A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Maley, W. The Afghanistan Wars. - N ew York: PALGRAVE


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

88 
Maley, W. The Afghanistan Wars. - N ew York: PALGRAVE 
MACMILLAN. 2002. - P. 43-44.


1986-yilning yozida yuqoridagi vazifa bajarildi va AXDPning 
ikki oqimi ilk bora siyosiy jihatdan birlashdilar. Ammo, ular 
o‘ rtasidagi ichki kurashlar baribir to‘xtamadi. Najibullo boshqaruvni 
o'zgartirishga harakat qildi va eski tartiblardan voz kechish yo‘lidan 
bordi. Dastlab hukumatga partiya a’zolari kiritildi va partiyadan 
tashqarilar boshqaruvda ishtirok eta olmasligi belgilandi.
Muhammad Najibullo yangi hukumatni shakllantirish chog‘ida 
yangi kadrlar bilan bir qatorda Savr inqilobidan buyon davlat 
ishlarida yetakchi vazifalami bajarib kelayotgan bir qator shaxslarga 
ham yana ishonch bildirdi va ularga muhim davlat lavozimlarini 
topshirdi. Jumladan, dastlabki vaqtda Muhammad Rafiy mudofaa 
vaziri, Aslam Vatanjar esa ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat 
yuritishdi.
Najibullo yuqori lavozimli shaxslami vazifalarga tayinlashda 
ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Masalan, Najibullo hukumati davrida 
Hoji Muhammad Chamkaniy Inqilobiy kengash bosh maslahatchisi 
lavozimiga tayinlangan edi. Vaholanki, ushbu shaxs siyosatni 
umuman tushunmaydigan, umri davomida dehqonchilik bilan 
shug‘ullangan qabila oqsoqollaridan biri edi, xolos.
Najibullo markaziy hokimiyatdan norozi bo‘lib kelayotgan 
Paktiyo viloyati aholisiga va xonlariga ko ‘pgina masalalarda 
imtiyozlar berib yubordi. Bu esa mazkur hududda tinchlik va 
barqarorlikning o‘matilishiga emas, balki imtiyozlami bo‘lishish 
masalasida yana bir necha inqirozli holatlar kelib chiqishiga sabab 
bo‘ldi.
1987-yilning yanvar oyida Najibullo o ‘zining “Milliy yarashuv” 
siyosatini e ’lon qildi. Uning mazkur dasturi mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan voqea edi. Chunon- 
chi, dasturda mamlakatdagi fuqarolar urushini to ‘xtatish, ijtimoiy- 
siyosiy holatni yaxshilash va mujohidlar bilan koalitsion hukumat 
tuzish kabi bir qator islohotchilik xarakteriga ega jihatlar qamrab 
olingan edi. “Milliy yarashuv” siyosati negizida mamlakat ijtimoiy- 
siyosiy hayotini liberallashtirish yotar edi.


“Milliy yarashuv” siyosatidan kelib chiqib rasmiy Kobul 
mamlakatdagi siyosiy holatni yaxshilash hamda urushni to‘xtatish 
bo‘yicha mujohidlar bilan muzokaralar olib borish uchun olti oy 
davomida harbiy harakatlami to ‘xtatib turish haqida e ’lon qildi. 
Ammo, bu hech qanday natija berm adi va m uxolifat kuchlari 
o ‘z harbiy harakatlarini to ‘xtatmadilar hamda mamlakatda si­
yosiy inqiroz davom etdi. Kobul hukumati “M illiy yarashuv”ni 
amalga oshirish uchun chora-tadbirlar izlay boshladi. Bu borada 
AXDP siyosiy monopoliyasining bekor qilinganligi e ’lon qilindi 
va muxolifatni koalitsion hukumat tuzishga chaqirdi. Ammo, 
Najibullo hukumati m uxolif partiyalaming mamlakat siyo­
siy hayotidagi rolini e’tiborga olmadi. M uxolif partiyalar sovet 
qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishi bilan birga Najibullo 
hukumatining iste’fo berishini ham talab qila boshladilar. Shu 
sababli Kobul hukumati muxolifat bilan kelisha olmadi.
Shunday bo ‘lsa-da, Najibullo hukumati “Milliy yarashuv” 
siyosatida barcha afg‘on fuqarolari siyosiy partiyalarga birlashishi 
hamda siyosiy hayotda ishtirok etishlari mumkin ekanligini e’lon qil­
di va bu bilan muxolifatga nisbatan bir qancha jiddiy yon berishlarga 
borishni m a’qul ko‘rdi. 1987-yilning iyunida “Milliy yarashuv” 
siyosatidan kelib chiqib, A fg‘onistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi 
e ’lon qilindi va mamlakat siyosiy hayotini liberallashtirish 
boshlandi. 1987-yil iyulda “Siyosiy partiyalar to ‘g‘risida”gi Kon- 
stitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonun qabul qilinishi 
bilan ko‘pgina partiyalar faol siyosiy holatga o‘tdi. Har bir siyo­
siy partiyaning rahbari A fg‘onistonni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturini alohida-alohida e ’lon qila boshlaydi.
1987-yilning noyabr oyida Najibullo butunafg‘on oqsoqollari 
kengashi - Luye Jirgeni chaqirishga qaror qildi va ushbu yig‘ilishda 
mamlakat boshqaruviga oid masalalar muhokama etildi. Shu­
ningdek, mazkur yig‘ilish doirasida Najibullo o‘z hokimiyatini 
legitimlashtirishni ham maqsad qilgan edi. Natijada Afg‘ onistonning 
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakatning mazkur Asosiy 
Qonuniga ko‘ra islom dini A fg‘onistonning asosiy dini ekanligi va


shariat ahkomlari muqaddas ekanligi belgilab qo‘yildi. Asosiy Qo- 
nun ham, undan kelib chiqib qabul qilinuvchi barcha qonun-qoida- 
lar ham shariat qonunlariga mos kelishi belgilab qo‘yildi. Mamla- 
katning rasmiy nomi Afg‘oniston Demokratik Respublikasidan 
Afg‘oniston Respublikasiga o‘zgartirildi. Davlatning siyosiy tuzumi 
demokratik tuzumdan parlamentar demokratiya shakliga o‘zgartirildi. 
Mamlakatning Asosiy Qonuniga binoan, barcha partiyalarga siyosiy 
erkinlik berildi. Endilikda ular parlamentga bo‘ladigan saylovlarda, 
hukumatni shakllantirish va boshqarishda ishtirok etish huquqiga 
ega bo‘ldilar.
1988-yilning aprelida parlamentga saylovlar b o ‘lib o ‘tdi. Qo- 
nun chiqaruvchi organ hisoblanmish parlamentda to ‘rtdan bir qism 
o‘rin mujohidlarga ajratildi, 22,6% o ‘rinni esa AXDP egalladi89. 
Mujohidlar parlamentdagi o‘rinlami rad etdilar.
1988-yil mayida Najibullo hech bir siyosiy partiyaga a ’zo 
bo‘lmagan Muhammad Hasan Sharqni bosh vazir etib tayinlaydi va 
unga yangi “koalitsion” hukumat tuzishni topshiradi. Najibulloning 
bu ishi uning yaqin safdoshlari tomonidan m a’qullanmadi. Chunki, 
Muhammad Hasan Sharq o ‘z faoliyatida butkul neytral bo‘lishga 
intildi va uning hali ham davlat tizimlarida nisbatan kuchli mavqega 
ega bo‘lib qolayotgan AXDP bilan munosabatlari ijobiy tus olmadi.
1988-yilning may oyida Muhammad Hasan Sharq rasman 
Afg‘oniston bosh vaziri etib tayinlanib ish boshlagach, hukumat 
a ’zolarining yarmi unga nisbatan norozilik bildirdilar. Ammo 
Najibullo o‘z siyosatini o‘zgartirmadi va bosh vazirga ishonch 
bildirdi.
Muhammad Hasan Sharq “Milliy yarashuv” siyosatini o‘zgacha 
yuritdi. 1988-yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida u 
mamlakatdagi mavjud ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, “afg‘on 
xalqi muxolifatga qaraganda AXDPga ko‘proq ishonadi”, - degan 
fikrni ishonch bilan ta’kidladi90. Muhammad Hasan Sharqning

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling