A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


 Umarzai, G. Nights in Kabul: Action Behind the Curtain during the Last


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

85 Umarzai, G. Nights in Kabul: Action Behind the Curtain during the Last 
Two Decades in Afghanistan// Area Study Centre (Central A sia).- Peshavar: 
University o f Peshavar, 2004. - P. 157.
86 Misdaq, N. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. -  
London and N ew York: Routledge. 2006. - P. 156.
87 0 ‘shajoyda.


Shunday 
vaziyatda 
Afg‘oniston 
va 
Pokiston 
chegara 
hududlarida “yangi hukumatga” qarshi kuchlar tashkillashtirila 
boshlanadi. Ushbu qarshilik kuchlariga AQSH, Eron, Pokiston va 
boshqa mamlakatlar harbiy maslahatchilari tayyorlov markazlarida 
ko‘mak berib keldilar. Bu borada, Z.Bjezinskiy “Le Nouvel Ob- 
servateur” fransuz jum aliga bergan intervyusida, AQSH Markaziy 
Razvedka Boshqarmasining mujohidlarga ko‘mak berishini sobiq 
Sovet qo‘shinlarining A fg‘onistonga kiritilishidan olti oy oldin 
boshlaganligini qayd etgan edi. Shu tariqa, A fg‘oniston ustida 
bo‘lgan “o ‘yin”da buyuk davlatlardan biri SSSR o ‘z geosiyosiy 
ta ’sirini kuchaytirish uchun, AQSH esa bunga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun kurash olib bordi. 1981-yilning apreliga kelib A fg‘oniston 
Demokratik Respublikasining hukumat qo‘shinlari o‘z ishonchsiz- 
ligini namoyon qilishi va ushbu ishonchsizlik tufayli ular mamlakat 
poytaxti Kobuldan chiqarildi. Ulaming о ‘mini Sovet Ittifoqi qurolli 
kuchlari qismlari egalladi88.
NAJIBULLONING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA 
UNING “MILLIY YARASHUV” SIYOSATI
1986-yil mayida Najibullo Afg‘oniston rahbari lavozimiga 
kelgan vaqtda mamlakatning siyosiy holati ayanchli holga kelib 
qolgan 
bo‘lib, 
mujohidlar 
mamlakatdagi 
iqtisodiy-ijtimoiy 
vaziyatga har tomonlama ta ’sir o ‘tkazayotgan edi. Mujohidlaming 
asosiy maqsadi mamlakatdan Sovet qo‘shinlarining olib chiqilishi 
va sho‘roparast hukumatning barham topishi edi. Shu sababli ular 
mamlakatda keng ko‘lamli umsh olib borar, ijtimoiy-siyosiy holat 
esa izdan chiqib ketgan edi.
Muhammad Najibullo hukumat tepasiga kelgach uning birin­
chi vazifasi AXDP saflarida hamon davom etayotgan “Parcham” 
oqimi va “Xalq” oqimi vakillari o‘rtasidagi nizolarga barham berish 
hamda ulami yagona maqsad yo ‘lida birlashtirish b o ‘ldi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling