A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
The Constitution o f Republic Afghanistan. Year 1977 / The Europe Year
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
79
The Constitution o f Republic Afghanistan. Year 1977 / The Europe Year Book. A World Survey. - London, 1978. 0 ‘z boshqaruvi asoslarini mustahkamlash uchun Muhammad Dovud mamlakatda o ‘z qarash va g‘oyalariga zid bo ‘lgan siyosiy, ijtimoiy va diniy harakatlar, siyosiy partiyalar hamda tuzilmalarga qarshi keskin kurash olib bordi. Xususan 1975-yil noyabrida Muhammad Dovud Afg‘onistonda bir partiyaviylik tizimi o ‘matilganligini m a’lum qildi. Natijada bu kabi harakatlar kes kin qatag‘onga uchradilar va nolegal harakat olib borishga majbur bo ‘ldilar. Shular qatorida A fg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi ham Muhammad Dovud boshqaruvidan norozi holda o‘zining siyo siy kurashini kuchaytirdi. Afg‘onistonning tashqi siyosat yo‘nalishida Dovud o ‘ziga xos ravishda yondashdi va boshqa davlatlar bilan tengma-teng hamda mamlakatining hech bir davlatdan kam bo ‘lmagan mavqega erishishiga intildi. 1974-yilda Muhammad Dovud Sovet Ittifoqiga rasmiy tashrif bilan keldi va ushbu davlat rahbari L.Brejnev (1964-1982) bilan muzokaralar olib bordi. Ushbu muzokaralar chog‘ ida Sovet hukumati Afg‘onistonning 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzini to‘lash muddatini yana 10 yilga kechiktirganligini va afg‘on hukumatiga 600 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berishini m a’lum qildi. 1975-yil dekabrda Sovet Ittifoqi va Afg ‘ oniston o‘rtasida “Neytrall ik va o ‘zaro hujum qilmaslik to ‘g ‘risida”gi Shartnoma yana 10 yil muddatga uzaytirilgani imzolandi. Sovet Ittifoqi 1966-1976-yillar- da Afg‘onistonga 700 mln. AQSH dollari miqdorida katta mablag1 sarflagan edi. XX asr 70-yillarning o‘rtalarida, A fg‘onistonda Sovet Ittifoqi ko‘magida 80 ga yaqin yangi ishlab chiqarish obyektlari ishga tushirildi. Mamlakat tovar aylanmasining deyarli 40%i Sovet Ittifoqi hissasiga to‘g ‘ri kelar edi. Muhammad Dovud Afg‘oniston infratuzilmasini rivojlantirish uchun Sovet Ittifoqi tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamga qa- noat qilmay, Pokiston, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistoni vosi- tachiligida G ‘arb davlatlaridan iqtisodiy ko‘mak ola boshladi. Shu bilan birga, Misr va Hindiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik olib bora boshladi. Muhammad Dovudning bunday yondashuvi Sovet Ittifoqi manfaatlariga zid keldi. 1974-yilning oktabr oyida Eron tomonidan Afg‘onistonga tog‘-kon sanoatini rivojlantirish uchun 10 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha va afg‘on iqtisodiyotini qayta tiklash uchun o‘n yil davomida 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida kredit berish borasida kelishuv imzolandi80. 1975-yil Muhammad Dovud Eronga rasmiy tashrif bilan keldi. Eron shohi Rizoshoh afg‘on davlatiga 300 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini m a’lum qildi. Shuningdek, 1975-yilda rasmiy Tehron va Kobul o ‘rtasida transafg‘on temir yo ‘lini qurish maqsadida Eron tomonidan Afg‘onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari qiymatida investitsiya kiritish to ‘g ‘risida bitim imzolandi. Lekin Eronning bunday yirik loyihalarini amalga oshirilishiga Eronga chet davlatlardan kelib tushadigan valuta hajmining qisqarib ke- tishi hamda 1978—1979-yillar davomida ikki davlatda yuz bergan siyosiy o ‘zgarishlar to‘sqinlik qildi. Muhammad Dovudning Pokiston bilan munosabatlari yax shi kechmadi. Shu davrdan boshlab Pokiston o ‘z tashqi siyosatida A fg‘oniston muhim omil ekanligi va uning keyingi taraqqiyoti ushbu mamlakat orqali amalga oshiradigan maqsadlariga bevosita bog‘liq ekanligi namoyon bo‘la boshladi. Pokiston hukumati Afg'onistonda hokimiyatni Muhammad Dovud tomonidan qo‘lga kiritilishi- ni rasman tan olgan bo‘lsa-da, Dovud rejimini “musulmonlarga qarshi” va hatto “Pokistonga qarshi” deya hisobladi. Shu bilan bir qatorda, Pokiston tomoni Muhammad Dovudni bosh vazir bo ‘lgan davridagidek yana Pushtuniston masalasini ko‘tarishidan xavotirda edi. Chin m a’nodagi pushtun millatchisi hisoblangan Muhammad Dovud Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtun millatiga mansub aholi manfaatlarining himoyachisi sifatida may donga chiqdi. 1974-yilda Pokistonning pushtunlar istiqomat qiladigan Shimoliy-g‘arbiy chegara provinsiyasi (North-West Frontier Pro vince - NWFP)da va Belujistonda mahalliy aholining g ‘alayonlari Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling