A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


 Dorronsoro, G. Revolution Unending. Afghanistan: 1979 to the Present. -


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

83 Dorronsoro, G. Revolution Unending. Afghanistan: 1979 to the Present. -  
London: Hurst & Co., 2005. - P. 96.
84 The Soviet-Afghan War. How a Superpower Fought and Lost. The Russian 
General Staff (Translated and edited byLester W. Grau and Michael A. Cress). 
-Lawrence (Kansas): University Press o f Kansas, 2002. - P. 9.


muxolifatiga to‘g‘ridan to ‘g‘ri yordam berish to ‘g‘risida”gi b i­
rinchi rasmiy direktivani imzoladi. Endilikda Sovet hukumati 
oldidagi eng muhim masalalardan biri - bu mamlakat chegara oldi 
hududlarida AQSH tomonidan vujudga keltirilgan radikal islom 
va separatistik guruhlarning kuchayib borishining oldini olish 
edi. 1979-yilning yozida Kobulga, juda ko‘p sonli sovet harbiy 
mutaxassislari keldi. Mamlakatda sodir b o ‘layotgan o ‘zgarishlar va 
mamlakat rahbariyati o ‘rtasidagi hokimiyat talashishdan Sovet Itti­
foqi norozi edi va bu holat rasmiy Moskvani e’tiborsiz qoldirmadi. 
Shu vaqtdan boshlab Sovet Ittifoqi Afg'onistonda mamlakat oliy 
rahbariyatini o ‘zgartirish yo‘lida keng ko‘lamli tayyorgarlikni 
boshlab yubordi.
1979-yilning 25-dekabr kuni Kobul va Bagrom aerodromiga 
7700 kishilik sovet harbiy xizmatchilarining birinchi guruhi kelib 
tushdi. Jumladan, Sovet Armiyasining eng yaxshi bo‘linmasi 
hisoblangan 103-havo-desant diviziyasi Kobulga yetib kelishi 
bilan AXDP Markaziy Kengashi, Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar 
vazirligi va Aloqa vazirligi binolarini egalladi. Poytaxt butunlay 
sovet qo‘shinlari nazoratiga o ‘tdi.
1979-yil 27-dekabrda sovet qo‘shinlarining maxsus “Alfa” gu­
ruhi tomonidan H.Aminning rezidensiyasi Toj Bek saroyi hujum qilib 
egallandi. H.Amin esa Sovet maxsus xizmatlari tomonidan AQSH 
Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB)ning agenti deb taxmin 
qilinib kelinar edi va ushbu hujum chog‘ida H.Amin o‘ldirildi. Shu 
kun kechki payt soat to ‘qqizda, 1978-yil aprel to‘ntarilishidan so‘ng 
AXDP Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan hamda AXDPda 
guruhlararo kurash natijasida keyinchalik Chexoslovakiyaga elchi 
bo ‘lib ketgan Babrak Kormal AXDP Markaziy Kengashi Bosh koti­
bi va Inqilobiy Kengash raisi deb e ’lon qilindi. Shu paytning o ‘zida 
Sovet qo‘shinlari Afg‘oniston hududiga bostirib kira boshladi va 
shunday qilib Afg‘onistonni okkupatsiya qilish boshlandi. 1979- 
yil dekabr to ‘ntarishi va Sovet qo‘shinlarining kiritilishidan so‘ng 
A fg‘onistonda muxolifat harakati tez sur’atlarda o‘sib bordi. 
Bunga 1978-yil aprel to ‘ntarishidan so‘ng olib borilgan noto‘g ‘ri


ichki siyosat ham turtki bo ‘ldi. Shunday qilib, afg‘on zaminida 
beqaror vaziyatning avj olishi va AQSHning zimdan aralashuvi 
bois 1979-yilning 25-dekabridan boshlab Sovet qo‘shinlarining 
cheklangan kontingenti (SQChK) yoki boshqacha qilib aytganda 
40-armiyaning harbiy qism va b o ‘linmalari A fg‘onistonga kiritildi.
1980-yil 7-yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi Sovet 
qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qattiq qoralab chiqdi 
va Sovet hukumatidan o ‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan tezda olib 
chiqib ketish lozimligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi hamda 
Sovet Ittifoqini agressor davlat deb e ’lon qildi85. 0 ‘sha yil 14- 
yanvarda BMT Bosh Assambleyasi hech bir shartlarsiz zudlik bilan 
chet davlat qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketilishiga 
chaqiruvchi qaror qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyaning qabul qili- 
nishini yoqlab 104 ta davlat ovoz bergan b o ‘Isa, 18 ta sotsialistik 
blokka kiruvchi davlatlar bunga qarshi chiqdi hamda Sovet 
qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qo‘llab-quvvatladi86.
1980-yilning 27-29-yanvar kunlari 54 ta davlat a ’zo boTmish 
Islom Konferensiyasi Tashkiloti (IKT)ning favqulodda chaqiril- 
gan sessiyasida ham Sovet qo‘shinlarining A fg‘onistonga bostirib 
kirishi qoralandi va sho‘roparast ADR hukumatining ushbu 
tashkilotdagi a ’zoligi to‘xtatildi hamda o ‘z faoliyatida islom dini 
arkonlariga tayanuvchi mujohidlaming IKT yig‘ilishlarida ishtirok 
etishiga kelishib olindi87.
1980-yil boshlaridan Sovet qo‘shinlari mamlakat ichidagi 
harbiy harakatlarga aralasha boshladi, bu esa keyinchalik juda katta 
salbiy oqibatlarga olib keldi. Chunki, Afg‘oniston Demokratik 
Respublikasi armiyasi jangovorlik ruhiyatini yo‘qotgan va armiya 
saflaridan qochish (dezertirlik) juda yuqori darajada edi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling