A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Najibullah, M. Afghanistan: Taking the Path o f Reconciliation. - P. 68-79
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
92 Najibullah, M. Afghanistan: Taking the Path o f Reconciliation. - P. 68-79.
1988-yil 14-aprelda Jenevada Sovet Ittifoqi, AQSH, A fg‘onis- ton va Pokiston vakillari tomonidan afg‘on muammosini siyosiy hal qilish borasida bitim imzolandi. Uning asosida 1988-yil 15-mayda A fg‘onistondagi SQAChKning harbiy qism va bo‘linmalarini olib chiqib ketishboshlandi. 1988-yil 15-may kuni Sovet qo‘shinlarining mamlakatdan olib chiqishining ilk kuni edi. Bu kunni Najibullo “Milliy ozodlik kuni” deb e ’lon qildi. Bu kun afg‘on xalqi uchun muhim sana edi. Najibullo hukumati davrida Sovet kuchlarining olib chiqilishi ko‘pgina rahbarlar tomonidan m a’qullandi. Najibullo rasmiy Moskvaning afg‘on mojarosini hal etish b o ‘yicha barcha takliflarini qo‘llab-quwatladi. 0 ‘z navbatida u birinchi qadam qo‘yishga harakat qilib, bir qator chora-tadbir- lami amalga oshirishga kirishdi. 1989-yil 1-yanvaridan boshlab Najibullo hukumat qo‘shinlariga mamlakatning barcha hududlarida harbiy harakatlar olib bormaslikka buyruq berdi va muxolifat bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini e ’lon qiladi. Muxolifat kuchlari esa Najibulloning ushbu chaqirig‘iga qurolli hujumlar bilan javob berdi hamda shu kunning o‘zida poytaxt va boshqa hududlarga hujum boshladi. Ular Kobuldan tashqari Hirot, Qandahor, Jalolobod, Gardez, G ‘azna va Xost kabi shaharlarda yirik harbiy harakatlar boshlab yubordi. 1989-yilning yanvar fevral oylarida mujohidlar Afg‘oniston- ning janubi-sharqiy chegaralarida joylashgan Nangarxor, Paktiyo, Qandahor kabi hududlarda keng ommaviy harakatlarga rahbar- lik qilib, Sovet harbiylarining ushbu hududlami tark etishini katta xursandchilik bilan kutib oldilar. Afg‘oniston chegaraviy hududlarida joylashgan viloyatlarda qo‘shin to ‘plagan muxolifat kuchlari Kobulga tomon harakat qila boshladilar. Ular 430 ta harbiy guruhlardan tashkil topgan bo ‘lib, 12 mingdan ziyod jangchini tashkil etdi. Sovet armiyasi A fg‘onistonni tark etgach, mujohidlar ancha er kin harakat qilishga o ‘tishdi. Ular 1989-yilning o ‘zida 250 marta SSSR chegarachilariga qurolli hujum uyushtirishdi. Sovet qo‘shinlari mamlakatdan olib ketila boshlangach Kobul hukumati rahbarlari “Milliy yarashuv” siyosati va Jeneva konferen- siyasi qarorlariga umid bog‘ladilar. Bu vaqtda Pokiston va AQSH mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini ham olgan edi. Shunga umid qilgan Najibullo hukumati mamlakatdagi ijti moiy-siyosiy holatni m o‘tadillashtirishga harakat qildi. Najibullo hukumatining inqirozi. Sovet harbiylari mamlakatni tark etgach, Najibullo muxolifat kuchlari bilan kurashda yakka qo- lib ketdi. Endilikda u hukumatni afg‘on harbiylari yordamida hi- moya qilishi zarur bo‘lib qoldi. 1989-yil 18-fevralda mamlakatda favqulodda holat yuzaga keldi. Parlamentning ko ‘pchilik a ’zolari qo‘liga qurol olib, Najibullo hukumatiga qarshi chiqdi. Siyosiy holat yana izdan chiqdi. Biroz vaqt o ‘tib, hukumat armiyasi ulami to‘xtatishga erishdi. Najibullo mujohidlarga hukumatni boshqarishda qatnashish imkonini berdi va ulami ham bir qator muhim davlat lavozimlariga taklif etdi. Jumladan, hukumatdagi muhim lavozim hisoblangan mudofa vazirligiga rahbarlik mujohidlaming mashhur qo‘mondoni Ahmadshoh M as’udga bo‘shatib berilib, unga bu lavozim taklif etil di. Biroq, Ahmadshoh M as’ud Najibullo hukumatining bu taklifini rad etdi. Mujohidlardan birorta ham vakil Najibullo hukumatida ishtirok etishni istamadi hamda ular Najibullo hukumatining taklifiga javoban Kobulga raketalar bilan hujum uyushtirdilar. Bosh vazir Muhammad Hasan Sharq xalqni birlashtirish yo‘lidan borib, mujohidlami koalitsion hukumat tuzishga chaqirdi va ularga bir necha bor maktub yo‘llab murojaat qildi. Ammo uning xatlari javobsiz qoldi. Muhammad Hasan Sharq bunday holni o ‘zicha talqin qilib, mujohidlar Najibullo hukumatini yoqtirmayotganligini va o‘zi hukumat tepasiga kelsa, ular bilan birlashib, mamlakatni boshqarish mumkinligiga ishondi. Shu maqsadda Muhammad Hasan Sharq Sovet Ittifoqiga safar uyushtirdi. Uning maqsadi Najibulloni hokimiyatdan chetlatib, uning o ‘mini o ‘zi egallash edi. Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan Muhammad Hasan Sharq Najibullo masalasida Sovet davlati rahbari Gorbachyov bilan suhbatlashadi. Ammo, mazkur suhbat unga o‘zi kutgan natijani bermaydi. Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vaziri E.Shevamadze esa Muhammad Hasan Sharqning Gorbachyov bilan olib borgan suhbatining mazmuni ham da maqsadi haqida Najibulloga xabar beradi va Najibullo o‘z bosh vazirini hokimiyatdan chetlashtirish chora-tadbirini izlay boshlaydi. 1989-yil fevral oyida Sovet qo‘shinlari mamlakatni tark etgach, Najibullo Muhammad Hasan Sharqni vazifasidan chetlashtirilganligini e’lon qildi va uning o‘miga Sulton Ali Keshtmandni bosh vazir etib tayinlaydi. Sulton Ali Keshtmand Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling