdid” va “g'ayriislomiy kommunistik g'oya ta ’sirining oshishi” sifatida kutib oldilar. Bu vaqtga kelib xalqaro vaziyat ham murakkablashib borayot- gan edi. Xususan, Ikkinchi jahon umshidan keyingi o 'n yilliklar davomida jahondagi geostrategik raqobatda Buyuk Britaniya о 'm ini Amerika Qo'shm a Shtatlari egallay boshladi. Bir tomondan Sovet Ittifoqi, ikkinchi tomondan AQSH ikki qutbli dunyodagi qarama- qarshilik taraflari sifatida jahonning eng muhim mintaqalaridan bir-birini siqib chiqarish va o'sha joylarda o 'z ta ’sirini o'm atishga harakat qildilar. Tabiiyki, bu ziddiyat Yaqin va O 'rta Sharqning ug- levodorodli xomashyoga boy va strategik jihatdan muhim hududla rini, shuningdek, ularga qo‘shni mintaqalami ham chetlab o‘tmadi. 1970-yillar so‘nggidan 1990-yillar boshiga qadar Afg‘oniston uchun olib borilgan kurash XIX asrdan buy on davom etib kelayotgan “Katta o ‘yin” siyosatining navbatdagi bosqichi bo ‘ldi. A fg‘oniston uchun kurashga ikkala blok ham juda katta resurslami safarbar etdi. J.Karter rahbarligidagi AQSH hukumati Afg‘onistondagi 1978- yil aprel inqilobini “dunyodagi xavfsizlikka nisbatan x av f ’ deya baholadi. Shunday bo‘lsa-da, dastlabki bosqichda AQSH ADR bilan munosabatlami buzmaslikka va muayyan darajada hamkorlik qilishga intildi. Biroq, AQSH A fg‘onistonda ADR hukumatiga qarshi tobora kuchayib borayotgan muxolifat kuchlami yashirin tarzda qo‘llab-quvvatlashni boshlab yubordi. 1979-yilning fevralida Kobulda noma’lum sabablarga ko‘ra AQSHning Afg‘onistondagi elchisi A.Dabs o‘ldirildi. Mazkur voqeadan so ‘ ng rasmiy Vashington va ADR о ‘ rtasidagi munosabatlar salbiy tomonga o ‘zgara boshladi. AQSHning Afg‘onistonga nisbatan strategiyasini butkul o ‘zgartirish tashabbuskori Prezident J.Karteming milliy xavfsizlik masalalari bo ‘yicha maslahatchisi Z.Bjezinskiy edi. 1978-yilgi aprel to‘ntarishidan so‘ng mamlakatda AXDPdan boshqa siyosiy partiyalaming faoliyati taqiqlangan bo‘lsa-da, AXDP saflarida ham yakdillik yo ‘q edi va mazkur partiya yetakchiligidagi hukumat ham barqaror emas edi. 1978-yil iyunida ro‘y bergan bo‘linish natijasida hukumatni “Xalq” oqimi vakillari to ‘la egallashdi va “Parcham” oqimi yetakchilaridan ba’zilari chet mamlakatlarga diplomatik vazifalarga tayinlanishi orqali ular davlat boshqaruvidan chetlatilgan bo‘lsa, b a’zilari esa jismonan yo ‘q qilindi. AXDPning oliy rahbariyatida hokimiyat uchun kurash avj olib, 1979-yil sentabr-oktabr oylarida ro ‘y bergan hukumat inqirozi “Xalq” oqimi orasida ham yakdillik yo ‘ qligini ко ‘rsatib berdi. 1979- yil 16-sentabrda amalga oshirilgan to ‘ntarish natijasida hukumat rahbari va “Xalq” oqimi yetakchisi N.M.Tarakiyning o ‘rinbosari b o ‘lib kelgan Hafizulla Amin hokimiyatni to‘la egalladi. Shuning dek, ADR Inqilobiy Kengashining raisi N.M.Tarakiy “inqilobga qilgan xoinligi uchun” H.Am in tom onidan hibsga olinadi va 8-oktabr kuni o ‘ldirildi. Ichki vazivatning keskinlashuvi va Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi. AXDP hokimiyatda bo‘lgan davr diniy ulamolar faoliyati cheklanishi, diniy qadamjo va markazlar faoliyati to‘xtatilishi va davlat tomonidan islom diniga qarshi ateistik siyosat yuritilishi bilan xarakterlidir. Yangi hukumatning islohotlar o‘tkazishdagi shoshma-shosharligi va qo‘pol xatolari, savodsiz xalq orasida islohotlaming ahamiyati to ‘g ‘risida tushun- tirish ishlari olib borilmaganligi hamda aholi orasida hali-hamon kuchli ta ’sirga ega din ulamolariga nisbatan tazyiq va qatag‘onlar din ulamolarining xalqni hukumat siyosatiga qarshi qayrashiga va ommaviy noroziliklar boshlanishiga olib keldi. Shunday vaziyatda diniy ulamolaming “Islom xavf ostida!” chaqirig‘i bilan afg‘on xalqining keskin noroziligi ko‘tarildi va “jihod” (muqaddas urush) e ’lon qilinib, din yo ‘lida kurashuvchilar mujohidlar deb atala boshlandi. 1978-yil may oyidan boshlab “mujohidlar” - din uchun kurashuvchilar, islom himoyachilari mavjud kommunistik rejimga qarshi kurashni boshladilar. 1978-yilning yozi o ‘rtalaridan boshlab afg‘on viloyatlaridan biri Nuristonda markaziy hukumatga qarshi birinchi qurolli qo‘zg‘olon alanga oldi va ushbu harakat shu yil- ning oktabriga kelib shafqatsiz ravishda bostirildi. Biroq, Nuristondagi xalq harakati butunlay to ‘xtab qolmadi. 1979-yil bahoridan yangi kuch bilan qayta boshlangan ushbu xalq harakati natijasida qo‘zg‘olonchilar tomonidan “Ozod Nuriston” tuzilganligi e ’lon qilindi. 1979-yilning mart oyida Hirotda boshlangan xalq qo‘zg‘olonidan so‘ng, norozilik harakatlari shu yilning aprel-may oylarida Bag‘lon, Uruzgon, Faroh, Bodg‘is, G ‘ur va Lugar kabi viloyatlariga ham tarqaldi82. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling